“ Umumta’lim maktablarida O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitishda
Download 44.3 Kb. Pdf ko'rish
|
jYQW1JDkhpz8z5JXhNUBISpplE9CShRy7EOC5wk3
- Bu sahifa navigatsiya:
- (ziyonet.uz) va xorijiy akademik ma’lumotlar bazasidan (academia.edu) foydalanish” mavzusida ma’ruza matni Ma’ruzaсhi
- 4-Mavzu:Fanni umumta’lim maktablarida o‘qitishda mahalliy ijtimoiy tarmoq (ziyonet.uz) va xorijiy akademik ma’lumotlar bazasidan (academia.edu) foydalanish.
- Fanlarni o‘qitishda internet tarmoqlarining ahamiyati
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari moduli bo‘yicha “ Umumta’lim maktablarida O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitishda yangicha yondashuvlar ” o‘quv kursining “Fanni umumta’lim maktablarida o‘qitishda mahalliy ijtimoiy tarmoq (ziyonet.uz) va xorijiy akademik ma’lumotlar bazasidan (academia.edu) foydalanish” mavzusida ma’ruza matni Ma’ruzaсhi: PhD Askarov M.M. Toshkent-2022 2 4-Mavzu:Fanni umumta’lim maktablarida o‘qitishda mahalliy ijtimoiy tarmoq (ziyonet.uz) va xorijiy akademik ma’lumotlar bazasidan (academia.edu) foydalanish. Reja: 1. Fanlarni o‘qitishda internet tarmoqlarining ahamiyati 2. Mahalliy ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish 3. Xorijiy ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish Fanlarni o‘qitishda internet tarmoqlarining ahamiyati. Zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga, ularda mustaqil o‘qib-o‘rganish, izlanish, axborotlar yig‘ish, ularni saralash, umumlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni talab etadi. Aynan mana shu talablarni o‘quv jarayonida tadqiqotlar yoki tadqiqotlar texnologiyasidan foydalangan holda bajarish mumkin.Tarix darslarida tadqiqotlar texnologiyasidan foydalanish juda keng doiradagi manbalar bilan ishlashni taqozo etadi. Barcha kerakli manbalarni Axborot-resurs markazi kutubxonasidan topib bo‘lmaydi. Bunday holatlarda o‘qituvchi va o‘quvchilarga axborot-kommunikatsion texnologiyalar, xususan global internet tarmog‘i yordamga keladi. Axborot kommunikativ texnologiyalari avvalboshdan turli xil axborot mahsulotlarini yaratishga qaratilgan bo‘lib, foydalanuvchi bu jarayonda o‘zining ijodiy potensialini to‘liq namoyon eta oladi. Interrnet undan foydalanuvchilar uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Internet birinchi navbatda axborot tarmog‘idir. Katta hajmdagi axborotlar ichidan kerakli ma’lumotlarni topishda maxsus Internet qidiruv tizimlari ta’lim sohasida o‘qituvchi uchun ham o‘quvchi uchun ham birday qulaydir. Internet – insoniyat tafakkuri mahsuli. Ish stolimizda turgan kompyuterga shunchaki elektron qurilma sifatida qaray olmaymiz. Internet axborot olish, almashish va uzatishning eng samarali, qulay vositasidir. Uning multimediya (tasvir, ovoz, matn) xizmati va boshqa qator qulayliklari insoniyatni virtual olamga ohanrabodek tortmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021- yil dunyo bo‘yicha internetdan foydalanuvchilar salkam 1 milliard 734 million nafarga yetgan. Vaholanki, 2000 yilda global tarmoqdan 361 millionga yaqin odam foydalangan. Yana to‘qqiz-o‘n yildan keyin bu raqamlar yana necha million nafarga ortishini tasavvur qilish qiyin emas. Chunki taraqqiyot misli ko‘rilmagan shitob bilan ilgarilamoqda. O‘z tarkibiga elektron pochtani ham olgan butun dunyo tarmog‘i grafik va multimediyali tarkibli Web dan foydalanish imkoniyatini beradi. Internetda yana turli xil qidiruv tarmoqlari, o‘yinlar, yangiliklar, bahs-munozara olib borish uchun tarmoqlar mavjud. Virtual resurs markazi esa o‘z tarkibida doimiy ravishda 3 jahondagi yetakchi davlatlaridagi muzeylarning ekspozitsiya va ko‘rgazmalarini namoyish etib boradi. Uydan chiqmasdan, kutubxonalarga bormasdan Internetdan doimo turli yangi axborotlarni olish mumkin, chunki unda ulkan miqdorda pulli va bepul axborotlar va bilimlar to‘plami jamlangan. Internet yordamida ko‘pgina sirtqi kurslarga qatnashish, bahs-munozaralarda ishtirok etish va insoniyat faoliyatining xohlagan sohasi bo‘yicha axborot olish mumkin. Umumiy ta’lim maktablaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o‘qituvchi va o‘quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan: • axborot yig‘ishning yangi usullarini va ularni qo‘llash ko‘nikmasini Download 44.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling