“ Umumta’lim maktablarida O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitishda
ishlash; • O‘z yutuqlari bilan o‘rtoqlashish va feedback olish va b
Download 44.3 Kb. Pdf ko'rish
|
jYQW1JDkhpz8z5JXhNUBISpplE9CShRy7EOC5wk3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars va mavzuga doir so‘nggi ilm-fan yutuqlari bilan tanishish; • Dunyoning turli kutubxonalari va arxivlarda masofadan turib ishlash;
ishlash;
• O‘z yutuqlari bilan o‘rtoqlashish va feedback olish va b. Internetning o‘quvchi uchun qulay bo‘lgan omillari nimada? • Dars mashg‘uloti uchun Internet tarmog‘idan materiallar qidirish; • Turli ko‘rgazmali, audio va video ma’lumotlar olish; • Dars va mavzuga doir so‘nggi ilm-fan yutuqlari bilan tanishish; • Dunyoning turli kutubxonalari va arxivlarda masofadan turib ishlash; • O‘z yutuqlari bilan o‘rtoqlashish va fikr almashish; • Nazariy bilimni amaliy qo‘llashni o‘rganish; • Axborot texnologiyalari va vositalarida foydalanishni o‘rganish va b. O‘quvchilar ish davomida nafaqat Internetda mavjud axborotlardan foydalandilar, balki doimiy yangiliklardan xabardor bo‘lib boradilar. Ular tarmoqdan olingan ma’lumotlarni saralaydilar, bajarilayotgan loyiha uchun mos rasmlar, ovozli, videoli lavhalar tanlaydilar, berilgan axborotlarga munosabat bildiradilar va o‘zlarining ijod mahsullarini yaratadilar. Axborot texnologiya vositalari o‘quv-tarbiya jarayonining turli bosqichlarida: • o‘quvchilarga yangi o‘quv materiallarini taqdim etish bosqichida; • mavzu va ma’lumotlar ustida hamkorlikda ishlash orqali o‘quv materialini o‘zlashtirishda; • o‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash va mustahkamlashda; • mahalliy va xorijiy ta’lim tarmoqlaridan foydalanish ko‘nikmasini va mustaqil ishlash malakasini shakllantirishda; • o‘qitishda erishilgan natijalarni nazorat qilish va baholash bosqichida foydalanilishi mumkin. Tarix o‘qituvchisi internetning ta’limiy resurslaridan tarixiy manbalarni topish, ma’ruzalar, monografiyalar matnlari, turli xil uslubiy materiallar, gazeta va jurnal maqolalari, referatlar va boshqa manbalarni topishda foydalanishi mumkin. Bunda bugungi kunda davlatimizda faoliyat olib borayotgan ZiyoNet tarmog‘ining o‘rni beqiyosdir. ZIYONET jamoat axborot ta’lim tarmog‘i 2005 -yil 28- sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prazidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2005- yil 28- sentabrdagi 191-sonli qaroriga muvofiq tashkil topgan. Ziyonet axborot tarmog‘i yoshlarni, murabbiylarni, shuningdek aholining turli qatlamlarini kerakli axborot bilan ta’minlash, axborot texnologiyalari sohasida kerakli ma’lumotlarni berish, muloqot qilish va tajriba almashish uchun zarur imkoniyatlarni yaratib beradi. 5 Ushbu bosqichlarni amalga oshirishda mahalliy hamda xorijiy ta’lim tarmoqlari katta yordam beradi. Mahalliy tarmoqlar ichida eng katta, mashhur va bepul tarmoq bu – ziyonet.uz. Yana bir muhim xorijiy tarmoqlardan biri bu - academia.edu. Elektron kutubxonalar bu murakkab axborotlar tizimidir. Bunday kutubxonlar saytlarida ko‘pincha skaner qilingan kitoblar matnlari joylashtiriladi. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki Internet tarmog‘i bugungi kun ta’lim tizimining ajralmas qissmi hisoblanib u o‘qituvchi va o‘quvchiga cheksiz imkoniyatlar eshigini ochadi. Ammo, asosiy masala ushbu resursdan o‘quvchini to‘g‘ri va samarali foydalanishga o‘rgatishdir. Internet resurslaridan tarix darslarida foydalanish, o‘quvchilarda darsga bo‘lgan qiziqishni va dars samaradorligini oshiradi. Tadqiqotlar texnologiyasida loyihalarni bajarishning barcha bosqichlarida va loyihani taqdim etishda ham internet asosiy o‘rinda turadi. Umumiy xulosalar: – Axborot texnologiyalari bugungi kun ta’lim tizimining ajralmas qismidir. – Axborot texnologiyalaridan foydalanish barcha fanlarda dars samaradorligini oshirishning muhim mezoni hisoblanadi. – Tadqiqotlar texnologiyasi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda axborot texnologiyalarning ahamiyati kattadir. – Tarix o‘qituvchilari tomonidan Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint, Microsoft FrontPage, Microsoft Publisher, Adobe Photoshop va boshqa kompyuter dasturlari darslarda, tadqiqotlar texnologoyasi asosida turli loyihalarni bajarishda muvaffaqiyat bilan qo‘llanishi mumkin. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, zamonaviy ta’lim va axborot tarmoqlari, turli mahalliy hamda xorijiy elektron ta’lim portallaridan unumli foydalanish – ta’lim sifatini oshirishga, o‘qituvchi va o‘quvchilarni nazariy va amaliy bilim hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Download 44.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling