, Ssifoid meduzalar (Scyphozoa) va Korall poliplar (Anthozoa) sinfining tuzilishi va ekologiyasi, ko‘payishi va rivojlanishi, sistematikasi
Download 344.28 Kb. Pdf ko'rish
|
3-Maruza
Entoderma – gidra ichak tana (gastral) bo`shlig`ini qoplagan bo`lib,
g`o`lasimon yirik va xivchinli hujayralardan tarkib topgan. Entoderma xivchinlari suv oqimi harakatiga va shuningdek, gastral bo`shlig`iga kirgan oziqni ushlab olishga xizmat qiladi. Bu hujayralar ko`pincha yolg`onoyoq o`simtalari hosil qilib, tanaga kirgan ovqatni o`zlashtiradi. Oziq entoderma hujayralarining sitoplazmasida hazm bo`ladi. Gidra – sodda hayvonlar, kolovratkalar, tuban qisqichbaqalar, mayda hasharot lichinkalari va ba`zan mayda baliq chavaqlari bilan oziqlanadi. Entoderma qavatida ham epiteliya – muskul hujayralari ko`p. Ularning mezogleya tomoniga yopishgan qisqaruvchi tolalari gidra tanasiga nisbatan ko`ndalang (halqasimon) joylashgan. Mazkur tolalar qisqarganda gidra tanasi cho`ziladi. Gidraning ko’payishi - jinssiz, ya’ni bo’linish, ko`rtaklanish va jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Ko`rtaklanib ko’payishda - gidra tanasidagi bo’rtma shaklida, ekto va entoderma ishtirokida yetishadi va uning ichki gastral qismi ona gidraning ichak – tana bo’shlig’i bilan tutashgan bo’ladi. Ko`rtak ona tanasi hisobiga oziqlanib, tez o’sadi va keyinchalik unda paypaslovchilar va og’iz teshikchasi hosil bo’ladi. Yetilgan ko`rtak ona tanasidan ajralib, mustaqil hayot kechirishga ko’chadi. Yashash sharoiti qulay bo’lib, oziq yetarli bo’lgan hollarda har bir ona gidra tanasida 2-3 tadan ko`rtak yetishadi. Gidralar bahordan ko`zgacha, asosan ko`rtaklanish yo’li bilan ko’payadi. Jinsiy ko’payish - gidra ikki jinsli germafrodit (xunasa) bo’lib, har bir gidrada tuxum hujayrasi va spermatozoidlar yetishadi. Ba’zi turlari ayrim jinsli. Ko’pincha tuxum hujayralari tananing ektodermasida yetishib, ancha yirik va maxsus qobiq bilan o’ralgan bo’ladi. Spermatozoidlar esa og’izga yaqin qismida yetishadi. Xunasa turlar ham almashinib (boshqa gidraning spermasi bilan) otalanadi. Chunki, ularda sperma va tuxum har xil vaqtda yetishadi. Ko’pchilik turlarda jinsiy hujayralarning yetilishi va otalanishi kuz fasliga to’g’ri keladi. Lekin otalangan tuxum kelasi yil bahorida rivojlanib voyaga yetadi. Tuban ko`p hujayralilar sifatida gidralarda regeneratsiya – zararlangan, yo`qolgan qismini qayta tiklay olish xususiyati kuchli rivojlangan. Gidraning bittagina uzilgan paypaslagichi yoki tanasining yuzdan bir qismi hamj ma`lum sharoitda o`sib, katta gidraga aylanishi mumkin. Gidralar uchun yakka holda yashash xosdir. Bo`shliqichlilarning juda ko`p turlari dengizlarda hayot kechiradi. Ular orasida o`troq, yakka va koloniya bo`lib yashovchi poliplar hamda erkin so`zib yuradigan meduzalar bor. Aktiniyalar – yakka va o`troq yashovchi poliplar hisoblanadi. Tana tuzilishi va shakli gidraga o`xshash bo`ladi. Lekin gidradan ancha yirik (tana diametri 0,5 m gacha) va qisman rangli bo`lishi bilan farq qiladi. Aktiniyalarning paypaslagichlari og`iz teshigi atrofida bir nechta qator bo`lib joylashgan. Hamma aktiniyalar suv tubidagi narsalarga yopishib yashaydi, ba`zan tovonida asta-sekin harakat qiladi. Gidra singari ular ham o`ljasini otiluvchi iplari bilan jarohatlaydi va paypaslagichalari yordamida og`ziga keltiradi. Aktiniyalarning ko’pchiligi turli hayvonlar, jumladan birmuncha yirik qisqichbaqasimonlar, hatto mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Aktiniyalar ayrim jinsli. Aktiniyalar jinssiz teng ikkiga bo`linish orqali va jinsiy yo`l bilan ko`payadi. Jinsiy a’zolari (gonada) gastral bo’shlig’ida devorida joylashgan. Tuxumning otalanishi (erkak aktiniyadan hosil bo’lib og’iz orqali kirgan sperma bilan qo’shilishi) va dastlabki rivojlanish ona tanasida boradi. Jinsiy ko`payganda urug`langan tuxumdan hosil bo`lgan yosh bo`g`ini –planula lichinkalari ona tanasidan suvga tarqalgach, bir necha vaqtdan so’ng suv tubiga cho’kadi, biror narsa (substrat) ga yopishib, o`troq polipga aylanadi va asta-sekin o’sib voyaga yetadi. Bundan tashqari aktiniyalar ko`rtaklanib ham ko’payadi. Hosil bo’lgan ko`rtak – ona tanasidan ajralib, biror narsaga birikishi bilan o’sadi va mustaqil hayot kechira boshlaydi. Aktiniya okean va dengizlarda ko’p tarqalgan. Janubiy issiq dengizlarda ularning bir muncha katta (30-70 sm), turli rangdagi va uzun paypaslovchili rangdor turlari ko’p uchraydi. Bularning hayoti uchun krablar tanasi ustiga joylashib simbioz holda hayot kechirishi xarakterli (krablar aktiniyalarni o’z ustlariga mingashtirib oladilar. Bu bilan ular o’zlarini “dushman” lardan yaxshi himoya qila olishi aniqlangan). Kovakichlilar o’rtasida aktiniyalar eng o`zoq yashaydigan hayvonlar bo’lib, 50-60 yilgacha umr ko’radi. Download 344.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling