, Ssifoid meduzalar (Scyphozoa) va Korall poliplar (Anthozoa) sinfining tuzilishi va ekologiyasi, ko‘payishi va rivojlanishi, sistematikasi


Download 344.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi344.28 Kb.
#1489378
1   2   3   4
Bog'liq
3-Maruza

Chuchuk suv gidrasi (Hydra) - tiniq suvli tinch oqadigan yoki oqmaydigan 
chuchuk suv havzalarida suv o’simliklari yoki mollyuskalar tanasiga yopishib
o’troqlik bilan hayot kechiruvchi hayvon uchraydi. Uni akvariumda ham uchratish 
mumkin. Tanasining uzunligi 5-7 mm bo’lib, silindrsimon shaklda. Tanasining 
ostki ingichkalashgan (tovon) qismi suv o’simliklariga yoki mollyuskalar 
chig’anog’iga yopishishga xizmat qiladi. Tananing o`rta qismi bir oz 
yo`g`onlashgan. Ustki qismida esa 6-8 ta ancha uzun paypaslovchilarning o`rtasida 
og`iz teshikchasi joylashgan. Gidra tanasining ko`p qismini ichak – tana (gastral) 
bo`shlig`i egallagan bo`lib, u paypaslovchilarning ichki qismigacha borib kirgan. 
Mazkur bo`shliq – ichak va tana bo`shliq vazifasini o`taydi.
Og`izcha orqali gastral bo`shlig`iga doim kelib turadigan suv bilan oziq 
paypaslovchilar yordamida olinadi. Hazm bo`lmagan oziq qoldig`i va ayirish 
mahsuloti suv oqimi bilan yana og`izcha orqali tashqariga chiqariladi. Demak, 
boshqa kovakichlilar kabi gidralardagi og`izcha – og`iz va chiqarish (anal) 
teshikchasi vazifasini o`taydi. Ayrim hollarda (ko`pincha ovqat qidirganda) u bir 
necha marta o`zayib cho`zilishi yoki kuchli qisqarib, yumaloq shaklga kirishi 
mumkin. Sharoit bir oz yomonlashganda yoki ovqat yetishmagan vaqtda gidra 
“joyidan qo`zg`alib”, paypaslovchilar yordamida o`rmalab harakatlanadi. Boshqa 
“muvofiq joyga” borgach, yana biror o`simlikka yopishib yashay boshlaydi.
Gidraning tanasi va paypaslovchilari ikki qavat epiteliya to`qimasidan 
tashqi – ektoderma va ichki - entodermadan tarkib topgan. Bularning oralig`ida 
hujayrasiz mezogleya qavati joylashib, u tayanch vazifasini o`taydi.
Ektoderma zich joylashgan maydaroq hujayralardan tuzilgan. Ektoderma 
qavatida sanchuvchi – otiluvchi hujayralar bo`lishi xarakterlidir. Sezuvchi maxsus 
o`simta – knidotsilli bu maydaroq hujayralarning ichki qismida “kapsula” deb 
atalgan alohida organoid o`zida spiral shaklda “o`ralgan” otiluvchi zaharli tola 
saqlaydi. Otiluvchi hujayraning sezuv o`simtasi ta`sirlanishi bilan hujayra ichidagi 
spiral tola otilib chiqadi va yaqinlashgan hayvon (“dushman”) tanasiga sanchilib 
uni zaharlaydi. Himoya va hujum vazifasini o`taydigan bunday otiluvchi hujayralar 
ayniqsa paypaslovchilarda va og`izcha atrofida ko`p. Binobarin gidra “hujum” 
vaqtida birdaniga yuzlab zaharli tola “otib” chiqara oladi va shular vositasida hatto 


mayda baliq chavaqlarini ham zaharlab ushlashi va o`zlashtirishi mumkin. 
“Ishlatilgan” hujayralar o`rniga darhol yangilari yetishib turadi. 
Bir qancha ektoderma hujayralarining ichki (mezogleyaga tutashgan) 
qismida qisqaruvchi muskul tolalari bo`lib, ular gidra tanasi bo`ylab, uzunasiga 
joylashgan. Bunday tolalarning qisqarishi natijasida gidra tanasi kichrayadi. 
Bularni epiteliya – muskul hujayralari deb nomlangan.
Bu hujayralarning tana devoriga botib kiradigan tomoni juda kengaygan 
bo`lib, unda muskul tolalari joylashgan. Teri-muskul hujayralari gidra tanasida 
zich joylashganligi tufayli muskul tolalari ham butun tana bo`ylab bir tekis 
tortilgan bo`ladi. Tananing qaysi tomonidagi muskul tolalari qisqarsa, gidra o`sha 
tomonga egiladi. Muskullarning xuddi ana shu yo`sinda qisqarishi tufayli gidra 
galma-gal paypaslagichilarida va tovonida turib “umbaloq oshib” harakatlanadi. 
Gidra “odimlab” ham harakat qiladi. Buning uchun u avval egib, paypaslagichlari 
bilan o`zi o`tirgan narsaga yopishadi. Shundan so`ng tanasining keyingi qismini 
tortib olib, bir “qadam” tashlaydi. So`ngra bosh tomonini oldinga surib, tovonini 
tortib oladi. Bu uning ikkinchi “qadam”i bo`ladi. Barcha teri-muskul 
hujayralaridagi muskul tolalari birdaniga qisqarganida gidra tanasi tortilib 
yumaloqlanadi. 
Ektoderma qismida yana mayda, yulduzsimon shoxlangan tanachalar
mavjud; bular nerv hujayralaridir. Bular sodda tipdagi sochqin (tarqoq) nerv 
sistemasini tashkil etib, o`z navbatida muskul hujayralari bilan va ektodermadagi 
maxsus sezuvchi hujayralar bilan tutashgan.
Bu hujayralar kam sonli bo`lib, ular gidra tanasida, juda siyrak joylashgan. 
Bir-biriga yaqin joylashgan nerv hujayralarining o`simtalari tutashib, nerv to`rini 
hosil qiladi. Nerv hujayralarining o`simtalari teri-muskul va o’tuvchi hujayralar 
bilan ham tutashadi. Nerv hujayralari yordamida gidra tashqi muhit ta`sirini sezadi. 
Agar gidra tanasiga nina tekkizilsa, ta`sirlanish sekinlik bilan hamma nerv 
hujayralariga va ularning o`simtalari orqali teri-muskul hujayralariga tarqaladi. 
Ta`sirlanishiga javoban muskul tolalari bir vaqtning o`zida asta-sekin qisqara 
boshlaydi. Buning natijasida gidra tanasini yig`ib olib, yumaloqlanadi. Nina 
olingandan so`ng ta`sirlanish to`xtatilgani tufayli gidraning tanasi asta-sekin 
yozilib, yana o`z holiga qaytadi.
Gidraning ta`sirlanishiga javoban tanasini yig`ib olish xususiyati refleks deb 
ataladi. Gidrada faqat bir necha xil oddiy reflekslar hosil bo`ladi. Murakkabroq 
tuzilgan hayvonlarda xilma-xil reflekslar hosil bo`ladi. 

Download 344.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling