¬¬¬¬¬¬¬ O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi


Xitoyning asosiy davlat siyosati – mamlakatning barqaror rivojlanish strategiyasi hisoblanadi


Download 34.63 Kb.
bet4/5
Sana09.04.2023
Hajmi34.63 Kb.
#1346253
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xitoyning jahon iqtisodiyotidagi o`rni va rivojlanish istiqbollari

Xitoyning asosiy davlat siyosati – mamlakatning barqaror rivojlanish strategiyasi hisoblanadi;

  • Xitoy iqtisodiyotining yutuqlari uning mintaqaviy farqlanishini ular qarama-qarshilikka o‘sib ketmasdan yetarlicha disproporsiaonal chegarasi doirasida ushlab turishidadir;

  • Markaziy hukumatning boshqarish vazifasi - iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va ularni birlashtirishdan, qoloq mintaqalarning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlashdan, izchillik bilan mintaqalar notekis rivojlanishini yengishdan iboratdir.


    Xitoy xalq xo‘jaligi mintaqalarning o‘zaro bog‘liqlari va o‘zaro xarakatlari asosida va ular orqali tizim sifatida amalga oshiriladi. Mana shu ular orasidagi mavjud farqlarni yetarli darajada disproporsional chegaradan chiqmasdan va iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qilmasdan hal etish mamlakatni boshqarishning muhim vazifalari hisoblanadi. Aynan mintaqaviy nomutanosiblik milliy iqtisodiyotning samarasini oshirishga turtki bo‘ladi, chunki:

    • birinchidan, Sharqiy dengiz oldi hududlaridagi yuqori o‘sish sur’atlari unda ichki rayonlarga investisiya hajmini kiritishni kengaytirgan holda kapitalning ahamiyatli tarzda jamg‘arilishiga olib keladi;

    • ikkinchidan, Markaziy va G‘arbiy hududdagi ishchi kuchi resursining cheksizligi uning Sharqiy qismini barqaror rivojlanishi uchun foydalanishi mumkin;

    • uchinchidan, Sharqiy qismdagi samarali tashqi aloqalar umumiy iqtisodiy rivojlanishni va iqtisodiy islohtlarni qo‘llab-quvvatlaydi;

    • to‘rtinchidan, Sharqiy zonalardagi erkin iqtisodiy hududlar mamlakatning boshqa hududlari uchun va ularda iqtisodiy islohotlarni ijobiy tarzda amalga oshirish uchun tajriba maydoni bo‘lib xizmat qiladi.



    1. Xitoy Xalq Respublikasida iqtisodiy islohotlar va rivojlanish bosqichlari.

    1979-yildan boshlab, Xitoy iqtisodiy islohotlar tizimiga qadam qo‘ydi va faqat 1992-yildagina sotsialistik bozor iqtisodiyoti modeli rasmiy tarzda tasdiqlandi. O‘tgan 10 yilliklarda Xitoy iqtisodiyotidagi bozorning roli va uning tashqi dunyo uchun ochiqlik darajasi bir muncha oshdi. Uning iqtisodiy rivojlanish sur’atlari sezilarli ravishda tezlashdi. 1979-2004 yillarda YaMM ning o‘rtacha yillik o‘sishi 9,9%ni tashkil etdi. Natijada, aholining yashash darajasi o‘sib bordi.
    1978 yil dekabr oyida XKP MK ning 11 chaqiriq3- plenumi bo‘lib o‘tib, unda mamlakatda olib boriladigan iqtisodiy qurilishlarning bosh liniyasi tasdiqlandi, hamda siyosiy ochiqlik va islohotlarga yo‘l ochib berildi. Iqtisodiy islohotlar maqsadi qadam-baqadam rejali iqtisodiyotdan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish bo‘lib, unda quyidagi tamoyillarga tayanildi.
    «Sotsializmning mazmuni ishlab chiqarish kuchlariga mustaqillik berish, uning umumiy maqsadi esa,- «barcha mamlakatda yashayotgan aholining farovonligi»ga erishishda ekspluatatsiyaga barham berish va farqlanishni yo‘qotishdir».
    Islohotlarning boshida quyidagi vazifalarni hal etish belgilab olindi:
    1. Oziq - ovqat muammosini hal etish;
    2. Aholini ish bilan to‘liq ta’minlash;
    3. Barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish vazifalari bo’ldi.
    Bu vazifalarni echish uchun «To‘rtlik modernizatsiyasi» dasturi qabul qilindi. Ushbu dasturga binoan, quyidagi sohalarni modernizatsiyalash (yangilash) zarurligi belgilab olindi:
    1. Sanoatni rivojlantirish
    2. Harbiy kuchlarni mustaxkamlash
    3. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish
    4. Fan va texnika yutuqlarini yangilash
    «To‘rtlik modernizatsiyasi» dasturi orqali Xitoy xalq xo‘jaligini tiklash hamda uni rivojlantirishni ishlari 1978-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan XKP MK ning 11 chaqiriq 3- plenumida o‘z ifodasini topib, uni amalga oshirish bosqichlari aniqlandi.
    Iqtisodiy islohotlarning maqsadi – Xitoy davlatini iqtisodiy jihatdan rivojlanishini va aholi farovonligini oshirishni ta’minlashdan iborat bo’lib, uning asisiy vazifalari mamlakat iqtisodiyotining hamma jabhalarida uni bosqichma-bosqich amalga oshirish hisoblanadi.
    Mamlakat aholisi va hududining ma’lum bir qismining boyib borishi, bu umumiy maqsad yo‘lidagi qo’yilgan birinchi qadamlar edi. Sharqiy Osiyo mintaqasi mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish tajribasidan kelib chiqqan holda, iqtisodiy islohotlarning boshlang’ich davrida turli xil rayonlarning iqtisodiy o‘sishida farqlarning yuzaga kelishi tabiiy holdir.
    «To‘rtlik modernizatsiyasi» dasturi orqali qishloq xo‘jaligini tiklash va uni ko‘tarish ko‘zda tutilar ekan, avvalo 2 daryo oralig‘idagi serhosil hududlarni isloh qilish maqsad qilib qo’yilganligini qayd qilish lozimdir. Qishloq xo‘jaligida yerlarning dehqonlarga ijaraga berilishi, davlat buyurtmalarining qisqartirilishi va unga sifat jihatdan yangicha qaralishi natijasida, dehqonlarning ishlab chiqarishga bo‘lgan munosabati sekin-asta o‘zgara bordi. Hosildorlik yildan-yilga oshib borib, 2000-yillar boshida mamlakatdagi oziq-ovqat muammosi deyarli hal etildi. Qishloq xo‘jaligini isloh qilish mobaynida yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari-2,2 marotabaga, shu jumladan, don yetishtirish-42,8% ga, paxta yetishtirish -2,6 marotabaga, qand lavlagi yetishtirish-3,5 marotabaga, go‘sht yetishtirish esa - 3,7 marotabaga oshdi.
    Xulosa
    I–bosqichda Xitoy o‘z oldiga mamlakat YaMM ni 1985-yillarga kelib, 1978-yilga nisbatan ikki baravar ko‘paytirish va aholini oziq -ovqat va kiyim-bosh bilan ta’minlash muammolarini hal etish vazifalari belgilangan edi. Amalda bu bosqich, 1980-yillarga kelib muddatidan oldin yakunlandi.
    II-bosqichda Xitoy hukumati mamlakat YaMMini 2000-yilga kadar, 1980-yilga nisbatan to‘rt baravar ko‘paytirish belgilangan edi, amalda esa, 1990 - 1995 yillarda iqtisodiy o‘sish juda yuqori bo‘lganligi sababli, bu reja ham muddatidan oldin bajarildi.
    1995-yilda III- bosqich (1996-2000 yillar) maqsad va vazifalari belgilab olindi. Unda ikkinchi bosqichning strategik vazifalarini to’liq amalga oshirish, 2000- yilga qadar aholini 300 mln.kishiga ko‘payishini inobatga olgan xolda, 1978-yilga nisbatan YaMMning aholi jon boshiga to‘g‘ri kelishini to’rt baravarga oshirish va aholining turmush sharoitini yaxshilab o‘rta rivojlangan industrial mamlakatlar qatoriga yetkazish maqsad qilib qo‘yildi.
    IV-bosqich 2000-2010 yillarda milliy iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, mamlakatni Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini ta’minlash, hamda XXRni rivojlangan industrial mamlakatlar qatoriga olib chiqish belgilangan.

    Download 34.63 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling