Reflekslar. Agar baliqni biror narsa bilan turtsak, u o'zini tezlik bilan chetga oladi. Bu jarayon quyidagicha sodir bo'ladi. Та'sir sezgi hujayralari tolalari orqali markaziy nerv sistemasining bosh miya yoki orqa miya qismiga uzatiladi. U yerdan ta'sirga hosil bo'lgan javob tegishli organlarga uzatiladi. Organlardagi muskullar qisqarishi tufayli organizm ta'sirga javob beradi. Baliqlar o'z o'ljasini sezganida ham xuddi shunga o'xshash holat sodir bo'ladi. Zog'orabaliq chuvalchangni ko'rganida hosil bo'lgan qo'zg'alish ko'rish nervi orqali markaziy nerv sistemasiga boradi, u yerdan javob nerv tolalari orqali muskullarga keladi. Buning natijasida baliq o'ljasini ushlab oladi. Hayvonlarning ta'sirga shunday javob qaytarish reflekslari tug'ma bo'lganidan shartsiz reflekslar, ya'ni instinkt deyiladi. Shartsiz reflekslar irsiy bo'lib, baliqlarning hayoti davomida o'zgarmasdan saqlanib qoladi va nasldan naslga o'tadi. Bitta turga kimvchi hamma hayvonlarning shartsiz reflekslari bir xil bo'ladi.
Shuning bilan birga hayvonlarning hayoti davomida hosil bo'ladigan reflekslar ham bor. Agar akvariumdagi baliqlarga biror signal bilan ta'sir etib, masalan, chiroq yoqib oziq berilsa va bunday oziqlanish bir necha bor takrorlansa, bu signal oziq berilmaganda ham baliqlarni jalb qila boshlaydi. Hosil bo'lgan bunday reflekslar shartli reflekslar deyiladi. Shartli reflekslar nasldan naslga o'tmaydi va uzoq saqlanib qolmaydi.
Uyga vazifa O`qib o`rganish
Fan:Zoologiya Sinf 7 Sana
DARS № 37
Darsning mavzusi: Baliqlarning ko'payishi va rivojlanishi
Darsning maqsadlari:
A) Ta`limiy: O`quvchilarga Baliqlarning ko'payishi va rivojlanishi haqida tushunchalar berish.
B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat,ajdodlarga sadoqat ruhida tarbiyalash
V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarga mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Dars turi: A) kirish darsi
boshlang'ich materiallar bilan tanishish darsi
Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi
Bilim, ko'nikma, malakalarni mustahkamlash darsi
E) Takrorlash va umumlashriruvchi dars
F) Nazorat-tekshiruv darsi
G) Aralash tipdagi dars
H) Olingan bilimlarni amaliyotga qo'llash darsi
Do'stlaringiz bilan baham: |