Dars uslubi: a) og'zaki b) yozma c) ko'rgazmali-amaliy
Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi, aqliy hujum, muzyorar
Darsning jihozi Darslik, ko`rgazma, kompyuter, test varaqlari, nazorat ishi variantlari
DARSNING BORISHI:
I.Tashkiliy qism: Psixologik iqlim yaratish;
№
|
Reja asosida dars bosqichlari
|
Saflangan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish
|
10 min
|
2
|
Yangi darsning borishi:
|
20 min
|
3
|
Dars samarasi haqida o'quvchilar bilan suhbatlashish
|
10 min
|
4
|
Uyga vazifa berish, xayrlashish
|
5 min
|
Yashash muhiti va hayot kechirishi. Ko'l baqasi yer yuzida keng tarqalgan, faqat sovuq shimoliy mintaqalarda va baland tog'li hududlarda uchramaydi. Yilning iliq mavsumlarida uni sernam joylarda, chuchuk suv havzalari va ular yaqinida uchratish mumkin. Hayotining ko'p qismini quruqlikda o'tkazsa-da, suvdan hech qachon nari ketmaydi. Baqa ariqlar tubidagi balchiqqa ko'milib yoki suv ostidagi o'simliklar orasida, daraxtlar ildizi yaqinidagi kovaklarda qishki uyquga ketadi.
Ko'l baqasi kunduz kunlari qirg'oq yaqinida ov qiladi. U qo'ng'iz. pashsha. chivin, o'rgimchak kabi mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Ovga chiqqan baqa qimirlamay o'ljani poylab yotadi. Baqalar faqat harakatlangan o'ljanigina payqaydi. Baqa og'zidan uzun yopishqoq tilini chiqarib, o'ljani tili bilan yopishtirib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |