Fan: Biologiya Sinf 9 Sana
Download 1.48 Mb.
|
Fan zoologiya 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja asosida dars bosqichlari
- Kopayish organlari.
- Tuxum qoyishi.
Dars uslubi: a) og'zaki b) yozma c) ko'rgazmali-amaliy
Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi, aqliy hujum, muzyorar Darsning jihozi Darslik, ko`rgazma, kompyuter, test varaqlari, nazorat ishi variantlari DARSNING BORISHI: I.Tashkiliy qism: Psixologik iqlim yaratish;
Ko'payish organlari. Zog'orabaliq ayrim jinsli; urg'ochilarining jinsiy organlari tana bo'shlig'ida joylashgan yirik tuxumdondan iborat. Unda tuxum hujayralari yetiladi. Erkaklarida esa bir juft uzun urug'donlar bo'ladi. Urchish davrida urug'donlar quyuq oq suyuqlik - «sut» bilan to'ladi. «Sut» tarkibida millionlab urug' hujayralari (spermatozoidlar) bo'ladi. Tuxum qo'yishi. Jinsiy hujayralarning yetila boshlashi bilan baliqlarda ko'payish instinkti paydo bo'ladi (64-rasm). Instinkt ulami tuxum qo'yish va nasi qoldirish uchun qulay joy axtarishga undaydi. Ba'zi baliqlar suv havzalarining oqmaydigan joylarini, boshqalari esa suvi oqib turadigan joylami tanlaydi. O'tkinchi baliqlardan ba'zilari chuchuk suv havzalaridan dengizga, boshqalari, aksincha, dengizdan chuchuk suv havzalariga ko'chadi. Ayrim o'tkinchi baliqlar, masalan, Uzoq Sharq losossimonlaridm keta va gorbusha uvildiriq tashlash uchun Amur daryosining irmoqlariga o'tadi. Ugor balig'i Yevropa daryolaridan minglab kilometr uzoqda joylashgan Atlantika okeanining Sargass dengiziga borib tuxum qo'yadi. Zog'orabaliq suv havzalarining tinch oqadigan sayoz joylariga. suv omborlari va ko'llarga tuxum qo'yadi. Urg'ochi baliq suv o'simliklari ustiga uvildiriq tashlaydi. Erkagi esa tuxumlar ustiga o'zining «suti»ni sepib ketadi. «Sut»dagi spermatozoidlar tuxum hujayralarini urugiantiradi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling