• Основные стратегические варианты
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-MARKETING
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Qisqa xulosalar
97 Kon’yukturani o‘rganish marketing xizmatining ajralmas qismini tashkil etadi. Mamlakatimizda konyukturani o‘rganish 20-yillarda tashkil etildi. «Konyunktura» lotincha so‘z bo‘lib, holat degan ma’noni anglatadi, keng ma’noda ularning o‘zaro aloqasidan olingan shartlarning yig‘indisidir. Konyunktura tahlili ishlab chiqarish va iste’molning hajmi, tarkibi, bir tovarning boshqasining o‘rnini egallay olish imkoniyati, tovar zahiralari, narxning o‘zgarishi, reklama xizmati, bozor ishtirokchilarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Bozor konyunkturasini muntazam ravishda o‘rganib borish savdo faoliyatini muvaffaqiyatli yakuniga imkon beradi. Har davrda bozor konyunkturasi qaysi tovar chiqarishni ko‘paytirish, qaysi tovarga talabning kamayishi haqida aniq ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlar ishlab chiqrish uchun ham savdo firmasi uchun ham zarur. Bashorat qilish bu - obyektning kelajagini tahlil qilish va bu kelajakning qanday bo‘lishini ko‘ra bilishdir. Oldindan aytib berish, bashorat qilish faqat umumiy xossalar va qonuniylikka ega bo‘lgan sabab va xulosalar aniq bo‘lgan jarayonlarga bog‘liqdir. Oldindan ko‘ra bilish: -qisqa muddatli 1-1,5-2 yilgacha; -o‘rta muddatli 2-5 yilgacha; -uzoq muddatli 5 yil va undan ortiq turlarga bo‘linadi. Ekspertlar orqali baholash va g‘oyalar kurashi uslublari bozor konyunkturasini bashorat qilishda ko‘p ishlatiladi. Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. Bozor konyunkturasi deganda nimani tushunasiz? 2. Bozor konyunkturasi tahlili qanday amalga oshiriladi? 3. Konyunktura sharhi deganda nimani tushunasiz? 4. Bozor hajmi ko‘rsatkichi qanday aniqlanadi? 5. Bozor konyunkturasini bashorat qilish deganda nimani tushunasiz? 6. Bashorat qilishning qanday uslublarini bilasiz? 7. Bozor sig‘imi deganda nimani tushunasiz? 8. Ekspert baholashning mazmunini tushuntirib bering. Adabiyotlar 1. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: 2010 -yilda mamalakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. – T.: O ‘zbekiston, 2011.– 48 b. 98 2. Qosimova M.S., Yusupov M., Ergashxodjaeva Sh.J. Marketing. Darslik. – T.: TDIU, 2010. – 224 bet. 3. Соловьев Б.А., Мешков А.А., Мусатов Б.В. Маркетинг: Учебное пособие. -M.: Инфра-М, 2010. – 336 c. 4. Басовский Л.Е. Маркетинг: Учебное пособие. – M.: Инфра-М, 2010. – 219 c. 5. Герасимов Б.И., Мозгов Н.Н. Маркетинговые исследования рынка: Учебное пособие. / Б.И. Герасимов, Н.Н. Мозгов. – M.: Форум, 2009. – 336с. 6. Парамонова Т.Н. Маркетинг: Учебное пособие. – M.: КНОРУС, 2010. – 190 с. 7. Розова Н.К. Маркетинг. –СРб.:Питер, 2008. -176с. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling