• Основные стратегические варианты


  10-bob. NARX VA NARX SIYOSATI


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/105
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1729457
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

 


125 
10-bob. NARX VA NARX SIYOSATI 
10.1. Narx tushunchasi va uning mohiyati 
Narx bozor kategoriyasi tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan 
munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining 
puldagi ifodasi, qiymatning bozordagi ko‘rinishidir. 
Narx bamisoli barometr kabi bozor holatini ko‘rsatib turadi, narx pasayib 
ketsa, tovar bozori kasodlikka yo‘liqqan bo‘ladi, tovar nafsiz bo‘lib, uni 
boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini tubdan yaxshilash zarurligi 
pul tarkibiga qo‘yiladi. Narxning iqtisodiy mazmunini uning funksiyalari 
ko‘rsatib beradi. Narx nimaga tegishli bo‘lishidan qat’i nazar (tovar, xizmat) 
beshta asosiy funksiyani bajaradi: 
1. Bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi; 
2. Hisob-kitob, o‘lchov funksiyasi; 
3. Iqtisodiy regulyator funksiyasi; 
4. Raqobat vositasi funksiyasi; 
5. Ijtimoiy himoya funksiyasi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud: demping 
narx; nufuzli narx; milliy narx; arzonlashtirilgan narx; jahon narxi; yashirin 
narx; erkin narx; standart narx; kontrakt (ulgurji) narx; chakana narx
o‘zgaruvchan narx; limit narx; muvozanat narx. 
Bozor narxining asosiy xususiyatlari ularning doimo o‘zgarib turish 
qobiliyatidir. Narxlar hech qachon sababsiz o‘zgarmaydi. Yuqori narxlar esa 
yuqori sifatli, yangi iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. 
Tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi o‘rni narx darajasiga bog‘liqdir. 
Narx belgilash maqsadlari: bozor ulushini ko‘paytirish, qisqa vaqt ichida 
eng ko‘p foyda olish, yuqori foyda normasini uzoq muddat saqlab qolishdan 
iborat. 
Birlamchi narxni aniqlashga vaqt bo‘yicha narx darajasini aniq hisoblash 
ta’sir qiladi. Bu hisoblash bozor segmentiga, tovarning yashash davriga, talab 
va taklifning potenцial miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Marketingda tovar siyosati 
ijtimoiy tovar ishlab chiqarishning barcha bosqichlari, yangi ishlab chiqarish, 
taqsimlash, almashuv va iste’molchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga 
olgan holda yuritiladi. 
Narx bajaradigan ba’zi bir vazifalarni ko‘rib o ‘tamiz: avvalo narxlar 
ishlab chiqarish va iste’moldagi o‘zgarishlardan xabar beradi. 
Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi 
o‘zgarishlardan ham darak beradi. 
Narxlarning boshqa muhim vazifasi – ishlab chiqaruvchilar va 
iste’molchilarni rag‘batlantirish hisoblanadi. 


126 
Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini 
ko‘paytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini 
ishlashni ham rag‘batlantiradi. 
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq. Bu 
daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo‘jalik 
faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o‘z shaxsiy yoki ishlab 
chiqarish iste’mollarini ko‘plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va 
xizmatlarning narxlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. 
Narxlarning to‘rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo‘jalik 
sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling