Fan: Biologiya Sinf 9 Sana
Fan:Zoologiya Sinf 7 Sana
Download 1.48 Mb.
|
Fan zoologiya 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars uslubi
- Reja asosida dars bosqichlari
Fan:Zoologiya Sinf 7 Sana
DARS № 42 Darsning mavzusi: Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ko'payishi, rivojlanishi va xilma-xilligi Darsning maqsadlari: A) Ta`limiy: O`quvchilarga Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ko'payishi, rivojlanishi va xilma-xilligi haqida tushunchalar berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat,ajdodlarga sadoqat ruhida tarbiyalash V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarga mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish Dars turi: A) kirish darsi boshlang'ich materiallar bilan tanishish darsi Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi Bilim, ko'nikma, malakalarni mustahkamlash darsi E) Takrorlash va umumlashriruvchi dars F) Nazorat-tekshiruv darsi G) Aralash tipdagi dars H) Olingan bilimlarni amaliyotga qo'llash darsi Dars uslubi: a) og'zaki b) yozma c) ko'rgazmali-amaliy Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi, aqliy hujum, muzyorar Darsning jihozi Darslik, ko`rgazma, kompyuter, test varaqlari, nazorat ishi variantlari DARSNING BORISHI: I.Tashkiliy qism: Psixologik iqlim yaratish;
Tuxum qo'yishi. Ko'klam kelib, kunlar isiy boshlashi bilan baqalar qishki karaxtlik holatidan chiqib, suv havzalari yaqinida oziq axtara boshlaydi. Urchish payti yaqinlashgan sayin erkak baqalarning baland ovoz bilan sayrashi avj oladi. Urg'ochi baqalar suvga tashlagan tuxumlariga erkak baqalar urug' suyuqlig'ini to'kib ketadi. Bitta baqa 5000 - 10 000 tagacha tuxum qo'yishi mumkin. Urug'langan tuxumning qobig'i bo'rtib, tiniq yopishqoq shilimshiq parda hosil qiladi. Tuxumning ustki qismi qoramtir tusda bo'lganidan quyosh nuri ta"sirida yaxshi isiydi. Tuxumlar suv yuzasida to'p-to'p bo'lib qalqib yuradi. Rivojlanishi. Urug'langan tuxumdan lichinka (itbaliq) rivojlanib chiqadi (74-rasm). Itbaliqning ko'rinishi mayda bahqchaga o'xshaydi. Uning uzun va keng dumi, ikki уonida joylashgan ikki tutam tashqi jabralari bo'ladi. Rivojiangan sayin tashqi jabralar halqum devorida joylashgan ichki jabralar bilan almashinadi. Itbaliqning yuragi ikki kamerali, qon aylanish sistemasi ham bitta doiradan iborat. Tanasining ikki yonida yon chiziqlari bo'ladi. Tuxumdan chiqqan itbaliq dastlab tuxumdan qolgan oziq moddalar hisobiga yashaydi. Keyinroq u mayda suv o'tlari, bir hujayrali hayvonlar va suv o'tlari sirtiga yopishgan turli mikroorganizmlar bilan oziqlana boshlaydi. Rivojlanish davomida dastlab uning orqa oyoqlari, so'ngra oldingi oyoqlari paydo bo'ladi; jabrasi o'pka bilan almashinadi. Qon aylanish sistemasi organlari ham qayta quriladi. Yosh baqa suv yuzasiga ko'tarilib, atmosfera havosi bilan nafas ola boshlaydi. Dumi asta-sekin yo'qolib ketishi bilan itbaliq yosh baqaga aylanadi va quruqlikka chiqadi. Yosh baqalar uch yildan keyingina voyaga yetadi va urchiy boshlaydi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling