Fan: Biologiya Sinf 9 Sana


Download 1.48 Mb.
bet23/43
Sana08.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1443784
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43
Bog'liq
Fan zoologiya 7

Hazm qilish sistemasi. Baqaning hazm qilish organlari baliqlarnikiga juda o'xshash bo'lib, og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach, oshqozon va ichakdan iborat (71-rasm). Og'iz bo'shlig'ida harakatchan tili va jag'lari bor. Yuqori jag'i va tanglayida konussimon tishchalari bo'ladi. Baqa orqa ichagining keyingi qismi kengayib, kloakani hosil qiladiNafas olish sistemasi. Baqa o'pka va terisi yordamida atmosfera havosidan nafas oladi. O'pkasi sodda tuzilgan bir juft xaltachadan iborat. Xaltacha devorida va terida juda ko'p kapillarlar bor. Kapillarlardagi qonga atmosfera havosidan kislorod o'tib turadi. Nafas olayotgan baqaning tomog'i pastga tortilib va ko'tarilib turadi. Tomoq pastga tortilganida havo burun teshigi va og'iz bo'shlig'i orqali o'pkaga o'tadi. Tomoq ko'tarilganida o'pkadagi karbonat angidrid gaziga to'yingan havo yana og'iz bo'shlig'i va burun teshigi orqali tashqariga chiqib ketadi.
Qon aylanish sistemasi. Baqaning qon aylanish sistemasi organlari yurak, arteriya, vena va kapillarlar qon tomirlaridan iborat (72-rasm). Yurak bittaqorincha va ikkita bo'lmadan iborat. Yurak qorinchasi bo'Imalarning ketma-ket qisqarishi tufayli qon tomirlar bo'ylab harakatlanadi. Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon aylanish doirasidan iborat. Katta qon aylanish doirasi bo'ylab qon yurak qorinchasidan arteriyalar orqali hamma tana organlariga boradi. U yerda qon to'qimalarga kislorodni berib. karbonat angidrid gazi bilan to'yinadi va yurakning o'ng bo'lmachasiga qaytib keladi (72-rasm). Kichik qon aylanish doirasi bo'ylab qon yurak qorinchasidan o'pka arteriyalari orqali o'pka va teriga keladi. O'pka va teridagi kapillarlardan qon karbonat angidridni havoga beradi va kislorod bilan to'yinib, yurakning chap bo'lmasiga quyiladi. Shunday qilib, yurakning chap bo'lmasida kislorodga boy arteriya qoni, o'ng bo'lmasida esa karbonat angidrid bilan to'yingan vena qoni bo'ladi. Ikkala bo'lmaning baravar qisqarishi tufayli arteriya va vena qonlari bir vaqtning o'zida yurak qorinchasiga tushib, qisman aralashadi.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling