Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 365.4 Kb.
bet1/4
Sana07.02.2023
Hajmi365.4 Kb.
#1172951
  1   2   3   4
Bog'liq
mustaqil ish


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

2-kurs 902-21-guruh talabasi Moyliyeva Zuxraning “Ta’lim axborot texnologoyasi” fanidan “Multimedia va uning zamonaviy ta’minoti” mavzusida tayyorlagan



MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Multimedia va uning zamonaviy ta’minoti.
Reja:

  1. Multimedia tushunchasi, afzalliklari.

  2. Multimedia vositalari va ularning ahamiyati.

  3. Informatsion ta`minotda mul`timedia.

  4. Zamonaviy aloqa xizmatlarining xususiyatlari.


Multimedia tushunchasi, afzalliklari.
Multimedia, multi – kо‘p, media — muhit deb tarjima kilinadi. Multimedia, turli (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya, video) kо‘rinishdagi axborot bilan bog‘liq. Bunda ma’lumot turli axborot tashuvchilarida mavjud bо‘lishi mumkin (magnit va optik disklar).
Multimedia-texnologiyalarining asosiy maksadi – tovush, video, animatsiya va boshka vizual effektlar bilan ta’minlangan dasturiy maxsulotlarni yaratishdan iboratdir. Tovushlar va video elementlar bilan ishlash mul`timedia vositalari deb ataladigan maxsus texnik va uskunaviy qurilmalar bilan amalga oshiriladi. Bunday texnik vositalar bilan jihozlangan komp`yuter- mul`timedia- komp`yuter deb ataladi.
«Multimedia» atamasining asosiy ma`nosi mul`ti muhitni anglatadi. Ammo «mul`timedia» tushunchasining aniq ta`rifi ma`lum emas. Odatda, multimedia deganda turli shakldagi ma`lumotlarn qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Ayni vaqtda bu avvalo, tovushlar, vidio elementlarni qayta ishlovchi vositalardir. Shu bilan birga mul`tiplikasiya (animasiya) va yuqori sifatli grafika hollarida ham multimedia haqida gapirish mumkin. Kelajakda multimedia vositalari ma`lumotning boshqa turlari, masalan, virtual voqeilik bilan ishlash imkonini berishi ehtimoldan xoli emas.
Multimedia texnologiyalarining asosiy afzalliklari va xususiyatlariga quyidagilar kiradi: - bitta axborot tashuvchisida katta xajmli turli ma’lumotlarni saqlash imkoniyati ( 20 ta tomga yaqin matnlar, 2000 va undan xam kо‘p yuqori sifatli tasvirlar, 30 – 45 minutli videoyozuvlar, 7 soatga teng tovush ma’lumotlari);
- ekranda tasvirni yoki uning ayrim fragmentlarini kattalashtirish imkoniyati. ("lupa» rejimi). Tasvirni sifatini saqlab qolgan holda 20 marotabagacha kattalashtirish mumkin. Bu imkoniyatdan tarixiy xujjatlar va san’at asarlarini prezentatsiya qilganda foydalanish mumkin;
- tasvirlarni taqqoslash va turli dasturiy vositalar yordamida ularni qayta ishlash;
- matnlar yoki turli kо‘rgazmali materiallarda kerakli joylarni belgilash va ular yordamida boshqa tushuntiruvchi ma’lumotga ega bо‘lish (gipermedia va gipermatn texnologiyasi);
- Internet global tarmog‘iga ulanish imkoniyati. Multimedia vositalari apparat va dasturiy vositalarga bо‘linadi. Multimedia apparat vositalariga quyidagilar tegishli:
-audio (nutqli) va videokiritish va axborotni chiqarish qurilmalari;
- yuqorisifatli tovush va video platalar;
- videomagnitofon yoki videokameradan tasvirni о‘qiydigan va о‘sha ma’lumotlarni kompyuterga kiritadigan platalar;
- yuqori sifatli akustik va tasvirni qayta tiklaydigan tizimlar. Bu tizimlar kuchaytirgich, tovush kolonkalari, katta hajmli video ekranlar;
- skanerlar (chunki ular avtomatik ravishda kompyuterga terilgan matn va rasmlarni kiritish imkoniga ega);
- yuqori sifatli printer va plotterlar;
- proyektorlar;
- interaktiv doskalar; 2 ta guruxga bо‘linadi:
-multimedia amaliy dasturlar paketlari (multimedia-ensiklopediyalari, kompyuter uyinlari, audio va video pleyerlar)-maxsuslashtirilgan dasturiy vositalar
– bularga professional grafik muxarrirlar, 3D grafika muxarrirlari, tovush muxarrirlari tegishli.
Multimedia – bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatstiya effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko’rinishidir.


Download 365.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling