" Tasdiqlayman " O`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari


Qiziqishlar maqsadiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?


Download 66.31 Kb.
bet7/24
Sana09.01.2022
Hajmi66.31 Kb.
#264458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
зыш-3

16. Qiziqishlar maqsadiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

a) keng va tor;

b) bevosita va bilvosita;

c) ijtimoiy-siyosiy, intellektual, estetik, sport;

d) barqaror va beqaror.

YANGI MAVZU BAYONI:

«Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o‘rganadigan barcha tarmoqlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson psixologiyasi bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi shaxsning jamiyat bilan aloqasini chetlab o‘tolmagan. Abu Nasr Farobiy, A. Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab sharq allomalari ham bu o‘zaro bog‘liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga o‘zlarining eng durdona asarlarini bag‘ishlagan. Har bir odam konkret shaxs sifatida odamlar qurshovida yashaydi, ma’lum guruh yoki jamoa qurshovida bo‘ladi. Guruh va jamoalar doim o‘zgarib turadi. Shaxs esa ana shu o‘zgarishlarga moslashib shu guruhdagi murakkab munosabatlarga kirishishi kerak. Shaxs ijtimoiy mavjudot bo‘lib odamlardan alohida yashay olmaydi. Odam bolasi individ sifatida dunyoga keladi, o‘z hayotini davom ettirish uchun tug‘ma, shartsiz reflekslarga, nerv sistemasining tiplariga ega bo‘ladi. Keyinchalik shu reflekslar asosida ma’lum munosabatlarga kirisha boshlaydi. Biz katta yoshdagi odamni ham, chaqaloqni ham, tilni va oddiy malakani egallay olmaydigan telbani ham individ deymiz. Individ qachonki jamiyatga foydasi tegadigan bo‘lib, odamlar bilan ongli munosabatda bo‘lgandagina shaxs bo‘la oladi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar yig‘indisidir. Odam bolasi tug‘ilishidanoq ma’lum biologik belgilarga ega bo‘lib, u ijtimoiy tajriba orttirish jarayonida shaxs bo‘lib shakllana boshlaydi.

Shaxs ma’lum jamiyatning a’zosi bo‘lib, shu jamiyat a’zolari bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishadigan konkret insondir. Kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy bo‘lgan, o‘z e’tiqodiga, qarashlariga, munosabatlariga, baholariga ega bo‘lgan subyekt shaxs deb ataladi. Odam ijtimoiy jamiyatda, konkret odamlar bilan ijtimoiy munosabatlar jarayonida shaxs sifatida tarkib topa boshlaydi. Har bir kishining shaxsi uning individualligini vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlar birikuvidan tarkib topadi. Individuallik kishining o‘ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir.

Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarida, odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda bilish jarayonlariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvurlar)da, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubida va hokazolarda namoyon bo‘ladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o‘zida mujassamlashtirgan inson shaxsi o‘z individualligi jihatidan betakrordir.

«Individ» va «shaxs» tushunchalari bir-biriga o‘xshash bo‘lmagani singari, o‘z navbatida, shaxs va individuallik ham birlikni tashkil etadi, lekin ular bir-biriga o‘xshash emasdir. Kishining katta sonlarni «ichida» juda tez qo‘sha olish va ko‘paytirishi kabi qobiliyati, epchilligi va qat’iyatliligi, o‘ychanligi va tirnoqlarini tishlash odati, bo‘lar-bo‘lmasga kulaverishi va boshqa xislatlari uning individualligi belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan: epchillik va qat’iylik o‘spirinning individualligi belgilari bo‘lib, jumladan, u sportda tuman birinchiligiga da’vogar komandaga qo‘shilmagunga qadar, uzoq daryodan kechib o‘tishini ta’minlash vazifasini o‘z zimmasiga olmagunga qadar uning shaxsini ta’riflaydigan belgi sifatida yuzaga chiqmasdan keladi. Kishining individual xususiyatlari ularga shaxs sifatida mazkur kishi subyekt hisoblangan shaxslararo munosabatlar sistemasida zarurat tug‘ilguncha ma’lum vaqtga qadar «soqov»ligicha qolib ketadi. Shunday qilib individuallik inson shaxsiga xos fazilatlarning faqat bitta jihati bo‘lib hisoblanadi, xolos. Aynan shu sababli ham, pedagog uchun ahamiyatli bo‘lgan bolalariga individual yondashishni amalga oshirish vazifasini ajratib ko‘rsatish kerak. Bu esa bolalarning psixologik xususiyatlarni hisobga olishni, yoki bolaning o‘z tengdoshlaridan nimasi bilan farq qilishi va shu munosabat bilan tarbiyaviy ishni qanday tashkil qilish kerakligini aniqlashini taqozo etadi. Bolalarning haqiqiy munosabatlar sistemasiga kiradigan shaxsi hamisha pedagogning diqqat markazida turishi, o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish pedagogning doimiy vazifasi bo‘lib qolishi kerak.


Download 66.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling