Fan: Biologiya Sinf 9 Sana


Download 1.48 Mb.
bet9/43
Sana08.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1443784
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
Fan zoologiya 7

Dars uslubi: a) og'zaki b) yozma c) ko'rgazmali-amaliy
Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi, aqliy hujum, muzyorar
Darsning jihozi Darslik, ko`rgazma, kompyuter, test varaqlari, nazorat ishi variantlari
DARSNING BORISHI:
I.Tashkiliy qism: Psixologik iqlim yaratish;



Reja asosida dars bosqichlari

Saflangan vaqt

1

Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish

10 min

2

Yangi darsning borishi:

20 min

3

Dars samarasi haqida o'quvchilar bilan suhbatlashish

10 min

4

Uyga vazifa berish, xayrlashish

5 min

Hazm qilish sistemasi. Zog'ora baliq suvda yashovchi mayda umurtqasiz hayvonlar, tuban suv o'tlari, yashil o'simliklarning yosh novdalari va barglari bilan oziqlanadi. Hazm qilish sistemasi og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach va ichakdan iborat (60-rasm). Halqumda uch qator tishlar joylashgan. Tishlar yordamida maydalangan oziq kalta qizilo'ngach orqali ichakka tushadi. Zog'ora baliqning oshqozoni bo'lmaydi, ichakning oldingi qismi oshqozon vazifasini bajaradi. Ichak bo'shlig'iga oshqozonosti bezining hazm qilish shirasi va jigar ishlab chiqaradigan o't suyuqlig'i ajraladi. O't suyuqlig'i o't pufagida to'planadi. Hazm shirasi va o't suyuqlig'i ta'sirida hazm bo'lgan moddalar ichak devori orqali qonga so'riladi. Nafas olish sistemasi jabralardan iborat. Baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Ular og'zi orqali yutilgan suvni jabra teshiklari orqali chiqarib turadi. Jabralar jabra ravoqlari (yoylari)dan iborat. Har bir ravoqning keyingi tomonida och qizg'ish tusli varaqlari, oldingi tomonida jabra qilchalari joylashgan (61-rasm). Jabra qilchalari suv bilan oqib keladigan oziqning tashqariga chiqib ketishiga yo'l qo'ymaydi. Jabra varaqlari juda mayda kapillar qon tomirlari bilan qoplangan. Jabralardan o'tayotgan suvdan kislorod jabra varaqlari kapillarlaridagi qonga shimiladi; karbonat angidrid esa qondan suvga ajralib chiqadi. Kislorod kam bo'lgan suvda baliq uzoq vaqt yashay olmaydi. Shuning uchun qahraton qishda muz tagiga kislorod o'tmasligi yoki issiq yozda iliq suvda kislorod kam erishi tufayli baliqlar ko'plab halok bo'ladi Qon aylanish sistemasi yurak, qorin va orqa aortalari, arteriya, vena va kapillar qon tomirlaridan iborat. Yuragi ikki kamera: yurak qorinchasi va bo'lmasidan iborat. Yurakdan chiqadigan qon tomirlari orteriyalar, yurakka keladigan qon tomirlari venalar deyiladi. Zog'ora baliqning yuragi jabralardan orqaroqda joylashgan (62-rasm).
Baliqlarning qon aylanish sistemasi ham tutash bo'ladi. Yurak bo'lmasi va qorinchasining galma-gal qisqarishi tufayli qon yurak bo'lmasidan qorinchasiga, undan esa - qorin aortasiga chiqariladi. Qon qorin aortasidan jabralarga olib boruvchi arteriyalarga o'tadi. Jabralarda arteriyalar juda mayda kapillarlarga ajraladi. Kapillarlardagi qon karbonat angidridni suvga chiqarib, kislorod bilan boyiydi. Kislorod bilan boyigan qon arteriya qoni deyiladi. Bunday qon qip-qizil bo'ladi. Arteriya qoni jabralardan chiqib, umurtqa pog'onasi ostidan butun tana bo'ylab o'tadigan orqa aortaga keladi. Orqa aorta organlar yaqinida arteriyalarga, tanaorganlarida esa mayda kapillarlarga ajraladi. Kislorod va ichakdan so'rilgan oziq moddalar kapillarlar devori orqali to'qimalarga, karbonat angidrid va moddalar almashinuvi mahsulotlari esa to'qimalardan qonga o'tadi. To'qimalarda qon karbonat angidrid bilan to'yinib to'q qizil rangli vena qoniga aylanadi va vena qon tomirlariga to'planib, yurak bo'lmasiga quyiladi

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling