Fan: Biologiya Sinf 9 Sana


Fan: Zoologiya Sinf 7 Sana


Download 1.48 Mb.
bet31/43
Sana08.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1443784
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
Bog'liq
Fan zoologiya 7

Fan: Zoologiya Sinf 7 Sana
DARS № 45
Darsning mavzusi: Toshbaqalar va timsohlar turkumlari
Darsning maqsadlari:
A) Ta`limiy: O`quvchilarga Toshbaqalar va timsohlar turkumlari haqida tushunchalar berish.
B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat,ajdodlarga sadoqat ruhida tarbiyalash
V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarga mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Dars turi: A) kirish darsi
B)boshlang'ich materiallar bilan tanishish darsi
C)Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi
D)Bilim, ko'nikma, malakalarni mustahkamlash darsi
E) Takrorlash va umumlashriruvchi dars
F) Nazorat-tekshiruv darsi
G) Aralash tipdagi dars
H) Olingan bilimlarni amaliyotga qo'llash darsi
Dars uslubi: a) og'zaki b) yozma c) ko'rgazmali-amaliy
Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi, aqliy hujum, muzyorar
Darsning jihozi Darslik, ko`rgazma, kompyuter, test varaqlari, nazorat ishi variantlari
DARSNING BORISHI:
I.Tashkiliy qism: Psixologik iqlim yaratish;



Reja asosida dars bosqichlari

Saflangan vaqt

1

Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish

10 min

2

Yangi darsning borishi:

20 min

3

Dars samarasi haqida o'quvchilar bilan suhbatlashish

10 min

4

Uyga vazifa berish, xayrlashish

5 min

Toshbaqalar. Toshbaqalar tanasi orqa va qorin tomondan suyak hamda muguzdan iborat mustahkam kosa - qalqon bilan qoplangan. Kosa qovurg'alar, umurtqalar va o'mrov suyaklari bilan tutashgan. Biron xavf tug'ilganida toshbaqa boshi, oyoqlari va dumini kosasi ichiga tortib oladi. Toshbaqaning bo'yni uzun, boshi juda harakatchan bo'ladi. Tili yo'g'on va go'shtdor, tishlari rivojlanmagan, jag'lari shoxsimon plastinkalar bilan qoplangan. Ko'zi va hid bilish organlari yaxshi rivojlangan. Umurtqa pog'onasida bo'yin va dum umurtqalari o'zaro harakatchan, boshqa umurtqalari orqa kosasi bilan harakatsiz birikkanKo'pchilik toshbaqalar quruqlikda. ayrim turlari suv havzalarida hayot kechiradi. Chuchuk suvda hayot kechirishga moslashgan turlarining barmoqlari orasida suzgich pardasi bo'ladi. Dengiz toshbaqalarining oyoqlari eshkak vazifasini o'tadi Mamlakatimizning cho'l va adirlarida O'rta Osiyo toshbaqasi keng tarqalgan. Toshbaqa yovvoyi o'simliklar maysalari bilan oziqlanadi. Ba'zan bug'doy va beda maysalarini yeb, birmuncha ziyon keltiradi. Jazirama yoz boshlanishi bilan adirlarda toshbaqaga oziq bo'ladigan o'simliklar qovjirab qoladi. Toshbaqa esa kuz kirgunicha uyquga ketadi. Kech kuzda havo soviy boshlagach, u pana joylarga bekinib olib, qishki uyquga kiradi.
Yevropaning janubida botqoq toshbaqasi uchraydi. Toshbaqa yaxshi suzadi va sho'ng'iydi; suvda uchraydigan umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Uzoq Sharq suv havzalarida yashaydigan terili toshbaqaning kosasi bo'lmaydi.
Tropik dengizlarda hayot kechiradigan dengiz toshbaqasi juda yirik, og'irligi 300 kg dan oshadi. Toshbaqa eshkaksimon oyoqlari yordamida suvda suzadi; faqat tuxum qo'yish uchun qirg'oqqa chiqadi.
Timsohlar turkumi. Timsohlar bahaybat kaltakesaklarga o'xshaydi. Tanasining uzunligi 7 m gacha boradi Terisi orqa tomondan juda qalin qalqonlar bilan qoplangan; orqa oyoqlari barmoqlari orasiga parda tortilgan va ikki yondan siqilgan kuchli uzun dumi yordamida suzadi va sho'ng'iydi. Timsohlarning eng yirigi Nil timsohining uzunligi 7 m ga yetadi. Amerika qit'asida tarqalgan alligatorlar va Hindiston gaviallarining uzunligi 6,5 m gacha bo'ladi.
Timsohlar - yirtqich hayvonlar. Ularning ko'zlari va burun teshiklari boshi ustidagi maxsus bo'rtiqchalarda joylashgan. Suvda suzayotgan timsohning burun teshiklari va ko'zlari suvdan tashqariga chiqib turadi. Shu holatda timsoh suvga yaqinlashayotganyirik hayvonlarni bemalol kuzatib turadi va sezdirmasdan yaqinlashib ularni tutib oladi. Urg'ochi timsoh qirg'oqqa chiqib, o'zi qazigan chuqurga o'nlab tuxum qo'yadi va ko'pincha tuxumlarini qo'riqlaydi. Tuxumdan chiqqan bolalarini suvga olib boradi. Timsohlar boshqa sudralib yuruvchilarga nisbatan murakkab tuzilgan. Ularning o'pka bo'shlig'i to'siqlar bilan ko'plab kameralarga bo'lingan, yuragi esa to'rt kamerali. Lekin vena va arteriya qoni yurakdan chiqqandan so'ng aralashib ketadi.
Timsohlar terisi yuqori baholanadi. Terisidan chiroyli portfel, sumka va oyoq kiyimlari tikiladi. Ayrim mamlakatlarda. masalan. Kubada timsohlar maxsus hovuzlarda ko'paytiriladi.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling