Fan: Biologiya Sinf 9 Sana


Yashash muhiti va tashqi tuzilishi


Download 1.48 Mb.
bet28/43
Sana08.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1443784
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
Bog'liq
Fan zoologiya 7

Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Ildam kaltakesak O'rta Osiyoning cho'l va tog'oldi mintaqalarida tarqalgan. Terisi kulrang yoki yashil-kulrang tusda boiganligitufayli uni o'tlar orasida yirtqich hayvonlar yaxshi payqamaydi. Ular juft-juft bo'lib yashaydi, turli hasharotlar bilan oziqlanadi.
Ildam kaltakesakning uzunligi dumi bilan birga 15 - 20 sm ga yetadi. Konussimon boshi harakatchan, qisqa bo'yni orqali tanasiga birikkan. Tumshug'ining uchida ikkita burun teshigi, undan orqaroqda - boshining ikki yonida ko'zlari joylashgan (75-rasm). Ko'zida yuqori va pastki qovoqlari bilan birga yupqa pardaga o'xshash pirpiraydigan uchinchi qovog'i ham bo'ladi. Dam-badam ochilib va yopilib turadigan bu uchinchi qovoq kaltakesak ko'zini doimo namlab turadi. Ko'zlaridan orqaroqda joylashgan doirasimon nog'ora parda tashqi quloq hisoblanadi. Kaltakesak juda yaxshi eshitadi. Hatto hasharotlar o'rmalayotganda chiqadigan tovushni ham sezadi. Kaltakesakning tili - tuyg'u organi: u uzun ayri tilini tez-tez chiqarib, atrofidagi narsalarni bilib oladiKaltakesakning oyoqlarida 5 tadan panjasi bo'ladi. Oyoqlar tanaga ikki yon tomondan birikkan bo'lganidan tanasini dast ko'tarib turmaydi. Shuning uchun harakatlanayotgan kaltakesakning qorni yerda sudraladi; dumi yurishga yordam beradi.
Kaltakesakning quruq terisi muguz tangachalar bilan qoplangan. Tangachalar kaltakesak tumshug'i va qornining ostida yirik qalqonsimon plastinkalarni, barmoqlari uchida esa o'tkir muguz tirnoqlarni hosil qiladi. Bunday qalin muguzli teri hayvonning o'sishiga xalaqit beradi. Shuning uchun barcha sudralib yuruvchilar singari kaltakesaklar ham faqat tullash davrida o'sadi. Yoz mavsumida kaltakesak 4-5 marta tullaydi. Tullaganida uning eski terisi parcha-parcha bo'lib ko'chib tushib, o'rniga yangisi hosil bo'ladi. Kaltakesak tanasi yangi teri qotguncha o'saveradi.
Ichki tuzilishi. Kaltakesakning ichki tuzilishi ko'p jihatdan baqanikiga o'xshasa-da, ayrim organlari undan farq qiladi. Xususan. uning boshi 8 ta umurtqalar orqali tanasiga harakatchan birikkan. Ko'krak umurtqalarining har biriga ikki yon tomondan bittadan qovurg'alar tutashgan. Qovurg'alarning ikkinchi uchi esa to'sh suyagiga tutashgan. Ko'krak umurtqalari, qovurg'alar va to'sh suyagi birgalikda ko'krak qafasini hosil qiladi. Ko'krak qafasida o'pka va yurak joylashganKaltakesak faqat o'pkasi orqali nafas oladi. Kaltakesakning o'pkasi baqanikiga nisbatan murakkab tuzilgan, ya'ni o'pka devori ko'plab katakchalarga bo'lingan. Shu tufayli o'pkaning gaz almashinadigan yuzasi ancha kengaygan.
Kaltakesaklarning yuragi baqaniki singari ikkita bo'lma va bitta qorinchadan iborat, lekin birmuncha murakkab tuzilganligi bilan suvda hamda quruqJikda yashovchilarnikidan farq qiladi. Shunga qaramay, ular organizmida moddalar almashinuvi sust boradi. Kaltakesaklar sovuqqonli hayvonlar bo'lganidan tanasining harorati atrof-muhit haroratiga bog'liq. Shunga ko'ra sovuq tushishi bilan ularning harakati sustlashib, hamma sudralib yuruvchilar singari karaxt bo'lib qoladi.
Kaltakesakning hazm qilish, ayirish va nerv sistemasining tuzilishi suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikiga o'xshaydi. Lekin tana muvozanatini saqlaydigan va harakatini boshqaradigan miyachasi ancha kuchli rivojiangan. Shuning uchun kaltakesaklar suvda hamda quruqlikda yashovchilarga nisbatan chaqqon va xilma-xil harakat qiladi.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling