¬¬¬¬¬¬¬ O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi


Uning zamonaviy o‘zgarish tendensiyalari


Download 34.63 Kb.
bet3/5
Sana09.04.2023
Hajmi34.63 Kb.
#1346253
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xitoyning jahon iqtisodiyotidagi o`rni va rivojlanish istiqbollari

Uning zamonaviy o‘zgarish tendensiyalari.

1992 yilda XKP sini XIV s’ezdi qarorlarida iqtisodiy islohotlarni radikallashtirish va xo‘jalik yuritishni rivojlantirishni tezlashtirish muammolari o‘z aksini topdi. Unda davlatnihg makroiqtisodiy boshqarish jarayonidagi rolini ko‘rib chiqish va sezilarli darajada uning keyingi vazifalarini bajarishi hamda o‘zgartirishlar kiritish masalalari ham ko‘rildi.
1994 yilda mamlakatda qabul qilingan yangi soliqlar tizimi katta ahamiyatga ega bo‘lib, u mintaqaviy siyosatni samarali amalga oshirish uchun yordam berdi. Bir tomonidan, mahalliy darajada moliyaviy barqarorlik ta’minlanayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomonidan esa, mana shu bavrda markaziy byudjetga kelib tushayotgan soliqlar ulushi 29,% dan 57% ga ko‘paydi.
Amalda mana shu zonalardagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning sezilarli darajada o‘zgarmasligi davlat tomonidan ularni rivojlanishi uchun yetarli darajada mablag‘larning ajratilmayotganligini ko‘rsatadi. Yuqoridagi jadval 4.3.2.dan ko‘rinib turganidek, mamlakatning ichki hududlarida iqtisodiy islohotlarini juda ham sekin qadamlar bilan amalga oshirilayotganini guvohi bo‘lamiz.
Xitoy hukumatini mamlakatdagi mintaqaviy ustuvorlik holatlari, ya’ni, Xitoyning sharqiy provinsiyalariga berilgan ustuvorlik va ularni ko‘p yillar mobaynida pasaymayotganligi, bir muncha tashvishga solib qo‘ydi hamda mazkur holat normal emasligi tan olinib, bu yo‘nalishda jiddiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish lozimligi belgilandi.
Ulardagi sanoat industriyasining notekis joylashtirilganligi, ular ma’muriy-xo‘jalik yuritilishining takomillashtirilmaganligi, birinchi navbatda, ularning umumiy ishlab chiqarishdagi samarasini oshishiga, nafaqat yordam bermay, balki, o‘zlarida iqtisodiy va siyosiy nobarqarorlikni keltirib chiqarish havf-xatari mavjudligini ko‘rsatar edi.
Haqiqatdan ham, mamlakatga kirib kelayotgan xorijiy investisiyalar, ko‘p hollarda mamlakatning janubiy-sharqiy qismiga jalb etilib, uning natijasida Xitoyning boshqa hududlarida istiqomat qiluvchi aholi ziyon ko‘ra boshladi. Ushbu holatlar, qolgan hududlardagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdan ancha orqada qolayotgan aholining turmush tarzida yaqqol ko‘rina boshladi.
1994 yilda sanoat korxonalarida amalga oshirilgan islohotlarda «chuqurlashuv» fazasi boshlandi. U ilgari qabul qilingan bir qator qarorlardan kelib chiqib amalga oshiriljdi. 1992 yildagi mamlakatbagi «Umumxalq mulki bo‘lgan sanoat korxonalarida xo‘jalik mexanizmini almashtirish holati» ularning keng masalalar doirasidagi avtonomiyasini mustahkamladi, jumladan: investisiyalash, narx-navo, ishchi kuchini yollash, eksport-import operatsiyalari masalalar hisoblanadi.
1993 yildagi hukumatning «Sotsialistik bozor iqtisodiyoti tizimidagi ba’zi masalalarni tashkil etish» qarori zamonaviy korxonalar tizimini tashkil etishga qaratilgan bo‘lib, u 1994 yil 1- yanvardan boshlab rasmiy ravishda ishga tushirildi, xususan, uning soliqqa tortish bo’icha yangi tizimi ham. Unda daromad solig‘i stavkasi pasaytirilib, qo‘shimcha qiymat solig‘i unifikatsiyalandi.
Garchi, o‘sish sur’atlari mamlakat hududlarida bir maromda bo‘lmasada, (ya’ni, ba’zi hududlarda, 1993 yilda eng baland o‘sish sur’ati – 27,3% ni tashkil etgan bo‘lsa, 1981 yildagi eng past o‘sish sur’ati – 4,3% ni tashkil etdi), amalda esa, biron bir marotaba ham ishlab chiqarish pastga tushmadi, ya’ni to‘lqinsimonlik amplitudasi 10% dan oshgan emas edi.
Sanoatni to‘lqinsimon o‘sishi, butun bir iqtisodiyot singari bo‘lmadi. Undagi har bir miqyosli kapital quyilmalari uni yuqori sur’atlarda o‘sishiga olib kelib, uning investisiya samarasi pasayib turdi. Shu noxushliklarni yengish uchun hukumat o’z investitsion siyosatini kuchaytirdi, oqibatda uning o‘sish dinamikasi pasaydi. Keyingi sikl esa, yana kapital quyilmalarini ko‘paytirishdan boshlandi.
O‘sish sur’atlari bo‘yicha, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish boshqa barcha sohalarni ortda qoldirdi, bu esa xalq xo‘jaligida progressiv tizimiy (strukturaviy) o‘zgarishlarga olib keldi. Sanoatning YaIM (yalpi ichki mahsulot) dagi ulushi 1996 yilda, 49% ni tashkil etdi. Xitoy iqtisodiyotida uning qayta ishlash sanoati muhim o‘rinni egallamoqda. Mazkur sohaning 30% atrofidagi ishlab chiqargan mahsulotlari mashinasozlik sanoatiga to‘g‘ri keladi. Og‘ir sanoatdagi qayta ishlash tarmog‘ining ulushi 1978 yildagi 52,5% dan 1996 yilda 60% ga yetdi.
Hozirgi kunda sanoat ishlab chiqarishidagi ustuvorlik - texnika sig‘imi katta bo‘lgan ishlab chiqarishga berilmoqda. An’anaviy tarmoqlar, ya’ni, ko‘mir qazib olish, tekstil, yog‘ochni qayta ishlash, oziq-ovqat, oddiy mashinasozlik tarmoqlarini ulushi esa, aksincha, kamaymoqda. Ulardan farqli o‘laroq, neftni qayta ishlash, elektronika, kimyo, metallurgiya, transport va elektroenergetik uskunalarini ishlab chiqarish tarmoqlari salmog’I sezilarli tarzda ortib bordi. Ba’zi bir mashinasozlik tarmog’i mahsulotlarini ishlab chiqish kundan kunga o‘z salohiyatini oshirib borishmoqda. Xitoy kemasozlik sanoati dunyoda uchinchi o‘rinni egallab, uning umumiy jahon kemasozligidagi ulushi 5% ni tashkil etadi.
1990 yillar boshidan elektron uskunalar ishlab chiqarish yiliga 30% ga o‘sib bordi. Bu tarmoqni sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 1990 yildagi 3,4% dan, 1997 yilga kelib – 4,6%ga o‘sdi.
Garchi, davlat sektori yalpi mahsulot ishlab chiqarishda o‘zining ustuvorligini asta-sekin yo‘qotayotgan bo‘lsa ham, u boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustunligini saqlab kelmoqda. Undagi asosiy fondlarning, kapital quyilmalarining va davlat xazinasiga quyayotgan mablag‘larining umumiy hajmi bo‘yicha, Xitoy o‘zining pozisiyasini saqlamoqdadir.
Mamlakatda 1990 – yillarda ikki sektorli model yuzaga keldi. U yirik va mayda ishlab chiqarishga asoslangan bo‘lib, sanoatni qayta ro‘yxatga olish ma’lumotiga ko‘ra, unda sanoat korxonalarining 0,3% i, ya’ni, ularning 23007 tasi «yirik va o‘rta» korxonalar kategoriyasiga kiritilgan edi. Ulardan, 6201 tasi «yirik» va 215 ta ob’ekt «juda ham yirik» deb tan olindi.
Bu sektorda 25% ishchi va xizmatchilar band bo‘lib, ularda 60% dan ortiqroq sanoatning asosiy fondlari joylashgandir. Ular davlat byudjetiga sanoat solig‘ining 60% ni beradi. Mayda ishlab chiqarish esa, asosan, qishloq korxonalarida olib borilib, ular islohotlar davrida ancha o‘sdi. Ammo, lekin, ushbu ob’ektlar soni hozirda ancha kamayib, ularning faoliyatlari qishloq xo‘jalik ehtiyojini qondirish va aholiga xizmat ko‘rsatishga moslashgandir.
Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar ishlab chiqarish kuchlarini ratsional joylashtirish siyosatini ham tubdan o‘zgartirib yubordi. Mamlakatda bozor munosabatlarini xalq xo‘jaligiga moslashtirish kursi e’lon qilindi.
Ishlab chiqarishni ratsional-hududiy tashkil etilishining yangi konsepsiyasi dengiz oldi, shahar oldi, va chegara oldi rayonlari salohiyatini va eski sanoat bazalarini yuqori sur’atlarda o‘sishini o‘z ichiga oladi va mamlakat markaziy hamda g‘arbiy rayonlarida joylashgan «yangi sanoat regionlarini» o‘zlashtirishni ko‘zlaydi.
Janubiy zonaning umumiy sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 1985 yildagi 60,3% dan 1998 yilga kelib, - 68,1% ga oshdi. Bunga e’tiboran, markaziy regionning umumiy sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 1985 yildagi 27,2% dan, 1998 yilga kelib, -21,6% ga, g‘arbiy regionning ulushi esa, 1985 yildagi 12,5% dan, 1998 yilga kelib -10,3 % ga qisqardi.
Hozirgi kunda xitoy sanoat tarmoqlari bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida ishlamoqda. Markaziy rejalashtirish tizimidagi 300 mingta davlat korxonalaridan, atigi 10 mingtasigina real, amalda faoliyat ko‘rsatmoqda. 1990 yillar oxiriga kelib, direktiv ko‘rsatmalar soni 1980 yillardagi 120 tadan, 33 taga qisqartirildi.
Direktiv rejalashtirish chegarasida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotni ulushi 40% dan, 4,5 % ga qisqardi. Agar, islohotlar boshida markaziy taqsimlanishga 256 ta mahsulot turi kirgan bo‘lsa, hozirgi kunda ularning turi 11 taga qisqardi. 14 mingdan ortiqroq, yoki, yirik va o‘rta davlat korxonalarining 1/3 qismi korporativ xo‘jalik tizimiga o‘tkazildi. Mayda korxonalarning 50% dan —70% gachasi isloh qilindi.
Mamlakatda iqtisodiy islohotlarni keskinlashtirish va uning xo‘jalik tizimi rivojlanishini tezlashtirish muammolarini hal etishdagi strategik yondashuvlarni ishlab chiqish, 1992 yilda bo‘lib o‘tgan XKP ning XIY s’ezdida o‘zining yaqqol aksini topdi. Unda makroiqtisodiy darajada davlatning boshqarish jarayonlarini qayta ko’rib chiqish zarurati mavjudligi va uni amalda o‘zgartirish lozimligi to‘g‘risida gap yurgizildi.
Davlat sektoridagi faoliyatni sekin-asta kamaytirib, ya’ni, uning bevosita xo‘jalik yuritishdagi taqsimotchilik faoliyatini bo‘shashtirish ko‘zda tutilib, boshqarishdagi qayta markazlashuvni davom ettirishni amalga oshirish, ular ustidan nazoratni, asosan iqtisodiy usullar orqali olib borish lozimligi ta’kidlandi. Bunda davlatning vazifasiga mintaqalararo aloqalarni keyinchalik ham mustahkamlash uchun uning samarali ta’sir etish imkoniyati doirasi qoldirildi. Bu yo‘nalishda davlatning va uning xo‘jalik organlarining iqtisodiy faolliigini sekin-astalik bilan mamlakatning Markaziy va G‘arbiy provinsiyalariga yo‘naltirish lozimligi tan olindi.
XKP ning XIY s’ezdi hujjatlarida ta’kidlanganidek, umummilliy vazifa sifatida, mintaqaviy iqtisodiyotning rivojlanish sur’atlarini jadallashtirishda mahalliy ustuvorliklardan to‘liq foydalanish zarurligi tan olindi. Mazkur s’ezdning belgilangan prinsipial vazifalaridan biri – bu uning tomonidan mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bo‘yicha alohida aniq sxemasining ishlab chiqilganligi bo‘ldi va u Xitoyning 9-besh yillik hamda istiqbol rejalariga kiritildi. Bu quyidagicha ko‘rinishga ega bo’ldi:

  • Mamlakat hududining Sharqiy dengiz oldi rayonlarida tashqi bozorga mo‘ljallangan tarmoq mahsulotlari hajmini ko’paytirish, unda urg‘u, yuqori darajada qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish va umuman, ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratildi, bu esa, mamlakatga xorijiy valyuta oqimini ta’minladi. Bunda ilm sig‘imi katta bo‘lgan va energiya va xom ashyo xarajatlari sig‘imi kam bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga alohida ahamiyat btrilib, unga ahamiyatli tarzda xorijiy investisiyalarni jalb qilish lozim edi;

  • Xom ashyo, mineral va mehnat resurslariga boy bo‘lgan Xitoyning Markaziy va G‘arbiy zonalarida davlat yordamida mahalliy ustunliklarga ega bo‘lgan tarmoqlarni va transport infratuzilmasini rivojlantirish choralari ishlab chiqish; Asosiy e’tiborni, qazib olinadigan boyliklarni o‘zlashtirishga va ular bazasida zamonaviy ishlab chiqarishni barpo etishga qaratish; Ichki rayonlarning iqtisodiy rivojlanishiga kompleks yondashish; Mamlakatning barcha hududlarida o‘zaro hamkorlik va o‘zaro almashuvni kengaytirish, ushbu prinsiplar asosida mamlakatda yagona milliy bozorni shakllantirish vazifalari qo‘yildi.

Mana shu 3 ta zonalardagi ixtisoslashtirishni differensiyatsiyalab (taqsimlab), ularning real mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, Xitoyning mintaqaviy siyosati umummilliy muammolarni hal etishda jamiyatni va davlatning xarakatlarini birlashtiradi. Xitoy davlati oldiga qo‘yilgan “to‘rtlik modernizatsiyasi” dasturi vazifalarini amalga oshirish uchun, mamlakatdagi barcha tabiiy, inson va boshqa resurslarni ushbu jarayonga jalb qilishi lozim bo‘lib, bunda qay tarzda mazkur ishlarni to‘g‘ri amalga oshira olinsa, unga olib boradigan yo‘l ham shunchalik qisqarib borishi belgilandi.
XKP ning XIY s’ezdi qarorlarida ta’kidlanganidek, ayniqsa, Xitoyning kam millat vakillari istiqomat qiladigan rayonlarida iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, favqulotda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, hozirda mamlakatda mamlakatning tub millat vakili xanlardan tashqari, 55 ta turli millat vakillari bo‘lgan 100 mln.dan ortiq aholi ham yashaydi. Shulardan kelib chiqib, mazkur rayonlarga bugungi kunda davlat tomonidan har tomonlama komlpeks yordam ko‘rsatilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 3ta zonani “ixtisoslashtirish” tamoyillari hozirgi kunda, yetarli darajada ilmiy asoslangan va amaliy tarzda ratsional holatda deb tan olindi. Ular orasida, eng ko‘p real yordamni, amalda uning Sharqiy zonasi oldi. U boshqa zonalarga nisbatan, tor yerda, ya’ni, dengiz oldiga joylashgan bo‘lishiga va mamlakat territoriyasining atigi 13,5% ni egallashiga qaramay, unda 500 mln.kishidan ko‘proq ( 41%) aholi yashaydi va Sharqiy Xitoyning mamlakat YaIM dagi salmog‘i esa, 50% dan ortiqroqdir.
Ushbu mintaqa XXR si tashkil etilgan kundan keyingi hamma davrda “eng ko‘p qulay sharoit ” tartibida failiyat ko’rsatdi. Uning sabablari:

  • birinchidan, uning qulay geografik joylashganligi bo‘lsa,

  • ikkinchidan, revolyutsiyadan oldingi davrda ham unda muayyan sanoat salohiyatining mavjudligi;

  • uchinchidan, nisbatan, rivojlangan infratuzilmaning mavjudligi;

  • to’rtinchidan, undagi qulay tabiiy-iqlim sharoitlarining mavjudligi;

  • beshinchidan, katta miqdorda kishilik resurslarining mavjudligi;

  • oltinchidan, u yerda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga sharoitning yaxshiligidir.

Ulardan tashqari, mazkur mintaqada XXRsi poytaxti – Pekin, Shanxay, Tyanszin va Guanchjou shaharlarining joylashganligi ham katta egadir.
Hozirgi kunda Sharqiy Xitoy mamlakatning bosh “industrial sexi” rolini o‘ynamoqda. Uning nisbatan, kamroq foydali qazilmalariga ega ekanligiga qaramasdan, uning dengiz oldi provinsiyalarida asosiy sanoat tarmoqlarining muhim markazlari faoliyat ko‘rsatmoqdadir. Ulardan, sanoat tarmoqlarining metallurgiya, neft qazib olish va neft kimyosi yetakchi o’rinlarni egallaydi.
Shular bilan birga, ushbu rayonlar o‘zining xilma-xil va rang-barang tekstil sanoati mahsulotlarini va murakkab maishiy xizmat ko’rsatish texnikalarini ishlab chiqarish bilan dunyoga tanilmoqdadir. Mamlakatda kundan-kunga yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish tarmoqlari o‘zlarining: elektronika, aerokosmik, turli markalardagi kompyuterlar, aloqa va axborot texnologiyalarining eng takomillashgan turlarini ishlab chiqarish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Sharqiy Xitoy iqtisodiyotida Shanxayning alohida o‘z o‘rni bo‘lib, u Yanszi daryosi quyi oqimida joylashgandir. Unda 16 mln. kishidan ortiq aholi istiqomat qiladi. U nafaqat ko‘p qirrali sanoat salohiyatiga ega, balki, asosiy daryo porti vazifasini, transportlar shaxobchasini, savdo va bank markazi vazifalarini ham bajarmoqda. U yerda Xitoy fond birjalaridan biri Shenchjen faoliyat ko‘rsatadi. Undan tashqari, shaharning chegarasida tez sur’atlarda Pudun xalqaro sanoat-savdo hamda moliya majmuasi qad ko‘tardi.
Bugungi kunda Xitoy jamiyati mintaqalararo disproporsiyani yaqqol anglamoqdalar va uning oqibati yaxshi tugamasligini ham tushunib yetdilar. Shuning uchun mamlakatning mintaqaviy siyosatining strategik yo‘nalishi sifatida ushbu Sharqiy Xitoyga davlatning iqtisodiy qurilishida “lokomotiv” vazifasini ajratib, u Markaziy va G‘arbiy Xitoyni rivojlantirishda haqiqiy plasdarmga aylanishi lozim edi.
Mana shu Markaziy va G‘arbiy hududlarni rivojlantirish sari qadamlar qilishda ma’muriy-tashkiliy tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular iqtisodiy dastaklardan ko‘proq foydalanishni ko‘zda tutadi. Ya’ni, ushbu hududlarga xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda va ularga kreditlar ajratishda keng imtiyozli sharoitlar yaratib berishdan iboratdir.
Markaziy zona provinsiyalarida, ya’ni Szyansi, Xunan, Guychjou, Yunnanlarda nafaqat Xitoyda, balki dunyoda yirik hisoblangan volfram, surma, qalaylarning konlari joylashgan bo‘lib, ular hozirda mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi va uning eksport saloxiyatini oshirish uchun xizmat qilmoqdadir.
Ma’lumki, bozor mexanizmi ishlab chiqarish jamg‘armasinini qo‘llab-quvvatlaydi. Oxirgi 30 yil ichida xorijiy investisiyalarning asosiy kapitalga qo’yilmasi asosan, mamlakatning Sharqiy dengiz oldi rayonlariga va uning yangi sanoat rayonlariga to‘g‘ri keldi. Ulardagi yuqori xo‘jalik faoliyati ularga jamg‘arish uchun yaxshi imkoniyatlarni yaratib berdi. Ushbu hududlarda iqtisodiy islohotlar jarayoni jadal sur’atlarda olib borildi. Uning sabablari esa, mazkur hududda joylashgan institusional va texnologik innovatsiyalarning mavjudligi hisoblanadi. Janubi-Sharqiy hududlarda jamoa va xususiy mulk turlaridan imkon qadar samarali foydalanilgan, ularga ahamiyatli tarzda xorijiy sarmoyalar oqimi jalb etilgan, ulardagi erkin iqtisodiy zonalarning mavjudligi, ulardagi bozorga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy boshqarishning mavjudligi va boshqa omillarni mavjudligi bilan ajralib turadi.
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling