¬¬¬¬¬¬¬ O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi


Download 34.63 Kb.
bet1/5
Sana09.04.2023
Hajmi34.63 Kb.
#1346253
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Xitoyning jahon iqtisodiyotidagi o`rni va rivojlanish istiqbollari


Xitoyning jahon iqtisodiyotidagi o`rni va rivojlanish istiqbollari

Reja:



Kirish

  1. Xitoy mintaqaviy iqtisodiy-siyosatining asosiy yo‘nalishlari

  2. Uning zamonaviy o‘zgarish tendensiyalari

  3. Xitoy Xalq Respublikasida iqtisodiy islohotlar va rivojlanish bosqichlari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


Kirish
Xitoy Xalq Respublikasi Osiyo mintaqasining sharqiy qismida, Tinch okeanining g‘arbiy qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, uning maydoni 9,6 mln.kv. km tengdir. Maydonining kattaligi jihatidan u dunyoda Rossiya va Kanada davlatlaridan so‘ng 3-o‘rinda turadi. Xitoy Xalq Respublikasi aholisining soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. 2009 yil ma’lumotiga ko’ra, Xitoy Xalq Respublikasi aholisi 1,329 mlrd kishini (Syangan MAR va Tayvan provinsiyasi, Aomen rayonidan tashqari) tashkil etdi. Uning aholisi dunyo aholisining 21% ni tashkil etadi.
XX asr Xitoyning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy yuksalishi uchun juda mashaqqatli tarixiy davr bo‘ldi. Uzoq yillik urushlar xitoy iqtisodiyotini qaloqlashuviga sabab bo‘luvchi asosiy omillardan biri bo’ldi. XXRsi tashkil topgungacha mamlakatda hukm surgan feodal byurokratik tizim sharoitida iqtisodiyot barqaror rivojlanmadi. Fuqarolar urushi, o‘zaro urushlar va Yaponiya agressiyasiga qarshi kurash mamlakat xalq xujaligini izdan chiqardi. 1949 yilning 1-oktyabrida Xitoy Xalq Respublikasining tashkil topganligi e’lon qilinib, mamlakatda boshqa bir tizim hukmron bo‘lgan bo‘lsada, mamlakat iqtisodiyoti juda qaloq ahvolda edi. Bugungi kunga kelib XXR iqtisodiyoti rivojlanishi bo’yicha yetakchi o’rinda turadi. Shuni ta’kidlash joizki, Xitoy iqtisodining rivojlanish tezligiga hali biror mamlakat yeta olganicha yo‘q. Bugungi kunga kelib butun dunyoda Xitoy iqtisodiyotiga bo’lgan qiziqish oshmoqda. Xo’sh, bu mamlakat iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlari nimada? Qanday qilib iqtisodiyotining rivojlanish darajasi yetakchi o’rinda turibdi? Shu va shunga o’xshash savollarga biz quyida “Xitoy iqtisodiyoti rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari ” to’g’risida bergan ma’lumotlarimizda bu savollarga javob topamiz. Hamda XXR iqtisodiyoti bilan yaqindan tanishamiz.


  1. Download 34.63 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling