“ tt va kt “ fakulteti iii-bosqich akt 11-20 guruh talabasining


Glossariy (asosiy atamalar)


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1547795
1   2   3   4   5
Bog'liq
Azamatov Azizbek5-mustaqil ish

Glossariy (asosiy atamalar) 
Jarayonlarni boshqarish bloki (Process Control Block – 
PCB) – jarayonlarni boshqarish uchun OT ishlatadigan 
tizimli ma’lumotlar strukturasi. 
Bajarilishga 
tayyor 
(ready) 
– bajarilishi uchun 
protsessor resurslarining ajratilishini kutib turgan jarayon 
holati. 
Rejalashtirish – operatsion tizim rejalashtiruvchisi 
tomonidan 
protsessor 
kvant 
vaqtlarini 
ketma-ket 
taqsimlash. 


Uzoq muddatli rejalashtiruvchi (topshiriqlarni 
rejalashtirish) – qaysi jarayonlar tayyor jarayonlar


navbatiga 
joylashtirilishini 
aniqlovchi 
OT 
rejalashtiruvchisi. 
Ruxsat berilgan (admitted) - tizimga qabul qilinganidan 
keyin OT dan oladigan jarayonning holati (barcha 
jarayonlar navbatiga kiritilgan). 
Yakunlangan (terminated) – uni bajaradigan dasturning 
yakunlanishidagi jarayon holati. 
Faollashtirish yozuvi (boshqa nomlar: activation record, 
stekli qism - stack frame, lokal ma'lumotlar maydoni - local 
data 
area) 
bu 
jarayonning 
joriy 
avlodi 
(ishga 
tushirilishi)ning lokal ma'lumotlarini saqlaydigan stekdagi 
xotira maydoni. 
Bajarilayotgan 
(running) 
– OT 
boshqaruvidagi 
kompyuter tizimi protsessorlarida yoki protsessorda 
komandalari bajarilayotgan jarayon holati. 
Jarayonlarni kaskad usulida yakunlash - ota-jarayoni 
yakunlanganda yoki yo'q qilinganda qismjarayonlarini 
avtomatik ravishda yo'q qilish qoidasini rekursiv ravishda 
qo'llash natijasida jarayonlarni guruhli ravishda yakunlash. 
Qisqa muddatli rejalashtiruvchi (protsessorni 
rejalashtiruvchi) – keyin qaysi jarayon bajarilishi zarurligi 
va qaysi jarayon protsessorga taqdim etilishini aniqlovchi 
OT rejalashtiruvchisi. 
Yangi (yaratilgan - new) – operatsion tizim tomonidan 
yaratilgan, lekin hali bajarilishni boshlamagan jarayon 
holati. 
Kutayotgan (waiting) – qandaydir hodisa sodir 
bo’lishini kutayotgan jarayon holati, masalan, kiritish-
chiqarishning tugashini kutish. Kutish holatidagi jarayon 
protsessorni band qilmaydi.


Kiritish-chiqarishga 
yo’naltirilgan 
(I/O-bound) – 
hisoblashlarga nisbatan kiritish-chiqarishga ko’p vaqt 
yo’qotadigan jarayonlar. 
Protsessorni ishlatishga yo’naltirilgan (CPU-bound) – 
asosiy vaqtini hisoblashlarga sarflaydigan jarayonlar. 
Kiritish-chiqarishni kutayotgan jarayonlar navbati 
(device queues) – kiritish-chiqarish qurilmalari ishi 
natijasini kutib turuvchi jarayonlar to’plami (har bir 
qurilma o’zining navbatini tashkil qiladi). 
Tayyor jarayonlar navbati (ready queue) – asosiy 
xotiradagi barcha bajarilishga tayyor bo'lgan jarayonlar 
to'plamini o'z ichiga oladi va o’zgartiriladigan navbat. 
Topshiriqlar navbati (job queue) – tizimdagi barcha 
jarayonlar to’plamini saqlaydi.. 
Kontekstni almashtirish (context switch)– protsessor 
boshqa jarayonga almashganda, tizim, oldingi jarayoning 
holatini saqlab qolgan holda, yangi jarayon uchun 
saqlangan holatni yuklab olishi. 
Rejalashtiruvchi 
(scheduler) 

jarayonlarni 
rejalashtirilgan va tayyor holatdan ishlaydigan holatga 
o'tkazadigan OS komponentasi. 
Chiqarish (diskka) va joylashtirish 
(xotiraga)ni 
rejalashtiruvchi – qaysi foydalanuvchi jarayonlari xotiraga 
yuklanishi yoki diskka chiqarilishi zarurligini aniqlaydigan 
OT rejalashtiruvchisi. 
 
 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling