• Основные стратегические варианты


 Yangi tovar ishlab chiqarish


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/105
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1729457
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

9.4. Yangi tovar ishlab chiqarish 
Firma samarali tovar siyosatini olib borishi ikki muammo bilan bog‘liq. 
Birinchidan, firma mavjud tovar nomenklaturasi chegarasida yashash davri 
bosqichlarini hisobga olgan holda ishni oqilona tashkil etishi lozim, 
ikkinchidan, yangi tovar ishlab chiqarishni o‘z vaqtida amalga oshirish kerak. 
Firma doimo tovar strategiyasini takomillashtirib borishi zarur. Bu 
barqaror assortiment tuzilishiga, doimiy sotuvga va foydaga erishishga imkon 
beradi. 
Tovar strategiyasi istiqbol uchun ishlab chiqariladi va firmada mavjud 
tovar miksni jalb etuvchanligini yaxshilash bo‘yicha uchta strategik 
yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: 
1. Tovar innovatsiyasi; 
2. Tovar variatsiyasi; 
3. Tovar eliminatsiyasi. 
Tovar innovatsiya strategiyasi yangi tovarni ishlab chiqarish va tatbiq 
etish dasturini belgilaydi. Biroq «yangi tovar» tushunchasi turli talqinga ega 
va u tovarni takomillashtirishni asoslash sifatida ishlatiladi, mavjud tovarni 
yangilash uchun qo‘llaniladi. Mavjud nazariya va amaliyotda innovatsiya 
«yangilik kiritish» va «yangilik» tushunchalari bilan o‘xshash hisoblanadi. 
Bozor innovatsiyasi deganda mavjud mahsulot bo‘yicha yangi g‘oyani 
olish, shuningdek yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va bozorga chiqarish 
tushuniladi. 


120 
Tovar innovatsiyasi yangi tovarni ishlab chiqish va qo‘llashni ko‘zda 
tutadi va amalga oshirish shakli bo‘yicha tovar differensiatsiyasi va 
diversifikatsiyasiga bo‘linadi. 
Tovar differensiatsiyasi tovarlar xilma-xilligini bildiradi. 
Tovar diversifikatsiyasi o‘zida raqobatchi tovarlardan ajralib turuvchi bir 
qator asoslangan tovar modifikatsiyasini ishlab chiqish jarayonini 
mujassamlashtiradi. 
Bozorni modifikatsiyalashda sotish hajmini oshirish, iste’molchilar 
ishonchini qozonish, yangi bozor segmentlariga tovarni chiqarish, mijozlar 
e’tibori va qiziqishini ushbu firma chiqarayotgan tovarlarga qaratish, 
xaridorlarni tovarni intensiv iste’molini rag‘batlantirish orqali amalga 
oshiriladi. 
Tovarni modifikatsiyalashda tovar sifatini oshirish, tovar xossasini 
yaxshilash, tovarni bezash va tashqi dizaynini yaxshilash ko‘zda tutiladi. 
Marketing-miksni modifikatsiyalashda esa marketing elementlaridan 
to‘liq foydalanishni nazorat qilish optimal maqsadda marketing elementlarini 
shakllantirish va qo‘llash ko‘zlanadi. 
Maqsadli bozorni o‘zlashtirish yo‘llarini qidirishda muqobil 
strategiyalarni aniqlash uchun I.Ansoff tomonidan 1966-yilda taklif etilgan 
«tovar-bozor» matritsasi qo‘llaniladi. 
Quyida keltirilgan jadvaldan ko‘rinib turibdiki, firmaning o‘sish 
manbalarini o‘zlashtirishning 4 ta asosiy strategiyasi bo‘lishi mumkin: 
1. Bozorga chuqurroq kirib borish strategiyasi; 
2. Tovarni takomillashtirish strategiyasi. 
3. Bozorni rivojlantirish strategiyasi; 
4. Diversifikatsiya. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling