• Sayyid Qutbning "Islomda ijtimoiy adolat" asari uyushma
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqПрезентация1
- Bu sahifa navigatsiya:
- «HIZBUT TAHRIR»
" • Sayyid Qutbning "Islomda ijtimoiy adolat" asari uyushma taʼlimotining shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Tashkilotning maqsadi musulmon oʻlkalarda "islomiy adolat" tamoyillariga asoslangan jamiyat barpo etishdan iborat. Bunga esa "islomiy taraqqiyot yoʻli" bilangina erishish mumkin. "Musulmon birodarlar" mafkurasining gʻoyaviy asosini "islom faqatgina diniy eʼtiqod boʻlmasdan, balki mukammal dunyoqarash hamda ijtimoiy tuzumdir", degan aqida tashkil etadi. "Musulmon birodarlar" murakkab tuzilmali, harbiylashgan boʻlimlarni oʻz ichiga olgan. • Misrdan boshqa mamlakatlar (Suriya va Livan)da ham boʻlimlari bor. Uning faoliyati keng ijtimoiy qatlamlarni qamrab olgan boʻlsada, tashkilot aʼzolari talaba-yoshlarni oʻzlarining asosiy zarbdor kuchi deb hisoblaganlar. "Musulmon birodarlar" xayr-ehson qilish va maʼrifatchilik faoliyatidan (1928—36) to siyosiy hayotda terror metodini keng qoʻllashda faol ishtirok etishgacha boʻlgan murakkab taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi. 1930-yillarning oʻrtalaridan xalifalik shaklidagi "islomiy davlat" qurish gʻoyasi targʻibotiga zoʻr bera boshladi. Hasan al Banno vafotidan soʻng "Musulmon birodarlar" faoliyati yanada siyosiylashib bordi • "Xizbut tahrir al islomiy" diniy siyosiy partiyasi ham shular jumlasiga kiradi. "Musulmon birodarlar" uyushmasi boʻlinishi tufayli yagona tashkilot sifatini yoʻqotdi va 1950-yillardan "Musulmon birodarlar" harakati ("al Ixvoniyya") deb yuritila boshladi. Shu davrdan boshlab "Musulmon birodarlar" harakati ekstremistik faoliyati uchun faqat Misrda emas, balki boshqa davlatlarda ham gʻayriqonuniy deb eʼlon qilinib man etilgan. "Musulmon birodarlar" harakati Misr, Suriya, Iordaniya va Livanda faoliyat koʻrsatib, bu mamlakatlardagi siyosiy jarayonlarga katta salbiy taʼsir qilmoqda. "Musulmon birodarlar"ning birinchi jurnali "Al ixvon al muslimun" 1933-yildan chiqa boshlagan. 1980-yillardan boshlab "Ad daʼva" ("Daʼvat") jurnali "Musulmon birodarlar"ning asosiy nashridir. • «HIZBUT TAHRIR» (toʻliq nomi «Hizb at-tahrir al-islomiy» — «Islom ozodlik partiyasi») — siyosiylashgan diniy tashkilot ( oqim ). Falastinda Taqiyuddin Nabhoniy (1909—1979) asos solgan. U « Musulmon birodarlar» guruhining Falastin boʻlinmasida faoliyat yuritib, 1953-y. maslakdoshlari bilan mazkur boʻlinma aʼzolarini yangi diniy- siyosiy Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling