• Основные стратегические варианты


Marketing qarori qabul qilishning samaradorligi


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/105
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1729457
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

Marketing qarori qabul qilishning samaradorligi - 1) marketing 
vazifasini bajarishning ko‘rib chiqilayotgan (kutilayotgan) ko‘plab variantlari 
orasidan tanlab olishda iqtisodiy tavakkalchilik narxining natijasi, foydalilik 
ko‘rsatkichi; 2) marketing vazifasini bajarishning tanlab olingan variantining 
iqtisodiy samara keltirish qobiliyati. 
Marketing majmuasi (marketing - miks) - marketing reцepti, undan 
foydalanish korxonaga maqsadli bozorlar ehtiyojlarini qondirish va atrof-
muhitdagi o‘zgarishlarga moslashishda eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishishga 
imkon beradi. Eng sodda marketing resepti tovar, narx, savdo va 
kommunikatsiya siyosati sohasida muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar 
o‘tkazishni talab qiladi. 
Marketing modellari - 1) foyda olish yoki uni o‘stirish maqsadida 
tovar va xizmatlarga talabni yaratish va takror ishlab chiqarish bo‘yicha 
o‘zaro aloqalar jarayonida marketing tizimi subyektlari xulq-atvorini 
ko‘rsatish, sifat va sonlar jihatidan aks ettirish shakli; 2) marketing tizimini 
loyihalashtirish, rejalashtirish, tashkil etish, faoliyat ko‘rsatish va 
rivojlanishda marketing muhiti va subyektlarining funkцional, sabab-oqibat 
va resurs aloqalarini ifodalovchi va aks ettiruvchi (imitatsiya, regressiya, 
korrelyatsiya va h.k.) modellar majmui; 3) marketing-miks yoki uning 
tarkibiy qismlari modellari (tovar siyosati modeli, narx hosil bo‘lish modeli, 
reklama modeli va h.k.). 
Marketing o‘zaro aloqalari - 1) xizmat ko‘rsatish tadbirkorligining 
tovar hayotiylik davrining har bir bosqichida barcha bozor subyektlari bilan 
aloqalarni rejalashtirish, tashkil tatbiq boshqarish jarayonida barcha faoliyat 
turlari va resurslarni qamrab olishga yo‘naltirilgan istiqbolli konsepsiyasi. 
Mijoz bilan uzoq muddatli o‘zaro munosabatlarga va bitimda ishtirok etuvchi 
tomolar maqsadlarini qondirishga yo‘naltirilgan konsepsiya; 2) bajarish 
ma’suliyatini taqsimlash va kengaytirish tamoyillari bo ‘yicha marketingni 
tashkil etish usuli. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling