Fan: Biologiya Sinf 9 Sana


Download 1.48 Mb.
bet4/43
Sana08.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1443784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Fan zoologiya 7

Dars uslubi: a) og'zaki b) yozma c) ko'rgazmali-amaliy
Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi, aqliy hujum, muzyorar
Darsning jihozi Darslik, ko`rgazma, kompyuter, test varaqlari, nazorat ishi variantlari
DARSNING BORISHI:
I.Tashkiliy qism: Psixologik iqlim yaratish;



Reja asosida dars bosqichlari

Saflangan vaqt

1

Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish

10 min

2

Yangi darsning borishi:

20 min

3

Dars samarasi haqida o'quvchilar bilan suhbatlashish

10 min

4

Uyga vazifa berish, xayrlashish

5 min

Yashash muhiti va tashqi ko'rinishi. Zog'ora baliq O'rta Osiyoning tog' daryolaridan boshqa barcha suv havzalarida hayot kechiradi. Uni ko'l, hovuz vasholipoyalarning iliq suvida, tinch oqadigan daryolar o'zanida uchratish mumkin. Zog'ora baliqning kattaligi 1 m gacha, og'irligi 8 - 16 kg gacha boradi.
Zog'ora va boshqa ko'pchilik baliqlar tanasi suyri shaklida; ikki yon tomondan yassilashgan; bosh va dum qismlari ingichkaroq bo'ladi (58-rasm). Baliqlarning boshi tanasiga harakatsiz qo'shilib ketgan. Siz suvning havoga nisbatan zich muhit ekanligini va uning harakatlanayotgan jismga ko'proq qarshilik ko'rsatishini bilasiz. Shuning uchun baliqlar tanasining suyri shakli va tuzilishi suvning qarshiligini yengib, tez harakatlanishga imkon beradi Suzgichlari. Zog'ora baliq tanasini o'ngga va chapga biroz bukib, suz-gichlari yordamida oldinga qarab suzadi. Baliqning toq (orqa, dum, anal) va juft (ko'krak, qorin) suzgichlari mavjud. Dum suzgichi ikkiga ajralgan. Anal suzgichlari dumining ostida joylashgan. Suzgichlari yupqa teri pardadan va uni tutib turadigan suzgich yoylardan iborat. Oldingi tomonga suzishda dum suzgichlari katta ahamiyatga ega. Baliqlarning juft suzgichlari tanasini muvozanatga solib turish va harakatlanganida burilishiga yoki to'xtashiga, shuningdek, oldinga qarab asta-sekin suzishiga yordam beradi.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling