Yoldosh Sulaymon
|
Yo`ldosh Sulaymon (Yo`ldoshali Sulaymonov)1935 yli 12 avgustda Farg`ona viloyatining O`zbekiston tumanidagi Mingtosh Qishlog`ida dehqon oilasida tavallud topgan. Uning hayotga, adabiyotga qiziqishi odamlarga muhabbati o`quvchilik chog`larida (1944-1954) shakllangan edi. Farg`ona institutida o`qigan yillarida (1955-1960) ilk she`rlari, hikoyalari, maqolalari matbuotda chop etila boshladi. Institutni tugatgach, u 27 yil “Farg`ona haqiqati”(sobiq “Kommuna”) gazetasi tahririyatida mehnat qildi.
|
1986-1995 yillarda O`zbekiston Yozuvchilari uyushmasi Farg`ona viloyati bo`limi mas`ul kotibi, “Ma`naviyat va ma`rifat” markazi viloyat bo`limi rahbari bo`ldi. 1996-2001 yillarda Yo`ldosh Sulaymon O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o`rinbosari bo`ldi.
Yo`ldosh Sulaymon bolalar yozuvchisi sifatida 15 ta she`riy, beshta ocherk va hikoyalar to`plamini chop ettirdi. U “Avlodlar”, ”muhabbat”qissalari, ”Subhidam”(1973), ”Vafo”(1979) romanlari muallifi.
|
Mustaqillik yillarida adib barakali ijod etdi. Uning “Farg`onanoma”,”Gulnoma”, “Marg`lonnoma”, “Qo`qonnoma”, “Farg`naning quliman”, “Hirotga sayohat”, “Jonimsiz-ey kurtaklarim”she`riy kitoblari,”Jalada qolgan gul”qissasi”(1997), “Armon”romani(1999), “Osmonga sig`magan muhabbat”dramatik dostoni(1999) bosildi.
U Farg`na farzandi, Farg`ona kuychisi? Farg`onaliklar oshig`i. Farg`onaliklarni kuylash orqali mamlakatga, o`zbeklarga bo`lgan mehr-muhabbatini ifodalaydi. Uning asarlarida hayotbaxsh ruh, sururiylik kuchliki u ham farg`ona ahli tabifatiga hosdir.
|
Yo`ldosh Sulaymon “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi”, “Do`stlik ordeni” sohibi. U O`zbekiston Oliy majlisi deputati.
|
Asarlari:
Muhabbat. Qissa. T.: “Yosh gvardiy”, !983
Armon. Roman. T.: Adabiyot va san`at nashri,1999
Adabiyot
Oxunjon Hakimov “Yo`ldosh Sulaymon muhabbati”. Adabiy portret. T.: 1995
|
Do'stlaringiz bilan baham: |