" toshkent davlat transport universiteti " kafedra: tyet yozgi amaliyot hisoboti Bajardi


Download 106.51 Kb.
bet3/19
Sana05.01.2022
Hajmi106.51 Kb.
#227044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
YOZGI AMALIYOT

QOIDADA QABUL QILINGAN TERMINLAR

Terminlar

Tushunchasi (mazmuni)

Brigada (naryad yoki farmoyish bilan)

Tarkibnda ish bajaruvchi yoki nazorat qiluvchini qo’shib hisoblaganda 2 va undan ko’p a’zolari bo’lgan brigada.

Elektr uzatish tarmog’i

Ochiq havoda joylashgan simlar orqali elektr energiya yuboriladigan va izolyatorlar va armaturalar yordamida ustunlarga yoki kronshteyn va tayanchlar yordamida inshootlarga (ko’prik, imorat va hokazolarga) mustahkamlangan uskuna.

Elektr uzatish tarmog’ini boshlanishi va oxiri deb, tarmoq partali yoki taqsimlovchi uskunaga knruvchi qismi hisoblanadi. Shaxobchalar uchun esa shaxobchaga ajralgan yerdagi ustun va tarmoq portali yoki taqsimlovchi uskunaga kiruvchi qnsmi

Bunda portaldaga havo elektr uzatish tarmog’i tomog’idagi portalga osilgan nzolyatorlar, hamda simlar mahkamlangan qisqichlar havo elektr uzatiщ tarmogiga qarashlndir.

Ushbu portaldan podstansayadagi taqsimlovchya uskunalar tomoniga tortilgan osma izolya-torlar, boshqa portallar orasidan tortilgan sim, havo elektr uzatish tarmogi simidaga har xil uskunalarga (o’chirish-yoqish apparatlariga, razryadniklarga, aloqa kondensatorlariga va ho-kazolarga) tushgan simlar, hamda yuqori chastotali zagraditellar havo elektr uzatish tarmo­g’iga qirmaydi.



Kuchlanish ta’siri doirasidagi elektr uzatish tarmog’i

110 kV va undan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarinpng o’q chizig’idan:

110 kV kuchlanishli havo elektr uzatnsh tarmogi uchun , . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 100 - 150,

220 kV. . . . . . . . . . . 150

330-500 kV . . . . . . . 200

750-1150 kV. . . . . . . 250

metr masofada, umumiy uzunligi ba’zi joylarda 2 kilometrdan kam bo’lmagan yoki bor uzunligi bo’yicha o’tadigan havo elektr uzatish va aloqa tarmoqlari kuchlanish ta’siri doirasidagi tarmoqlarga kiradi,



Ikkilamchi (yordamchi) zanjir

Elektrostansiyalardaga (podstansiyalardagi) asboblar va boshqaruv, avtomatika, o’lchov, himoya va signalizasiya uskunalarini bir-biriga bog’lovchi simlar va qisqichlar qatori yig’indisi

«Zarur», «shart», «kerak»

Ushbu Qoida talabini bajarilishi majburiyligini bildiradi.

«Mumkin» «ruxsat etiladi»

Ushbu Qoida talabini mahalliy sharoitga qarab istisno sifatida majburan (noilojlikdan) qullanilishini bildiradi.

Birinchi ijozat

Naryad yoki farmoyish bilan bajarnladigan ishga birinchi bor ruxsat berish.

Qayta ijozat

Ushbu naryad bilan avvaldan bajariladigav ishni davom ettnrish uchun ish joyiga ijozat berish.

Elektr maydonini ta’sir doirasi

Elektr maydonini kuchlanganligi 5 kV/m dan ko’p bo’lgan ochiq maydon.

Ekranlash maydoni

Elektr maydonini kuchlanganligi 5 kV/m dan kam bo’lgan elektr maydoni ta’sir chegarasi yaqinidagi maydonda joylangan bino va inshootlar, hamda yega ulangan metall konstruksiyalar, uskuna poydevorlari, transfor-matorlar va yirik gabaritli inshootlar joylashgan maydon

Kommutasion apparatlar

Elektr zanjirlarini bir-biriga ulash-uzish va o’zi orqali tok o’tkazish uchun mo’ljallangan elektr apparatlari (o’chirgich, quvvat o’chirgichi, uztich, ajratgich, avtomat, paketli o’chirgich, saqlagich va hokazolar}.

Yuk ko’tarish mashinalari

«Yuk ko’tarish kranlarining tuzilishini va xavfsiz eks­pluatasiya qilish qoidalari»ga taalluqli bo’lgan barcha turdagi kranlar, kran-ekskavatorlar (ishlarni po’lat arqonga osilgan ilgaklar yordamida bajaradigan ekskavatorlar), tallar, yuk va odam ko’taruvchi lebedkalar,

Mexaiizmlar

Gidravlik ko’targichlar, teleskopik minoralar, ekskavatorlar, traktorlar, avtoyuklagichlar, burg’ulash-kran mashinalari, mexanik privod yordamida uzaytirish yoki qisqartarish mumkin bo’lgan narvonlar va hokazolar.

Mexanik qulf

Bandli maxsus va oddny kalit bilan ochiladigan va berkitiladigan qulflar.

Buzilmagan elektr maydoning kuchlanganligi

Ish jarayonip mobaynida odam bo’lishi mumkin bo’lgan maydonda aniqlanadigan odamlar bo’li-shining ta’siridan o’zgarilmagan elektr maydonining kuchlanganligi.

Naryad-ijozat (naryad)

Ishni xavfsiz bajarish uchun javobgar shaxslarni, bri­gada tarkibini, yetarli darajada belgilangan xavfsizlik choralarini, uning boshlanishi va tamomlash vaqtlarini, ish mazmunini belgilovchi rasmiy maxsus blankada tuzilgan farmoyish.

Havo elektr uzatish va aloqa tarmoqlarini qo’riqlash maydoni

1. Havo elektr uzatish tarmoq bo’ylab, ularning ishlab turgan holatida, eng chetda joylashtan simlari chegarasidan:

1 kV kuchlanishgacha bo’ltan havo elektr uzatish va aloqa tarmoqlari uchun . . . 2

1-20 kV kuchlanishli havo elektr tarmoqlari uchun . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 10

35 kV kuchlanishli havo elektr tarmoqlari

uchun . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 15

110 kV kuchlanishli havo elektr tarmoqlari

uchun . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 20
150-220 kV kuchlanishli havo elektr tarmoqlari uchun . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 25

330, 500, ±400 kV kuchlanishli havo elektr tarmoqlari uchun . . . . . . . . . . 30

750 kV kuchlanishli havo elektr tarmoqlari

uchun . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 40


1150 kV kuchlanishli havo elektr tarmoqlari uchun. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 55

metr vertikal tekislikdagi masofada, tarmoqning ikkala tomoni bo’ylab, qo’riqlanadigan yer va havo bo’shlig’i sifatidagi maydon.

2. Kemalar qatnovchi suv havzalari (daryolar, kanallar, ko’llar va hokazolar) ustidan o’tgan havo tarmoqlari uchuv ikkala tomondan havo bo’shlig’i bo’yyacha — 100 metrdan masofadagi maydon, kemalar qatnaydigan suv havzalari uchun esa quruqlikdan o’tadigan havo elektr tarmoqla-ri uchun qabul qilingan verti­kal tekislikdagi masofalar maydoni belgilanadi.


Kabelli elektr uzatnsh tarmoqlari va kabelli aloqa tarmoqlarini qo’riq maydoni

1. Qo’riq maydoni deb, er ostida joylashgan tarmoqlarning eng chetdagi kabelndan ikki to­monga kabelli elektr uzatish tarmoqlari uchun 1 metrdan kabelli aloqa tarmoqlari uchun 2 metrdan vertikal tekislikdagi masofa belilanadi.

2. Suv havzalari ostidan o’tgan kabel tarmoqlari uchuv suv sathi va suv tubi oralig’i bo’yicha suv maydoniding kabelli elektr uzatish tarmog’i va kabelli aloqa tarmog’i bo’ylab, verti­kal tekislik chegarasida, eng chetdagi kabelniig ikkala tomonidak 100 metrdan nariga joylashgan qismi qabul qilinadi.



Ma’muriy-texnik xodim

Rayon energetikalari (birlashmalari), korxonalari, sexlari, laboratoriyalari, elektr tarmoqlari tumana va uchastkalari rahbarlarya, bo’lim va xizmat boshliqlari, ularning muovinlari hamda mamuriy vazifalar yuklatilgan muxandis, texnik va ustalar.

Navbatchi xodim (navbatchi)

Smenada navbatchilik qilayotgan va tezkor boshqaruv va tezkor o’chirish-yoqishiga ruxsat etilgan xodimlar: dispetcherlar, navbatchi muxandis va texniklar, smena boshliqlari, uyda navbatchilik qiluvchi va boshqaruv shchntlari navbatchilari, tezkor harakatdagi brigada a’zolari, Ushbu Qoida matnda yuqoridagi xodimlarni ajratish talab qilinmasa, «navbatchi» termini ishlatiladi.

Tezkor-ta’mirlovchi xodim

Biriktirilgan elektr qurilmalari hajmida tezkor xizmat ko’rsatish maqsadida tayyorlab, maxsus o’rtatilgan ta’mirlovchi xodim,

Ta’mirlovchi xodim

Elektrostansiya, podstansiyalar, kabelli va havo elektr uzatish tarmoqdari, kaballi va havo aloqa tarmoqlari, rele himoyasig avtomatika, o’lchov asboblarida, izolyasiya va momaqaldiroqdan himoya qiluvchi vositalarda, dispetcherlik va texpologik boshqaruv vositalarida ekspluatasion-ta’mnrlash xizmatlari bilan shug’ullanuvchn muxandislar, texniklar, ustalar ishchilar, elektrolaboratoriya xodimlar.

Ish joyini tayyorlash

Ish joyida ishni xavfsiz bajarishni ta’minlash uchun bajarilgan texnik tadbirlar.

Qo’shilma

Elektrostansiya, podstansiya va hokazolar chegarasida joylashgan, taqsimlovchi uskunaga, generatorlarga, shchitlarga, yig’imlarga ulangan kuchlanishi, nomi va maqsadi bir bo’lgan elektr zanjiri (uskuna va shinalar) bir qo’shilma hisoblanadi. O’ramlarining sonidan qat’iy iazar har xil kuchlanishli bir transformatorga, ikkita tezlikda ishlovchi elektrodvigatelga ulangan elektr zanjiri har bir qo’shilma deb hisoblanadi

Ko’p burchakln, biryarim va hokazo burchakli sxemalar orqali ulangan transformatorda , tar-moqda ushbu tarmoqni yoki transformatorni taqsimlovchi qurilmaga bevosita ulaydigan barcha kommutasion apparatlar va shinalar qushilmaga taaluqlidir.



Kuchlanish ostida ishlash

Ishchi kuchlanishi ostida bo’lgan tok o’tkazuvchp qnsmlarga tegib bajariladigan yoki ushbu tok o’tkazuvchi qismlargacha belgilangandan kam masofaga yaqinlashib bajariladigan ishlar.

Balandlikda bajariladigan ishlar

Ishchi tushalma, tom yoki er yuzasidan 5 metr va undan yuqori balandlikda montaj moslamalari bilan yoki bevosita kon­struksiya qismlaridan, uskunalarda, mashina va mexanizmlarda turib bajariladigan ishlar, Bunaday hollarda ish jarayonining barcha lahzalarida va joydan-joyga o’tishda ishchini balandlikdan yiqilishdan asraydigan yagona vosita bo’lib hnmoya kamari xizmat qiladi

Ish joyi*

Elektr uskunasining bir qismida xodimlarni kirib ish bajarishlarnga ijozat berilgan joy

Farmoyish

Ishni xavfsiz bajarish uchun uning mazmunini, ish joyini, vaqtini, xavfsizlik choralarini (kerak bo’lgan taqdirda) va nshni bajarish topshirilgan shaxslarni aniqlovchi og’zaki topshiriq.

Korxona rahbari

Direktor va uning muovinlari

Tok o’tkazuvchi qism

Mo’tadil kuchlanish ostida turgan elektr uskunalarn qismi.

Tok o’tkazmaydigan qism

Avariya rejimi natijasida kuchlanish ostida bo’lishi xavfi yuzaga keluvchi elektr uskuna

Elektr uskuna

Elektr energiyasini hosil qiluvchi, kuchlanshini o’zgartiruvchi, uzatuvchi, taqsimlovchi va iste’mol qiluvchi uskunalar |GOST 19431-74)

Mahalliy navbatchisiz elektr uskuna

Tezkor-harakatdagi brigada yoki tezkor-ta’mirlash xodimlari tomonidan qarab turiladigan havo va kabel elektr uzatish tarmoqari hamda elektr uskunalar.

Ishlab turgan elektr uskuna

Kuchlanish ostida bo’lgan yoki kommutasion apparatni ulash bilan kuchlanish berish mumkin bo’lgan elektr uskunalari yoki uning uchastkalari

1000 Voltdan** past va yuqori kuchlanishli elektr uskunalari

Kuchlanishi 1000 Voltdan past va yuqori bo’lgan elektr uskunalarn (ishlab turgan elektr uskunalarini amaldagi kuchlanishining qiymatiga qarab).

Sodda va aniq, chizmali elektr uskuna

Bir seksiyali va seksiyalarga ajratilmagan shinalar tizimi bo’lgan 1000 Voltdan yuqori kuchlanishli, aylanma shinalar tizimi bo’lmagan taqsimlovchi elektr uskunalari hamma havo elektr uzatish va kabel elektr ueatish tarmoqlari, 1000 Voltdan past kuchlanishli hamma elektr uskunalari,

* Faqat naryad hamda farmoyish bilan bajariladigan ishlarga

** Ushbu Qoidadagi 1000 voltdan past kuchlanishli ko’rsatgich, kuchlanishi 42 Voltdan yuqorp bo’lgan elektr uskunalariga ta’lluqli.




Download 106.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling