• Основные стратегические варианты


-rasm. Marketingning asosiy kategoriyalari


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/105
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1729457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

 
1.1-rasm. Marketingning asosiy kategoriyalari. 
Muhtojlik, kishini biron-bir yetishmovchilikni his etishidir. 
Ehtiyoj, individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga 
muhtojlikdir. 
Talab, bu xarid quvvatiga ega bo‘lgan ehtiyojdir. 
Talab – mavjud, potensial hamda xohish talabga bo‘linadi. 
1
Котлер Ф. Основы маркетинга. Краткий курс: /Пер. с англ. – М.: Изд. дом «Вильямс», 2010. – 
656 с. 
2
Беляев В.И. Маркетинг: основы теории и практики. Учебник. /В.И. Беляев. – 4-е изд., 
перераб. и доп. – М.: КНОРУС, 2010. – 680 с. 
3
Ламбен Жан-Жак. Менеджмент, ориентированный на рынок. – СПб.: Питер, 2006. – 800 с. 
Bozor
Ehtiyoj 
Marketingni asosiy 
kategoriyalari 
Tovar 
Qondirilganlik 
Ayirboshlash 


11 
Tovar, bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga 
e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif 
etilgan barcha narsalardir.
Marketingning mohiyati tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, 
albatta iste’molchiga, talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo‘ljallashdan 
iborat. 
Hozirgi davrda jahon adabiyotida marketingga berilgan ikki mingdan 
ortiq ta’rif mavjud. Mutaxassislar o‘rtasida marketingning takror ishlab 
chiqarish jarayonida ishtiroki masalasida yagona fikr yo‘q. Hozir ko‘pgina 
chet ellik marketologlar zamonaviy marketing tushunchasi ishbilarmonlikka 
kiradigan faoliyatni o‘z ichiga olmog‘i kerak deb hisoblaydilar. Boshqalari 
esa bunday izohlarni tanqid qilib, ayirboshlashning hamma turlari ham 
marketing tusiga ega emasligini va marketing tamoyillarini hamma 
vaziyatlarga ham tatbiq etib bo‘lmasligini ta’kidlaydilar. Marketingga ta’rif 
berishda bunday xilma-xillikning sababi bor. Birinchidan, marketing 
konsepsiyasi mazmuni kapitalistik ishlab chiqarish usuli rivojlanishi bilan 
o‘zgarib keldi va uning mohiyatini aks ettirdi, ikkinchidan, boshqarish 
tizimida marketingdan foydalanish maqsadlari, xususiyatlari, miqyosiga 
qarab, undagi tashkiliy qismlarning ahamiyati va boshqaruv tizimidagi 
ahamiyati o‘zgarib boradi. Bundan tashqari, mutaxassislar marketingni biznes 
xizmati va falsafasi tarzida baholaydilar. Xizmat sifatida marketing ishlab 
chiqarish, savdo, reklama, texnika xizmati ko‘rsatish va boshqa sohadagi 
tadbirlar majmuidan iborat. Falsafa sifatida esa marketing, bu jamiyat ishlab 
chiqarish munosabatlariga daxldor ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyadir. 
 
«Marketing» tushunchasining murakkabligi uni falsafiy, iqtisodiy, 
boshqaruv va yuridik jihatlarini ko‘rish zarurligiga olib keldi. Marketing 
falsafiy ma’noda fikrlash tarzini mujassamlashtiradi. 
Umuman olganda marketingga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: 
marketing - ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirishga qaratilgan 
inson faoliyati turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri, 
bu ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga 
kelishi, tovar turlarining ko‘payishi va tadbirkorlar o‘rtasida mahsulotni 
sotish muammosi vujudga kelishidir. 
Marketing asosida bozorni har taraflama o‘rganish yo‘nalishlarining 
asosiylaridan quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish zarur: 
talabni o‘rganish; 
bozor tarkibini aniqlash; 
tovarni o‘rganish; 
raqobat sharoitlarini tadqiq etish; 


12 
sotish shakli va uslublarini tahlil etish. 
Marketing quyidagilarni o‘rgatadi: bozorni o‘rganish; uni taqsimlash; 
tovarlarni joylashtirish; marketing siyosatini olib borish; tovar siyosati; narx 
siyosati; taqsimot siyosati; siljitish (yo ‘naltirish) siyosati; yuksalish
qo‘shimcha xizmatlarni (bunga marka, sotishdan keyingi xizmat, kafolat va 
texnik yordam, yetkazib berish, assortiment, shaxsiy iste’mol) va boshqalarni 
kiritish mumkin. 
Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi 
bo‘lib, iste’molchilar va ularning talab istaklarini o‘rganish, ularga mos 
tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, taqdim etish, 
sotish, xizmat ko‘rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari 
majmui hisoblanadi. Bularning hammasi dastlabki asosiy maqsadga, ya’ni 
talab bilan taklifni o‘zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling