• Основные стратегические варианты
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-MARKETING
Qisqa xulosalar 123 Tovar - murakkab ko‘p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste’mol xususiyatlari, ya’ni tovarning o‘z vazifasini bajarish - unga ega bo‘lgan iste’molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir. Tovarlar quyidagi mezonlari bo‘yicha alohida guruhlarga bo‘linadi: maqsadli ko‘rsatkich bo‘yicha, bozor turiga ko‘ra, foydalanishga tayyorligiga ko‘ra, iste’molchilar soniga qarab bo‘linadi. Tovarning yashash davrida quyidagi bosqichlar ajralib turadi: ishlab chiqarish, kirib kelish, o‘sish, yetuklik, to‘yinish, inqiroz (kasodlik). Tovar strategiyasi istiqbol uchun ishlab chiqariladi va firmada mavjud tovar-miksning jalb etuvchanligini yaxshilash bo‘yicha uchta strategik yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: tovar innovatsiyasi, tovar variatsiyasi, tovar eliminatsiyasi. Tovar innovatsiyasi strategiyasi yangi tovarni ishlab chiqarish va tatbiq etish dasturini aniqlaydi. Biroq “yangi tovar” tushunchasi turli talqinga ega va takomillashtirishni asoslash sifatida qo‘llaniladiladi, mavjud tovarni yangilash uchun ishlatiladi. Tovar innovatsiyasi yangi tovarni ishlab chiqish va qo‘llashni ko‘zda tutadi va amalga oshirish shakli bo‘yicha tovar differensiatsiyasi va tovar diversifikatsiyasiga bo‘linadi. Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. Marketingda tovar qanday vosita sifatida ta’riflanadi? 2. Tovarlar qanday tasniflanadi? 3. Tovarning raqobatbardoshligi deganda nimani tushunasiz? 4. Tovarning yashash davri konsepsiyasini izohlab bering. 5. Tovar modifikatsiyasi deganda nimani tushunasiz? 6. Mahsulot differensiatsiyasi nima? 7. Yangi tovar ishlab chiqarish jarayonini izohlab bering? 8. Tovar variatsiyasi deganda nimani tushunasiz? Adabiyotlar 1. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: 2010 -yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. – T.: O ‘zbekiston, 2011.– 48 b. 2. Qosimova M.S., Yusupov M., Ergashxodjaeva Sh.J. Marketing. Darslik. – T.: TDIU, 2010. – 224 bet. 124 3. Соловьев Б.А., Мешков А.А., Мусатов Б.В. Маркетинг: Учебное пособие. -M.: Инфра-М, 2010. – 336 c. 4. Котлер Ф. Основы маркетинга: Учебное пособие. –M.: Изд. дом «Вильямс», 2010. – 656 c. 5. Басовский Л.Е. Маркетинг: Учебное пособие. – M.: Инфра-М, 2010. – 219 c. 6. Бронникова Т.С. Маркетинг: теория, практика: Учебное пособие. –М.: КНОРУС, 2010, -208с. 7. Панкрихин А.Р. Маркетинг. Учебник. – M.: Омега-Л, 2009. – 656 с. 8. Парамонова Т.Н. Маркетинг: Учебное пособие. – M.: КНОРУС, 2010. – 190 с. 9. Розова Н.К. Маркетинг. –СРб.:Питер, 2008. -176с. 10. Yusupov M., Abdurahmonova M.M. Marketing. O‘quv qo‘llanma. – T.: Iqtisodiyot, 2007. – 157 bet. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling