• Основные стратегические варианты
Bozor konyunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko‘rsatkichlari
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-MARKETING
7.2. Bozor konyunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko‘rsatkichlari
hama baholash uslublari Konyunktura tahlili ishlab chiqarish va iste’molning hajmi, tarkibi, bir tovar boshqasining o‘rnini egallay olish imkoniyati, tovar zahiralari, narxning o‘zgarishi, reklama xizmati, bozor ishtirokchilarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Bozor konyunkturasini muntazam o‘rganib borish savdo faoliyatini muvaffaqiyatli yakuniga imkon beradi. Har davrda bozor konyunkturasi qaysi tovarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qaysi tovarga talabning kamayishi haqida aniq ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlar ishlab chiqarish uchun ham savdo firmasi uchun ham zarur. Bozor konyunkturasi bozorda muvozanat mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi. Shunga ko‘ra bozor konyunkturasi ijobiy va salbiy, qulay va noqulay bo‘lishi mumkin. Bozor konyunkturasi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilar miqyosiga va sotib oluvchilarning xarid qobiliyatiga bog‘liqdir, narx- navoga, modaning o‘zgarishiga qarab har xil bo‘ladi. Bozorning kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning texnikaviy ahvoli, unga sarflangan qo‘shimcha resurslar, ularni qaytarish muddatlari, tovar zahiralari dinamikasi, eksport va import, 93 shuningdek narx - navodagi o‘zgarishlar yo‘nalishiga qarab aniqlash mumkin. Bu bilan tovar taklifi o‘rganiladi. Investitsiya summasi va tuzilishiga, mehnat predmetiga bo‘lgan talab va korxona, tashkilotlar pul sarfining yo‘nalishiga qarab, shuningdek, aholi xarid qobiliyatining, uning tovarlar bilan ta’minlanish darajasini hisobga olib talab o‘rganiladi. Uzoq muddatli o‘sish imkoniyalarini aniqlash va konyunktura tahlili bir - biri bilan bog‘liq va u bir-birini to‘ldira boradi. Sifatli tahlil qilish uchun to‘plangan ma’lumotlarni 3 ta guruhga bo‘linadi: -o‘tgan davr konyunktura ma’lumotlari; -tadqiq qilinayotgan davr konyunktura ma’lumotlari; -kelgusidagi konyunkturaga ta’sir etuvchi ma’lumotlar. Konyunkturani tahlil qilish shakli konyunktura sharhi bo‘lib hisoblanadi. Konyunkturani tahlil qilish savollariga o‘tishdan avval konyunkturaning ko‘rsatkichlar tizimini ko‘rib chiqish darkor. Ko‘rsatkichlar shartli ravishda makro va mikroko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Makroko‘rsatkichlarga - umumxo‘jalik konyunkturasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar: yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, tovar aylanma ko‘rsatkichlari, pul muomalasi ko‘rsatkichlari, iste’mol ko‘rsatkichlari kiradi. Mikroko‘rsatkichlarga esa alohida tovarlar bozorini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar kiradi: ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, mahsulot sotilishi va iste’moli, narx dinamikasi va h.k. Umumxo‘jalik konyunkturasi tahlilini izlanish maqsadiga ko‘ra ikki yo‘l bilan olib borish mumkin: 1. Agar ma’lum bir vaqt ichida konyunkturaning rivojlanish tendensiyasi va sur’atlarini bilib olish masalasi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda konyunktura tahlili shu vaqtning ichida uning dinamikasini o‘rganish yo‘li bilan olib boriladi. 2. Agar eng oxirgi sanaga konyunktura holatini aniqlash masalasi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda iqtisodiy davrning fazasi va faza ichidagi misol tariqasidagi joyini aniqlash yo‘li bilan olib boriladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, konyunktura tahlili va uzoq tendensiyalarning rivojlanishini aniqlash o‘zora bog‘liq va bir - birini to‘ldiradi. Konyunktura tahlili jamiyatning xo‘jalik hayotining qiyinligini hisobga olmagan holda u yoki bu qarashlarni tasdiqlaydigan o‘zboshimchalik bilan tanlangan omillar va statistik ma’lumotlarga yondashib emas, balki bir-biriga qarama-qarshi hodisalarning yig‘indisiga yondashish kerak. Konyunktura tahlilining shakli bu konyunktura sharhi va ma’lumotnomasidir. 94 Mahsulot ishlab chiqarish belgilanganligiga qarab, mahsulotning mutlaq birligi o‘lchovlarida ishlab chiqarib, ishlab chiqarish davri davomiyligi, iste’molchilar doirasi tezroq yoki sekinroq konyunktura o‘zgarishini aks ettiradi. Ba’zi tarmoqlar, masalan qora metallurgiya, havo va suv transporti, qurilish belgilangan iste’molchilar uchun oldindan buyurtma qilish tizimi bo‘yicha ishlaydilar. Boshqalar esa, ya’ni avtomobil, radioelektron va shu kabilar qisqa muddat ichida ishlab chiqariladi va bozorda noma’lum iste’molchilarga sotiladi. Uzoq muddatli tovarlarni ishlab chiqarish qisqarishi yoki o‘z ishi natijasida ishlab chiqarish konyunkturasini yaxshilash yoki yomonlash aniq ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanmaydi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling