Fan: Biologiya Sinf 9 Sana
Download 1.48 Mb.
|
Fan zoologiya 7
Tashqi tuzilishi. Baqaning gavdasi yapaloq, katta yassi boshi tanasiga chegarasiz qo'shilib ketganligidan bo'yni bilinmaydi. Boshi tanasiga harakatchan birikkanligi bilan baliqlardan farq qiladi (69-rasm). Bo'yni qisqa bo'lsa ham, baqa boshini hartomonga buradi va ega oladi. Boshining ikki yoniga bo'rtib chiqqan ko'zlarini yuqoridan va pastdan harakatchan qovoqlar himoya qiladi. Qovoqlar ko'zni namlab, uni qurib qolishdan saqlaydi. Bir juft burun teshigi ko'zlarining oldida joylashgan. Burni hid bilish va havo o'tkazish vazifasini bajaradi. Burun bo'shlig'i og'iz bo'shlig'i bilan tutashgan. Baqa va boshqa suvda hamda quruqlikda yashovchilar atmosfera havosi bilan nafas oladi. Havo burun teshiklari orqali o'pkaga o'tadi. Burni \ a ko'zlari boshining ustki qismida joylashgan. Baqa faqat burni va ko'zini suvdan chiqarib, atrofhi kuzatib turadi. Baqa suv ostiga sho'ng'iganida maxsus klapanlar uning burun teshigini bekitib, nafas yo'liga suv o'tkazmaydi.
Baqa ko'zining orqa tomonida joylashgan nog'ora pardasi eshitish organi hisoblanadi. Erkak baqalar boshining ikki yonida tovushni kuchaytiradigan kulrang pufaklar - rezonatorlar bo'ladi. Baqalar urchish davrida vaqillagan ovoz chiqaradi. Baqa va hamma quruqlikda yashovchi xordalilarning ikki juft yurish oyoqlari rivojlangan. Oldingi oyoqlari, yelka, bilak va panja; orqa oyoqlari son, boldir va tovon bo'limlariga bo'linadi. Baqaning oldingi oyoqlari to'rt barmoqli bo'lib, beshinchi barmog'i rivojlanmagan. Orqa oyoqlarining besh barmoqlari orasida tarang tortilgan suzgich pardasi bor. Orqa oyoqlari oldingi oyoqlariga nisbatan uzun va baquvvat bo'ladi. Quruqlikda baqa orqa oyoqlariga tayanib sakraydi, suvda esa orqa oyoqlarini dam-badam bukib va yozib suzadi. Baqaning terisida shilimshiq suyuqlik ishlab chiqaruvchi bezlar bo'ladi. Bu suyuqlik uning terisini namlab, qurib qolishdan saqlaydi. Skeleti va muskullari. Baqa skeletining asosiy bo'hmlari zog'orabaliqnikiga o'xshash suyaklardan iborat (70-rasm). Biroq quruqlikda hayot kechirishga moslanishi va oyoqlarining paydo bo'lishi tufayli skeleti tuzilishida qator o'ziga xos xususiyatlar yuzaga kelgan. Xususan, umurtqa pog'onasi bo'yin umurtqasi orqali kalla suyagi bilan harakatchan qo'shilgan. Baqa skeletida ko'krak umurtqalari bilan bog'lanadigan qovurg'alar rivojlanmaganidan ko'krak qafasi ham bo'lmaydi. Dum umurtqalari birlashib, bitta uzun dum suyagini hosil qiladiBaqaning oldingi \a orqa oyoqlari skeleti kamar suyaklari orqali umurtqa pog'onasi bilan tutashgan. Oldingi oyoqlar skeleti bitta yelka, ikkita bilak va bir qancha panja suyaklaridan iborat. Ular yelka kamari: ikkitadan ko'krak tirgak, o'mrov va kurak suyaklari orqali umurtqa pog'onasiga birikadi. Kamar suyaklarining ikkinchi uchi to'sh suyagiga tutashgan. Orqa oyoqlar son, boldir, tovon, panja suyaklaridan iborat. Orqa oyoqlar kamarini o'zaro harakatsiz birikkan uchta chanoq suyaklari hosil qiladi. Chanoq suyaklari orqa oyoqlar uchun tayanch bo'ladi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar oldingi va orqa oyoqlarining barcha suyaklari o'zaro bo'g'imlar orqali harakatchan birikkan; muskullari nisbatan kuchli rivojiangan. Shuning uchun ularning harakati baliqlarnikiga nisbatan xilma-xil va murakkab bo'ladi Uyga vazifa O`qib o`rganish Fan:Zoologiya Sinf 7 Sana DARS № 41 Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling