Fan: Biologiya Sinf 9 Sana
Download 1.48 Mb.
|
Fan zoologiya 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- _ 22- rasm. Hujayra shakllari
II BO'LIM HUJAYRA HAQIDAGI TA'LIMOT Turli-tuman organizmlarning eukariot hujayralari o'zining tuzilishi jihat-dan murakkabligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi (22- rasm). Hujayralar bajaradigan vazifalariga qarab turli-tuman shaklga ega bo'ladi: yumaloq (tuxum va yog' hujayralari), yulduzsimon (biriktiruvchi to'qima hujayralari), o'simtasimon (nerv hujayralari), amyobasimon ya'ni, shaklini o'zgartiruvchi (leykotsitlar va ayrim biriktiruvchi to'qima hujayralari). Hujayralar turiicha katta-kichiklikka ega. Ko'p hollarda ular juda kichik bo'lib 10 — 100 mkm ga teng. Biroq juda katta hujayralar ham mavjud. Masa-lan, tarvuz hujayralarini oddiy ko'z bilan kuzatish mumkin. Eng katta hu-jayralarga qushlarning tuxumi misol bo'ladi. Hujayralar katta-kichikligiga qarab turli og'iriikka ega. Masalan, tuyaqush tuxumining og'iriigi 100 g dan 1,5 kg gacha boradi. Qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)ning og'iriigi esa 10~9g (ya'ni, 0, 000 000 001 g) ga teng.
Turli-tuman organizmlarning eukariot hujayralari o'zining tuzilishi jihat-dan murakkabligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ularga sodda hayvonlar (soxtaoyoqlilar, xipchinlilar, infuzoriyalar), zamburug'lar, yuksak o'simlik va hayvonlar kiradi. Eukariot hujayralar prokariotlarning murakkablashishi tufayli paydo bo'lgan deb taxmin qilinadi. Har bir hujayra 3 ta tarkibiy qismdan: tashqi sitoplazmatik membrana, sitoplazma va yadrodan iborat (40- betdagi 23- rasm). Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling