“ Umumta’lim maktablarida O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitishda


ishlash;  • O‘z yutuqlari bilan o‘rtoqlashish va feedback olish va b


Download 44.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana11.11.2023
Hajmi44.3 Kb.
#1765877
1   2   3   4
Bog'liq
jYQW1JDkhpz8z5JXhNUBISpplE9CShRy7EOC5wk3

ishlash; 
O‘z yutuqlari bilan o‘rtoqlashish va feedback olish va b. 
Internetning o‘quvchi uchun qulay bo‘lgan omillari nimada? 
Dars mashg‘uloti uchun Internet tarmog‘idan materiallar qidirish; 
Turli ko‘rgazmali, audio va video ma’lumotlar olish; 
Dars va mavzuga doir so‘nggi ilm-fan yutuqlari bilan tanishish; 
Dunyoning turli kutubxonalari va arxivlarda masofadan turib 
ishlash; 
O‘z yutuqlari bilan o‘rtoqlashish va fikr almashish; 
Nazariy bilimni amaliy qo‘llashni o‘rganish; 
Axborot texnologiyalari va vositalarida foydalanishni o‘rganish va 
b. 
O‘quvchilar ish davomida nafaqat Internetda mavjud axborotlardan 
foydalandilar, balki doimiy yangiliklardan xabardor bo‘lib boradilar. Ular 
tarmoqdan olingan ma’lumotlarni saralaydilar, bajarilayotgan loyiha uchun mos 
rasmlar, ovozli, videoli lavhalar tanlaydilar, berilgan axborotlarga munosabat 
bildiradilar va o‘zlarining ijod mahsullarini yaratadilar. 
Axborot 
texnologiya 
vositalari 
o‘quv-tarbiya jarayonining turli 
bosqichlarida:
o‘quvchilarga yangi o‘quv materiallarini taqdim etish bosqichida; 
mavzu va ma’lumotlar ustida hamkorlikda ishlash orqali o‘quv 
materialini o‘zlashtirishda;  
o‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash va mustahkamlashda;  
mahalliy va xorijiy ta’lim tarmoqlaridan foydalanish ko‘nikmasini 
va mustaqil ishlash malakasini shakllantirishda; 
o‘qitishda erishilgan natijalarni nazorat qilish va baholash 
bosqichida foydalanilishi mumkin.  
Tarix o‘qituvchisi internetning ta’limiy resurslaridan tarixiy manbalarni 
topish, ma’ruzalar, monografiyalar matnlari, turli xil uslubiy materiallar, gazeta va 
jurnal maqolalari, referatlar va boshqa manbalarni topishda foydalanishi mumkin.
Bunda bugungi kunda davlatimizda faoliyat olib borayotgan ZiyoNet 
tarmog‘ining o‘rni beqiyosdir. ZIYONET jamoat axborot ta’lim tarmog‘i 2005 -yil 
28- sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prazidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston 
Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi 
2005- yil 28- sentabrdagi 191-sonli qaroriga muvofiq tashkil topgan. Ziyonet 
axborot tarmog‘i yoshlarni, murabbiylarni, shuningdek aholining turli qatlamlarini 
kerakli axborot bilan ta’minlash, axborot texnologiyalari sohasida kerakli 
ma’lumotlarni berish, muloqot qilish va tajriba almashish uchun zarur 
imkoniyatlarni yaratib beradi.



Ushbu bosqichlarni amalga oshirishda mahalliy hamda xorijiy ta’lim 
tarmoqlari katta yordam beradi. Mahalliy tarmoqlar ichida eng katta, mashhur va 
bepul tarmoq bu 
– 
ziyonet.uz. Yana bir muhim xorijiy tarmoqlardan biri bu - 
academia.edu.
Elektron kutubxonalar bu murakkab axborotlar tizimidir. Bunday 
kutubxonlar saytlarida ko‘pincha skaner qilingan kitoblar matnlari joylashtiriladi. 
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki Internet tarmog‘i bugungi kun ta’lim 
tizimining ajralmas qissmi hisoblanib u o‘qituvchi va o‘quvchiga cheksiz 
imkoniyatlar eshigini ochadi. Ammo, asosiy masala ushbu resursdan o‘quvchini 
to‘g‘ri va samarali foydalanishga o‘rgatishdir. Internet resurslaridan tarix 
darslarida foydalanish, o‘quvchilarda darsga bo‘lgan qiziqishni va dars 
samaradorligini oshiradi. Tadqiqotlar texnologiyasida loyihalarni bajarishning 
barcha bosqichlarida va loyihani taqdim etishda ham internet asosiy o‘rinda turadi.
Umumiy xulosalar:
– 
Axborot texnologiyalari bugungi kun ta’lim tizimining ajralmas qismidir.
– 
Axborot texnologiyalaridan foydalanish barcha fanlarda dars 
samaradorligini oshirishning muhim mezoni hisoblanadi.
– 
Tadqiqotlar texnologiyasi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda 
axborot texnologiyalarning ahamiyati kattadir.
– 
Tarix o‘qituvchilari tomonidan Microsoft Word, Microsoft Excel, 
Microsoft PowerPoint, Microsoft FrontPage, Microsoft Publisher, Adobe 
Photoshop va boshqa kompyuter dasturlari darslarda, tadqiqotlar texnologoyasi 
asosida turli loyihalarni bajarishda muvaffaqiyat bilan qo‘llanishi mumkin. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, zamonaviy ta’lim va axborot 
tarmoqlari, turli mahalliy hamda xorijiy elektron ta’lim portallaridan unumli 
foydalanish – ta’lim sifatini oshirishga, o‘qituvchi va o‘quvchilarni nazariy va 
amaliy bilim hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.

Download 44.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling