¬¬¬¬¬¬¬ O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Xitoy mintaqaviy iqtisodiy-siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Download 34.63 Kb.
|
Xitoyning jahon iqtisodiyotidagi o`rni va rivojlanish istiqbollari
Xitoy mintaqaviy iqtisodiy-siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Xitoydagi iqtisodiy islohotlar jarayoni asosiy ikki davrni o‘z ichiga olib, ular quyidagilardan iboratdir: I davr – 1979-1991 yillardan iborat bo‘lib, bu yillarda sanoat ishlab chiqarishi miqyosini o‘stirishni davom ettirish va uni boshqarishni isloh etishda birinchi qadamlar qo‘yildi. Mamlakatning qishloq joylaridagi agrosanoat qurilishlari shu davrga xos bo‘lgan hodisalardan biri edi. Boshqarishdagi o‘zgarishlar «quyi qatlamga huquq berish» konsepsiyasi asosida olib borildi. Asosan, mazkur xarakatlar mamlakat territoriyasining janubiy-sharqiy va markaziy hududlarida amalga oshirila boshlandi. 1984 yildan boshlab, eksperiment (tajriba) tariqasida, turli xildagi yangi mulk shakllari joriy etila boshladi, ya’ni: oilaviy pudrat, ijara, hissadorlik, pay kabilar. 1987 yildan boshlab esa, sekin-asta deyarli hamma o‘rta va yirik davlat korxonalari yuqori tashkilot bilan o’zlarining aniq ishlab chiqarish hajmi va davlat byudjetiga muayyan mablag‘ ajratish to‘g‘risida bitimlar tuzib – xo‘jalik yuritishning pudrat turiga o‘tqazildi. 1988 yilda davlat sektorini isloh etishni faollashtirish bo‘yicha bir qator tadbirlar olib borish bilan kechdi. Ushbu yilda korxonalar to‘g‘risida qonun qabul qilindi, hissadorlik bo‘yicha tajribalar amalga oshirilib, mamlakatda Davlat mulk qo‘mitasi tashkil etildi. Xitoyda yangi tizimiy siyosat shakllana borib, u qishloq xo‘jaligi, og‘ir va yengil sanoat orasidagi mutanosiblikni hamda infrastrukturaviy ta’minotni yaxshilashga yo‘naltirildi. 1980 yillar o‘rtalariga kelib, yengil sanoatdagi sezilarli orqada qolish bartaraf etildi. Yengil sanoat shu yilda o’zining o‘sish sur’ati bo‘yicha 11,7% ni tashkil yetdi, og‘ir sanoat esa, atigi 6,6% dan iborat bo‘ldi. Yengil sanoatning umumiy sanoat o‘sishiga qo‘shgan hissasi 59,2% ni tashkil etdi. 1985-1990 yillarda og‘ir sanoatning o‘sish sur’atlari yanayam ko‘tarildi va u qayta ishlab chiqarish tarmog‘i foydasiga hal bo‘ldi. Agar, 1978 yilda xom ashyoviy va qayta ishlovchi sohalar nisbati 1: 0,96 ga teng bo‘lgan bo‘lsa, 1988 yilga kelib, ularning nisbati 1:1,67 ni tashkil etdi. Bu yo‘nalishda yuqori texnologik soha ortda qola boshladi. Yengil sanoat ichida qishloq xo‘jalik xom ashyosida ishlaydigan tarmoqlar juda ham tez sur’atlarda o‘sib bordi, natijada ushbu tarmoqlar, nisbatan past sur’atlarda rivojlanayotgan qishloq xo‘jaligiga qarama-qarshi turib, unda raqobat muhitini keltirib chiqardi. II davr – bu 1992-1998 yillar hisoblanib, unda islohotlarning birinchi 10 yili natijalaridan iborat bo‘lgan o‘tish davri xo‘jalik mexanizmi bozor qonunlari va direktiv rejalashtirish tamoyillari birligiga asoslandi. Uning natijasida korxonalar ikki, bir-biriga o‘xshamagan manbalar yordamida boshqarila boshladi, ya’ni, ma’muriy boshqaruv va bozor orqali. Davlat reglamentatsiya va dotatsiyalariga (pul mablag‘lari yordami) o‘rganib qolgan va amalda zarar emas, balki faqatgina daromad (foyda) olish uchun javobgar bo‘lgan korxonalar «bozor sharoitiga» uncha xush bermasdan kira boshladilar yoki kirsalar ham, qisqa muddatli maqsadlarni ko‘zlagan holda unga qatnashdilar. Mavjud gorizontal aloqalarning va makroiqtisodiy nazoratning bo‘shligi natijasida, turli darajadagi xo‘jalik boshqaruvidagi korxonalaruchun vazifalarni taqsimlash markaz darajasida amalga oshirilar edi. Bunda eng katta yutuqqa quyi tashkilotlar emas, balki ular orasidagi mintaqaviy boshqaruv tashkilotlari erishdilar. XXR sidagi mintaqaviy bo‘linish uning 7- besh yillik (1986-1990y) rejasini tuzish bilan bevosita bog‘lik bo‘ldi. U siyosiy ma’noga ega bo‘lib, mintaqaviy siyosat tamoyillaridan va yangi vazifalardan kelib chiqdi. Bu yerda gap iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi maqsadlariga yaqinlashish to‘g‘risida, XXRsini faol ravishda jahon xo‘jaligi aloqalari tizimiga qo‘shilishiga va bu jarayonga Xitoyni ichki rayonlarini sekin-asta qo‘shilishi to‘grisidadir. Shunday qilib, g‘arbiy hududlarni keng miqyosli o‘zlashtirilishi natijasida, iqtisodiy qurilish markazini sharqiy rayonlardan g‘arbiy rayonlarga olib o’tish ko‘zda tutildi Download 34.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling