“ Umumta’lim maktablarida O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitishda


Download 44.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana11.11.2023
Hajmi44.3 Kb.
#1765877
  1   2   3   4
Bog'liq
jYQW1JDkhpz8z5JXhNUBISpplE9CShRy7EOC5wk3



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari  
moduli bo‘yicha 
 
 

Umumta’lim maktablarida O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitishda 
 yangicha yondashuvlar

 
 
o‘quv kursining
 
Fanni umumta’lim maktablarida o‘qitishda mahalliy ijtimoiy tarmoq 
(ziyonet.uz) va xorijiy akademik ma’lumotlar bazasidan (academia.edu) 
foydalanish” mavzusida ma’ruza matni 
 
 
Ma’ruzaсhi:
PhD Askarov M.M. 
Toshkent-2022



4-Mavzu:Fanni umumta’lim maktablarida o‘qitishda mahalliy ijtimoiy 
tarmoq (ziyonet.uz) va xorijiy akademik ma’lumotlar bazasidan 
(academia.edu) foydalanish. 
Reja: 
1. Fanlarni o‘qitishda internet tarmoqlarining ahamiyati 
2. Mahalliy ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish 
3. Xorijiy ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish 
 
Fanlarni o‘qitishda internet tarmoqlarining ahamiyati. Zamonaviy 
ta’lim tizimi o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga, ularda 
mustaqil 
o‘qib-o‘rganish, izlanish, axborotlar yig‘ish, ularni saralash, 
umumlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni talab etadi. Aynan mana shu 
talablarni o‘quv jarayonida tadqiqotlar yoki tadqiqotlar texnologiyasidan 
foydalangan holda bajarish mumkin.Tarix darslarida tadqiqotlar texnologiyasidan 
foydalanish juda keng doiradagi manbalar bilan ishlashni taqozo etadi. Barcha 
kerakli manbalarni Axborot-resurs markazi kutubxonasidan topib bo‘lmaydi.
Bunday holatlarda o‘qituvchi va o‘quvchilarga axborot-kommunikatsion 
texnologiyalar, xususan global internet tarmog‘i yordamga keladi. Axborot 
kommunikativ texnologiyalari avvalboshdan turli xil axborot mahsulotlarini 
yaratishga qaratilgan bo‘lib, foydalanuvchi bu jarayonda o‘zining ijodiy 
potensialini to‘liq namoyon eta oladi.
Interrnet undan foydalanuvchilar uchun katta imkoniyatlar yaratadi. 
Internet birinchi navbatda axborot tarmog‘idir. Katta hajmdagi axborotlar ichidan 
kerakli ma’lumotlarni topishda maxsus Internet qidiruv tizimlari ta’lim sohasida 
o‘qituvchi uchun ham o‘quvchi uchun ham birday qulaydir.
Internet – insoniyat tafakkuri mahsuli. Ish stolimizda turgan kompyuterga 
shunchaki elektron qurilma sifatida qaray olmaymiz. Internet axborot olish, 
almashish va uzatishning eng samarali, qulay vositasidir. Uning multimediya 
(tasvir, ovoz, matn) xizmati va boshqa qator qulayliklari insoniyatni virtual olamga 
ohanrabodek tortmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021- yil dunyo bo‘yicha 
internetdan foydalanuvchilar salkam 1 milliard 734 million nafarga yetgan. 
Vaholanki, 2000 yilda global tarmoqdan 361 millionga yaqin odam foydalangan. 
Yana to‘qqiz-o‘n yildan keyin bu raqamlar yana necha million nafarga ortishini 
tasavvur qilish qiyin emas. Chunki taraqqiyot misli ko‘rilmagan shitob bilan 
ilgarilamoqda. 
O‘z tarkibiga elektron pochtani ham olgan butun dunyo tarmog‘i grafik va 
multimediyali tarkibli Web dan foydalanish imkoniyatini beradi. Internetda yana 
turli xil qidiruv tarmoqlari, o‘yinlar, yangiliklar, bahs-munozara olib borish uchun 
tarmoqlar mavjud. Virtual resurs markazi esa o‘z tarkibida doimiy ravishda 



jahondagi yetakchi davlatlaridagi muzeylarning ekspozitsiya va ko‘rgazmalarini 
namoyish etib boradi. Uydan chiqmasdan, kutubxonalarga bormasdan Internetdan 
doimo turli yangi axborotlarni olish mumkin, chunki unda ulkan miqdorda pulli va 
bepul axborotlar va bilimlar to‘plami jamlangan. Internet yordamida ko‘pgina 
sirtqi kurslarga qatnashish, bahs-munozaralarda ishtirok etish va insoniyat 
faoliyatining xohlagan sohasi bo‘yicha axborot olish mumkin. 
Umumiy ta’lim maktablaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari 
vositasida o‘qituvchi va o‘quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, 
xususan: 
axborot yig‘ishning yangi usullarini va ularni qo‘llash ko‘nikmasini 

Download 44.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling