Elik aydi uqtura munun erdamin,
Bu Aytoldi atin ne ul bu senin.
Naku-ul munun manisini ay mena,
Bilayin, uqayin, bu tayin sena.
15
Kuntug'di elik Oyto'ldining nuqson hamda kamchiliklarini anglaganini so'zlab, nega bu
nom bilan atalishini so'raydi va uning ishonch hosil qilganligini aytadi. Bunday savol-javobning
ikki taraflama bo'lib o'tganligi dostonda o'z ifodasini topgan. Dostonning keyingi bobida Oyto'ldi
hukmdordan nomi nega ―Kuntug'di‖ ekanining sababini surishtiradi. Bu savol-javob usuli
G'.Akramov ta'kidlagan ―qadimiy homiy xudo‖larni mavzu va g'oyani ro'yobga chiqarish uchun
qo'l kelganligidan yorqin dalolatdir.
Qadimiy kishilar uchun ilohiylashtirilgan samoviy jismlar ilk turk musulmon sulolasi-
qoraxoniylar zamonasida yangi ma'no va talqinlar qo'llanganki, buni quyidagi parchada ham
ravshan kuzatish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |