№ Yuqori haroratda boradigan kimyoviy-texnologik jarayonlar Mavzu rejasi


Download 353.13 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.08.2020
Hajmi353.13 Kb.
#127021
Bog'liq
№4.Yuqori haroratda boradigan kimyoviy-texnologik jarayonlar.


№ 4. Yuqori haroratda boradigan kimyoviy-texnologik jarayonlar 

Mavzu rejasi: 

 

1.  Silikat texnologiyasi. 



         2.     Keramika va shishalar ishlab chiqarish texnologiyasi. 

         3.     Xomashyoni qazib olish va tashish. 

         4.     Xomashyoni maydalash. 

5.  Xomashyoni tozalash va ta’mirlash.  

6.  Shisha ishlab chiqarishda asоsiy хоmashyo tavsifi. 

7.  Portlandsement ishlab chiqarish. 

8.  Sementning qotishi 

 

Quyida bakalavr yo’nalishi asosiy fanining «Silikat va qiyin eruvchan nometall materiallar 



kimyoviy texnologiyasi» qismiga oid nazariy va amaliy bilimlar qisqacha tarzda beriladi. 

Silikat  va  qiyin  eruvchan  nometall  materiallar  kimyoviy  texnologiyasi  uchta  katta 

sohadan iborat: 

1. 


Keramika va o'tga chidamli materiallar kimyoviy texnologiyasi

2. 


Shisha va sitallar (shishadan olinadigan mayda kristall strukturali zich va mustahkam 

materiallar) kimyoviy texnologiyasi; 

3. 

Bog’lovchi moddalar kimyoviy texnologiyasi. 



Keramika va shishalar ishlab chiqarish texnologiyasi 

Texnologik operasiyalar haqida umumiy tushuncha. Texnologiya so’zi materiallarni 

ishlash  vositalari  va  usullari  haqidagi  bilimlarni  anglatadi.  Shu  sababli  quyida  silikat  va 

undan  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  jarayoniga  oid  ba’zi  bir  umumiy  ma’lumotlarni 

keltiramiz. 

Keramika  va  o’tga  chidamli  materiallar  hamda  shisha  va  sitall  buyumlari  ishlab 

chiqarish texnologiyasining asosida tabiiy yoki sun’iy xomashyo va materiallar (kukuni) ni 

ma’lum  darajada  kompleks  xossalari  bilan  xarakterlanuvchi  texnikaviy  monolit  toshga 

aylantirish yotadi. 

Keramika  va  shishalar  texnologiyasining  ayrim  qismlarini  sxematik  ravishda 

quyidagicha tasvirlash mumkin: 

1. 


Keramika  va  o’tga  chidamli  materiallar  texnologiyasi:  homashyo  →  kukun, 

plastik massa yoki shlinker tayyorlash → qoliplash → quritish → kuydirish → 

termik,  mexanik  yoki  kimyoviy  ishlov  berish  →  sortlash  →  qadoqlash  → 

tayyor buyumlar ombori

2. 

Shisha  va  sitallar  texnologiyasi:  homashyo  →  shixtakukuni  yoki  briket 



tayyorlash  →  eritish  →  qoliplash  →  termik,  mexanik  yoki  kimyoviy  ishlov 

berish → saralash → qadoqlash → tayyor buyumlar ombori. 

Avvalo  texnologik  jarayonda  homashyo  sifatida  ishlatiladigan  materiallar  ustida 

to’xtalib o’tamiz. Keramika va o’tga chidamli materiallar 



olishda  gil,  lyoss,  dala  shpati,  qum  va  shamot,  shisha  va  sitall  mahsulotlari  ishlab 

chiqarishda  esa  qum,  ohaktosh,  soda  yoki  potash  kabi  homashyolar  ishlatiladi.  Ko’rinib 

turibdiki  turli-tuman  silikat  mahsulotlarini  olishda  ishlatiluvchi  homashyo  turlarida 

anchagina  o’xshashlik  bor.  Ammo  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlarning  xossa-

hususiyatlariga qarab ularning o’zaro nisbati va turi o’zgarishi mumkin. Masalan: qurilish 

gishti, govak va kavakli g’ishtlar olishda gilning oson suyuqlanuvchan va 1620 K dan past 

temperaturaga  bardosh  beruvchi  turi  ishlatiladi.  Turli  qo’shimchalar  -  kvars  yoki  kvars 

qumi,  temir  oksidlari,  ohaktosh  zarrachalari  va  organik  birikmalar  ularni  pastroq 

temperaturada  suyuqlanishiga  olib  keladi.  O’tga  chidamli  materiallar  olishda  esa  o’tga 

bardoshli  gillar  ishlatiladi.  Ular  oson  suyuqlanuvchan  gillarga  nisbatan  toza  bo’lib,  kvars, 

dala  shpati,  slyuda,  temir  birikmalari  va  boshqalar  nisbatan  kamroq  aralashgani  sababli, 

1850  K  dan  yuqori  temperaturaga  bardosh  beradi.  Gillarning  uchinchi  turi  qiyin 

suyuqlanuvchan  gillar  1620-1850  K  da  suyuqlanadi.  Ularda  mexanik  qo’shimchalar  o’tga 

bardoshli  gillardagiga  nisbatan  ko’proq  bo’lgani  sababli  o’tga  chidamli  g’isht  olib 

bo’lmaydi.  Ulardan,  asosan  kanalizasiya  quvurlari,  pol  va  ichki  pardozlash  plitkalari  va 

fasadbop keramika ishlab chiqarishda foydalaniladi. 

Silikat maxsulotlari olinishidagi bajariladigan asosiy texnologik operasiyalardan biri 

homashyo  materiallarini  tayyorlash  bo’lib,  u  ho’l  yoki  quruq  usulda  amalga  oshiriladi. 

Xomashyo  materiallari  suvda  tayyorlab,  ishlab  chiqarish  usuli  «ho’l»  usul  deb  ataladi. 

Qaysi  usulni  tanlash  xomashyo  turi  va  uning  xossalari,  texnologik  va  texnik  iqtisodiy 

tabiatidagi bir qator omillarga bog’liq. 

Materiallarni  tayyorlashga  oid  asosiy  vazifa  —  talab  qilingan  namlik  hamda 

kimyoviy,  mineralogik  va  granulometrik  tarkibli  bir  jinsli  xomashyo  aralashmasini  hosil 

qilishdir.  Ana  shunday  aralashmani  tayyorlash  uchun  tarkibga  kiradigan  materiallar 

(ohaktosh, gil, dala shpati, to’grilovchi qo’shimcha va boshqalar) mayda tuyiladi va ma’lum 

miqdordagi suv yoki par ishtirokida yaxshilab aralashtiriladi. Tarkibga kiruvchi materiallar 

mayda tuyilsa va aralashtirilsa, xomashyo aralashmasi tarkibidagi oksidlar kuydirilayotgan 

yoki eritilayotganda bir-birlariga uzaro tularoq ta’sir etishadi. 

Xomashyo  materiallari  keramika  va  shishalar  texnologiyasining  ikkala  qismi  uchun 

ham  aynan  bir  xil  tayyorlanadi.  Xomashyoni  yer  ostidan  kavlab  olish,  tashish,  donalash, 

saralash,  dozalash,  yuqoriga  ko’tarish,  uzatish.  aralashtirish,  unlash  va  tayyor  bir  jinsli 

homashyoni saqlash ishlab chiqarishdagi asosiy texnologik operasiyalardan hisoblanadi. 



Homashyoni  qazib  olish  va  tashish.  Homashyo,  masalan,  gilni  yer  ostidan  kavlab 

chiqarish korxona yaqinidagi ochiq sayoz kon-karyerlarda amalga oshiriladi. 

Xomashyoni sidiradigan va yuklaydigan mashina - skreper, buldozer yoki ekskavator 

yordamida  avvalo  karyer  yuzasi  o’simlik,  kulrang  tuproq  va  ohaktosh  qoldig’idan 

tozalanadi, oqova ariqlari yuqotiladi hamda mashinalar uchun kirish yo’li quriladi. So’ngra 

turli  usullarda  (iliq  iklimli  rayonlarda  ochiq  qishi  qattiq  rayonlarda  esa  yopiq  usullarda) 

gilni kavlash va transport vositalariga yuklash ishlari amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarga 

odatda cho’mich hajmi 0,5-2 m bo’lgan bir chumichli, ko’pdan- ko’p xollarda ko’pkavshli 

ekskavatorlar qo’l keladi. 

Ohaktosh,  mergel,  magnezit,  dolomit,  kvars,  dala  shpati,  tog’  billuri  kabi  qattiq 

moddalar  esa  portlash  yordamida  qazib  olinadi  va  bir  cho’michli  ekskavator  yordamida 

vagonetka, platforma yoki mashinalarga joylanadi. 



Xomashyoni tashish maqsadida relsli va relssiz, davriy va to’xtovsiz uzatib turuvchi 

mashinalar qo’llaniladi. Relsli transport vositalari qatoriga motovoz, elektrovoz, osma sim 

arqon  yo’li  kabilar  kiradi.  Relssiz  yuk  tashuvchi  vositalarga  esa  turli-tuman  markali 

avtomashinalar  (masalan,  «BelAZ»  va  «KrAZ»),  elektrolafat,  skreper  va  buldozerlarni 

ko’rsatish  mumkin.  Yuklarni  joyidan  joyiga  to’xtovsiz  uzatib  turish  gorizontal  yo’nalish 

bo’yicha  transporter  va  vertikal  yo’nalishda  elevatorlar  vositasida  bajarilishi  mumkin. 

Karyer  zavoddan  taxminan  1  km  narida bo’lsa  lentali transportlardan,  zavod bilan  karyer 

orasi  past-baland  joylar  bo’lsa  osma  sim  arqondan  foylalansa  bo’ladi.  Ba’zi  hollarda 

gidrotransportdan foydalaniladi. 

Qattiq  iqlimli  sharoitlarda  normal  ishlashni  ta’minlash  uchun  korxona  hovlisida 

ishlab  chiqarish  uchun  kerakli  materiallarning  ma’lum  muddatli  zahiralari  hozirlab 

qo’yiladi. 



Xomashyoni  maydalash.  Keramika  va  shisha  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishda 

xomashyoni  maydalash  turli  maydalash-tuyish  mashinalarida  amalga  oshiriladi.  Bu 

mashinalarda maydalash modda bo’laklarini ezish, urish, ishqalash, yorish, uzish, portlash 

jarayonlari  orqali  ro’y  beradi.  Ushbu  jarayon  turi  odatda  moddalarning  fizik  xossalari, 

modda bo’lakchalarining o’lchami va belgilangan maydalash darajasiga qarab tanlanadi. 

Masalan,  gilning  hajm  ogirligi  1700—2000  kg/m

3

  va  siqilishdagi  mustahkamlik 



chegarasi  0,2—0,6  MPa;  ohaktoshning  hajm  og’irligi  2630—  3100  kg/m

3

  va  siqilishdagi 



mustahkamlik chegarasi 40—380 MPa; kvarsning hajm ogirligi 2640 kg/m

3

 va siqilishdagi 



mustahkamlik  chegarasi  80—145  MPa;  shamotning  hajm  ogirligi  1700—2100  kg/m

3

  va 



siqilishdagi  mustahkamlik  chegarasi  10  MPa  atrofida  bo’ladi.  Xomashyoning  ko’rinib 

turgan  fizik  xossalaridagi  farqqa  qarab  moddalarning  maydalanishga  mo  yilligi  tuyish 

qobiliyati koeffisienti orqali aniqlanadi. 

Tuyish  qobiliyati  koeffisienti  ma’lum  darajada  maydalangan  etalon  va 

tekshirilayotgan  moddalarning  maydalashga  ketgan  solishtirma  energiya  miqdorlari 

nisbatini anglatadi va homashyo turlari uchun quyidagi raqamlar bilan harakterlanadi: 

Gil 1,5-2 

Ohaktosh 0,8 — 1,1 

Kvars 0,6 - 0,7 

Klinker 1 

Dala shpati 0,8 — 0,9 

Magnezit 0,7 — 1 

Toshko’mir 0,7 — 1,3 

Maydalanayotgan  modda  bo’lakchalarining  dastlabki  o’lchami  ularni  karyerdan 

qazib olish, tashish va namligiga ko’ra turlicha bo’ladi. Bo’lakchalar ko’rinishini shartli 

sharsimon shaklda deb olsak, ularning diametri quyidagicha topiladi: 

 

       


  √  

 

        



       

 

         



 

 

Aksariyat  holatda  bu  o’lchamning  boshlang’ich  holati  750—  250  mm  ga  teng 



bo’lib, tuyilganidan keyingi holati esa 0,01 mm va undan ham kichik bo’lishi mumkin. 

Modda bo’lakchalari boshlang’ich o’rtacha o’lchami (D

o’rtacha

) ning maydalangandan keyingi o’rtacha o’lchamiga (d



o’rtacha

nisbati materialning maydalanish darajasi deb ataladi va i /harfi bilan belgilanadi: 



   

 

       



 

       


 

Materiallarni maydalanish darajasi maydalash mashinalari uchun 4— 30 ga, un tortish mashinalary uchun 300 gacha, ba’zi 

vaqtlarda esa bir necha minggacha bo’lishi mumkin. 

Qattiq  homashyoni  maydalashda  valikli  maydalagich,  chopqirli  maydalagich 

(tegirmon  toshi  va  umuman  bitta  yoki  ikkita  toshaylanuvchi  katokdan  iborat  yanchish 

uchun  hizmat  qiladigan  mashina),  bolg’achali  yuzli  (lunjli),  konusli,  rotorli  (zarbli) 

maydalovchi  mashinalar,  strugach  (yumshoqroq  homashyoni  qirish  yo’li  bilan 

maydalovchi  mashina)  va  tonraspler  (setka  yuzasiga  ishqalash  orqali  maydalash)lar 

ishlatiladi. Un tortish mashinalari sifatida esa sharli, sterjenli va bolg’achali tegirmonlar 

qo’llaniladi.  Keyingi  paytlarda  ushbu  maqsadda  pnevmo-,  vibro  va  energiya  oqimli 

tegirmonlar keng qo’llanilmoqda. 

Nomlari  yuqorida  qayd  etilgan  mashinalarning  u  yoki  bu  turini  qo’llash  yuqorida 

so’z yuritilgan uch faktor (siqilishdagi mustahkamlik, bo’laklarning dastlabki o’lchami va 

maydalash  darajasi)ga  bog’lik.  Ohaktosh,  kvars  va  shamot  kabi  qattiq  va  mustahkam 

moddalar  yuzli  (jagli,  lunjli)  maydalagichlarda  100—200  mm  o’lchamgacha 

maydalanadi. So’ngra bolg’achali va konus maydalagichlarda 10—30 mm o’lchamgacha 

kichraytiriladi. Ushbu maqsadda zarbli maydalagichlardan ham foydalansa bo’ladi. Unda 

material katta tezlikda aylanayotgan toqmoqlar va korpusga urnatilgan mahsus panjaralar 

yordamida  maydalanadi.  So’nggi  marta  homashyo  valikli  maydalagichdan  o’tgan  gil 

bilan  birga  sharli  tegirmonlarda  ho’l  yoki  quruq  usulda  maydalanadi.  Material  suvsiz 

maydalangandagiga  qaraganda  suvda  yaxshi  maydalanadi,  chunki  suv  maydalanayotgan 

material qattiqligini keskin kamaytiradi. 

Ohaktosh  va  boshqa  komponentlar  sharli  tegirmonga  uzluksiz  ishlaydigan 

mexanizmlar  yordamida  uzatiladi.  Ularning  ishini  avtomatlar  boshqarganligi  sababli 

tegirmon doimo  bir xil kuchlanishda  serunum  ishlab, materiallarni  talab qilingan darajada 

maydalab va aralashtirib turadi. 

Homashyoni  tozalash  va  ta’mirlash.  Bu  operasiya  vaqtida  maydalangan  material 

yoki  bir  jinsli  aralashma  ayrim  nav  (sort)  va  sinf  (klass)larga  ajratiladi  hamda  keraksiz 

qo’shimchalardan tozalanadi. Umuman, silikatlar texnologiyasida materiallar turt xil usulda 

saralanadi: 



mexanik saralash — material tur patkarali mashina va asboblar yordamida chayqalib 

ishlaydi va donalarining katta-kichikligiga ko’ra ikki yoki bir qancha turlarga ajraladi



havoda  saralash  —  material  donalari  havo  separatorlari,  siklon,  filtr  va 

elektrofiltrlarda  og’irlik  va  aylanma  kuchlar  ta’sirida  gorizontal  yoki  vertikal  harakatdagi 

havo oqimidan ajratib fraksiyalanadi; 

magnitli  saralash  —  material  elektromagnit  separatorlar  bilan  temir  birikmalari 

hamda metall qo’shimchalaridan tozalanadi; 



gidravlik  saralash  —  bunda  materialning  konusli,  kamerali  va  gidromexanikaviy 

klassifikatorlarda suvli muhitda donalar o’lchami yeki solishtirma og’irligidagi farq sababli 

turli tezlikda cho’kishiga asoslanib fraksiyalarga bo’linishi yotadi. 

Texnologiyada  maydalash  —  unlash  mashinalari,  qoliplash  asboblari,  yuklarni 

to’xtovsiz  uzatib  turish  kabi  vositalarining  xomashyo,  suv,  yonilg’i  va  shu  kabilar  bilan 

ta’minlashni tartibga solib turish mahsus tarelkali (diskli), plastinkali (lentali), barabanli va 

shnekli  oziqlantiruvchi  mashinalar  yordamida  bajariladi.  Ba’zi  vaqtlarda  bu  mashinalar 

dozalagich vazifasini ham o’tashi mumkin. 


Dozalagichlar  texnologik  liniya  materiallarini  ma’lum  miqdorda  uzluksiz  yoki 

porsiyali  (siklli)  uzatib  turishga  xizmat  qiladi.  Ular  dozalash  usuliga  ko’ra  hajmli  va 

og’irlik  dozalagichlarga  bo’linadi.  Hajmli  dozalagichlarda  dozalash  aniqligi  2—5  %  ga 

teng.  Ular  tuzilishi  nuqtai  nazaridan  qulay  va  sodda  bo’lib,  texnikada  juda  keng 

qo’llaniladi. Aniq o’lchov talab qilingan joylarda esa faqat siklik yoki uzluksiz ishlaydigan 

tarozilar qo’llaniladi. 



Xomashyoni aralashtirish, tarkibini to’grilash va saqlash. Xomashyolarni bir-biri 

va  suv  bilan  aralashtirish  muhim  texnologik  jarayon  bo’lib,  u  kanotli  loyqorgich,  shnekli 

loyqorgich,  eritmaqorgich,  parrakli  aralashtirgich,  loyatalagich  kabi  mashinalarda  amalga 

oshiriladi. Misol tariqasida plastik usulda qurilish g’ishti tayyorlash jarayoni bilan tanishish 

mumkin. Bu usulda maydalangan giltuproq kanotli bir yoki ikki valli loyqorgichga tushadi. 

Bu  yerda  unga  18—25  %  suv  qo’shilib  loy  qoriladi va bir  jinsli  bo’lguniga qadar shnekli 

val qanotlari yordamida aralashtiriladi. Plastik massa, masalan, maishiy-ho’jalik chinnisini 

olish  uchun  shliker  yoki  eritmadan  tayyorlanayotgan  bo’lsa,  u  holda  tarkibidagi  suv 

miqdori  filtr  presslar  yordamida  kamaytiriladi.  Yana  massaga  lentasimon  vakuumli  yoki 

vakuumsiz presslarda qo’shimcha ishlov berib sifatini yaxshilash mumkin. 



Bir  jinsli  tayyor  moddani  qoliplash.  Keramika  va  o’tga  chidamli  materiallar 

yarimquruq  usul  kukuni,  plastik  usul  massasi,  shliker  yoki  eritma  maxsus  asbob  va 

mashinalar yordamida qoliplab olinadi. 7—12 % namlikka ega bo’lgan yarimquruq kukun 

bir yoki ikki tomonlama bir pog’onali yohud ko’ppog’onali usullarda 20—40 MPa bosimda 

presslanadi.  Presslash  jarayoni  tirsak  dastali,  friksion,  rotasion  va  gidravlik  presslarda 

bajariladi.  18—25  %  namlikka  ega  plastik  massani  presslash  1—2  MPa  bosimda 

lentasimon  yoki  shtampovka  presslarida  amalga  oshiriladi.  Odatda  massa  press  ichida 

shnek  yordamida  suriladi  va  zichlanadi.  Press  mundshtukidan  uzluksiz  chiqayotgan  brus 

kesadigan qurilmaning po’lat simlari yordamida kesilib, berilgan o’lchamdagi g’isht hosil 

qilinadi.  Shtampovka  presslarida  jarayon  davriy  bajarilgani  sababli  kesadigan  qurilmaga 

hojat  qolmaydi.  Bu  presslar  juda  unumdor  bo’lib  soatiga  10  ming,  hatto  undan  ko’p 

mahsulotni  qoliplash  imkoniyatini  beradi.  Sopol  -  chinni  kabi  buyumlar  olishda  ham 

yuqorida  namlari  qayd  etilgan  massalar  ishlatiladi,  ammo  qoliplash  jarayoni 

qo’llanilayotgan mashina va asboblar turiga ko’ra boshqacharoq o’tadi. 

Shisha va sitall mahsulotlari ishlab chiqarishda qoliplash jarayoni keramika va o’tga 

chidamli  materiallar  olish  texnologiyasidan  ularoq  asosiy  termik  operasiya  eritish 

jarayonidan  so’ng  amalga  oshiriladi.  Qoliplash  qo’l  va  mashinalar  yordamida  tortib 

chuzish, quyish, prokatlash, presslash, puflash usullarida bajariladi. Masalan, deraza oynasi 

vertikal  va  gorizontal  yo’nalishda  cho’ziladigan  mashinalarda  tayyorlanadi.  Bu 

mashinalarda  uzluksiz  shisha  lentasi  eritmaga  tushirilgan  «qayiqcha»  nomli  qoliplovchi 

moslamaning  tirkishi  orkali  tortib  cho’ziladi  va  teshikli  o’lchamlarda  qalinligi  2—6  mm 

bo’lgan  varaklar  ko’rinishida  qirqib  olinadi.  Uzluksiz  shisha  lentasini  qayiqcha  usulisiz 

erkin  holda  ham  cho’zib  olish  mumkin.  Bu  usulda  shisha  massasi  boshqa  modda  bilan 

aloqada  bo’lmagani  sababli  havo  pufakchalari,  qilsimon  chiziq  va  hira  nuqta  kabi 

nuqsonlardan holi bo’ladi. 

Shisha  va  sitall  shihtasi  erishidan  oldin  (ba’zi  holatlarda)  qoliplanib  mayda-mayda 

dona — granulalar hosil qilinadi. Quruq usulda portlandsement ishlab chiqarish jarayonida 

ham  ana  shunday  donalar  teshikli  press,  mahsus  baraban  yoki  tovoksimon 

donadorlashtirgichlarda  tayyorlanadi.  Bu  bilan  shisha  shihtasi  yoki  sement  unining  chiqit 


gazlar bilan ko’p miqdorda uchib chiqib ketishiga barham berildi. Natijada pechь normal 

ishlaydi va ish unumdorligi oshadi. 



Mahsulotga termik, mexanik va kimyoviy ishlov berish. Bu usullar orasida termik 

ishlov  berish  keramika  va  shisha  texnologiyasining  eng  murakkab  va  mas’ul  jarayoni 

bo’lib,  tayyor  mahsulotning  sifatini  ma’lum  darajada  ta’minlaydi.  Keramika  va  o’tga 

chidamli  materiallar  texnologiyasida  mahsulotni  quritish  va  kuydirish,  shisha  va  sitallar 

texnologiyasida  esa  aralashma  yoki  granulalarni  eritish  va  qoliplangan  mahsulot 

kuchlanishini yo’qotish kabi asosiy jarayonlarni o’z ichiga oladi. 

Nomi  yuqorida  qayd  etilgan  silikat  mahsulotlariga  termik  ishlov  berish  turli  usul, 

agregat va temperaturada olib boriladi. 

Keramika  va  o’tga  chidamli  materiallar  ishlab  chiqarishda  avvalo  hom  mahsulot 

quritiladi.  Hozirgi  paytda  mahsulotlarni  quritish  jarayoni  zamonaviy,  qo’l  kuchi  va  qo’l 

mehnatidan holi bo’lgan kamera, konveyer yoki tunnel quritgichlarda 360—390 K issiqlik 

yordamida olib boriladi. Quritish vaqti texnika taraqqiy etgani sari qisqarmoqda. 

Xom  gishtning  quritilishini  misol  tariqasida  keltirishimiz  mumkin.  Nurli  yoki 

rotasion  avtomatlar  bilan  brusdan  kesilgan  g’isht  «Avtomat  taxlovchi»  mashinalar 

yordamida  quritish  vagonchalariga  yuklanadi.  Jumladan,  «SM  562A»  markali  shunday 

mashina bir soatda 8000 dona g’ishtni tahlaydi, ya’ni ilgari 8—10 kishi bajaradigan ishni 

bir o’zi bajaradi, so’ngra 6—9 % namlikkacha quritiladi. G’isht tayyorlash jarayoni qadim 

zamonlarda  mashaqqatli  operasiya  hisoblanib,  g’isht  haftalab  ochiq  maydonlarda  va 

mahsus  saroylarda  quyosh  nuri  yoki  yonayotgan  o’tin  issiqligi  yordamida  quritilar  edi. 

Xozirgi  paytda  quritish  vaqti  bir  necha  marta  qisqargan:  u  kamera  agregatida  40—70 

soatni, tunnel agregatida esa 15—40 soatni tashkil qiladi. 

Quritilgan  g’isht  quritgich  vagonchalaridan  olinib,  mahsus  vagonlar  yoki  mahsus 

honalarga  joylanadi.  So’ngra  u  pishiriladi.  Bu  maqsadda  turli  -  tuman  pechlardan  keng 

foydalaniladi. 

Qurilish  gishti  olish  uchun  ishlatiladigan  massa  tarkibiga  erish  temperaturasi  past 

bo’lgan  moddalar  kiritilishiga  karamasdan  g’ishtning  pishish  va  qattiq  toshga  aylanish 

temperaturasi hali ham yuqoriligicha — 1170— 1370 K atrofida qolmoqda. Shuning uchun 

g’ishtlar  mahsus  o’tdonda,  ya’ni  aylanma  va  tunnel  pechlarida  kuydiriladi  yoki 

avtoklavlarda par bilan ishlov beriladi. O’tga chidamli g’isht tarkibiga erishi qiyin bo’lgan 

kaolin  tuprog’i,  yuqori  temperaturaga  chidamli  tog’  jinsi  va  sun’iy  moddalar  kirganligi 

sababli ular kuydirilayotganda temperatura ancha yuqori — 1620—1770 K atrofida bo’ladi 

va ular asosan tunnel pechlarda tayyorlanadi. 

Xozirgi  zamonaviy  g’isht  kuydirish  pechlari  gigant  inshootlardan  iborat  bo’lib, 

ularning  maydoni  o’nlab,  hatto  yuzlab  kvadrat  metrni  tashkil  qiladi.  Misol  tariqasida 

aylanma  pechning  hajmi  950  va  tunnel  pechning  hajmi  315—440  m

3

  ni  tashkil  qilishini 



eslatish  kifoya.  Ular  elektr  toki, gaz  yoki  mazut  orqali  isitiladi.  Bunday  pechlarning  1  m

3

 



hajmidan  bir  oyda  1500—5000  dona  g’isht  olinadi.  Bitta  100  kub  metrlik  hajmni  tashkil 

etgan pechdan yiliga olinadigan g’isht mahsuloti 25 million donani tashkil etadi. G’ishtlarni 

kuydirish vaqti esa 24 soatdan 72 soatgacha davom etishi mumkin. 

Hozirgi  paytda  silikat  g’ishtlarni  pishirish  katta  hajmli  avtoklavlarda  amalga 

oshiriladi.  Ishlov  berishda  qo’llaniladigan  bug’ning  temperaturasi  420—479  K  bo’lib, 

bosim  7—8  atmosferani,  avtoklavda  ishlov  berish  vaqti  esa  14—16  soatni  tashkil  etadi. 

Faqat  shunday  sharoit  yaratilgandagina  qum  ohak  va  suv  bilan  kimyoviy  reaksiyaga 


kirishadi,  g’ishtning  mustahkamligini  ta’minlovchi  monokalsiyli  gidrosilikat  mineralini 

hosil qiladi. 

Effektiv g’isht turlari ham huddi qurilish g’ishti singari aylanma va tunnel pechlarda 

pishiriladi.  Ularni  kuydirishning  o’ziga  hos  afzalliklari  bor:  20—25  %  yoqilg’i  tejaladi, 

kuydirish  vaqti  bir  muncha  qisqaradi,  g’isht  vagonlarini  siljitishga  ketgan  energiya 

kamayadi va hokazo. 

Chinni-sopol  buyumlari  ishlab  chiqarishda  ham  xom  mahsulotlarga  termik  ishlov 

berish ko’pincha tunnel pechlarda amalga oshadi. Ammo g’isht kabi mahsulotlarga ularoq 

termik ishlov ikki stadiyada olib boriladi. Masalan, xo’jalik-maishiy chinnisi  avval 1170-

1220  K  temperaturada  kuydiriladi,  so’ngra  sirlanadi  va  1570—1620  K  da  ikkinchi  marta 

kuydiriladi.  Mahsulot  yuzasi  bo’yalgan  va  oltin  suvida  bezaklangan  bo’lsa,  u  holda 

uchinchi  termik  ishlov  beriladi.  Sopol  buyumlari  olishda  esa  birinchi  kuydirish  jarayoni 

ikkinchisiga  nisbatan  yuqoriroq  temperaturada  olib  boriladi.  Shu  sababli  tayyor  mahsulot 

bir oz g’ovak bo’lib suv shimishga moyil bo’ladi. 

Shisha  olish  texnologiyasida  ham  homashyo  sifatida  tarkibi  kremniy  (IV)  oksidiga 

to’g’ri  keladigan  qum,  kalsiy  oksidi  bo’lgan  ohaktosh,  marmar  yoki  bor,  tarkibida  natriy 

yoki kaliy oksidi bo’lgan soda yoki potash ishlatiladi. 

Shishalarga  rang  berishda  esa  aralashmaga  titan  (IV)  oksidi,  neodim  (III)  oksidi, 

seriy  (IV)  oksidi  va  shunga  o’xshash  reaktivlar  qo’shiladi.  Qum  va  boshqa  moddalar 

shishalarning  rangini  buzuvchi  temir  birikmalaridan  kimyoviy  usullar  yoki  magnitli 

separatorlar  yordamida  tozalanadi.  So’ngra  materiallar  ajratib  olinib,  maxsus  kamerali 

quritgichlarda  quritiladi,  elaklarda  elanadi,  avtomatlashgan  tarozida  tortiladi,  «Eyrih»  deb 

ataladigan  mashinada  qorishtiriladi  va  presslarda  briketlanadi.  Shundan  keyin  ular  elektr 

toki  bilan  ishlovchi  transportlarda  gorshokli,  protokli  yoki  protoksiz  vanna  pechiga 

tushiriladi. Pech ichidagi temperatura gaz  yoki mazutni yoqish, elektr tokini elektrodlarga 

uzatish  orqali  hosil  qilinadi  (1670—1770  K  bo’ladi).  Bir  necha  soatdan  so’ng  yuqori 

temperaturali shisha «butka»si turli-tuman mashinalar yordamida qoliplarga solinib ishlov 

beriladi. Stakan, kadah, vaza, guldon va boshqa buyumlar qolipdan chiqarilgach, asta-sekin 

sovitiladi. Bu jarayonlarda shishaning ichki kuchlanishi sekiplik bilan yo’qola boradi. 

Shundan keyin shisha badiiy sexga yuborilib, unga naqsh yoki rasm chiziladi yohud 

to’g’ridan-to’g’ri sayqallash stanoklariga yo’l oladi. 

Shishalarga  sayqal  berish  va  yaltiratish  jarayoni  asosan  SHPS-73,  MPS-1000 

stanoklarida  bajariladi.  Abraziv  material  sifatida  kichik  o’lchamli  qum,  korund,  najdak, 

olmos,  pemza  va  hokazolardan,  yaltiratish  uchun  esa  juda  mayda  bo’lgan  krokus,  polirit 

kabi  kukunlarning  suspenziyasidan  foydalaniladi.  Stanokning  sayqallash  diski  — 

cho’yandan, yaltiratish diski esa jun vaylokdan tayyorlanadi. 

Ishlov berishda har xil konsentrasiyali kislotalar ishlatiladi. Masalan, billur shishalari 

polirovka  qilinayotganda  40  %  li  plavik  kislota  bilan  96—98  %  li  sulfat  kislotadan 

foydalanish  mumkin.  Kimyoviy  yoki  mexanik  yaltiratish  jarayonidan  keyin  mahsulot 

yaltirab,  jilvalanib  turadi.  Shundan  so’ng  mahsulotlar  joylash  bo’limiga,  u  yerdan  esa 

tayyor shisha buyumlar omboriga jo’natiladi. 

Biz bu yerda shisha (oyna) tahtasi texnologiyasiga yaqin shisha olish usulini bayon qildik. 

Shishaning bir turidan ikkinchi turiga o’tilganda ushbu sxema qisman o’zgarishi mumkin. 

Masalan,  optika  shishasini  olishda  mahsulot  bir  marta  emas,  balki  ikki  marta  uzoq 



muddatda  (50—  70  soatlab)  otjig  (kuchlanishni  yo’qotish  jarayoni)  qilinib, 

kuchlanishlardan holi qilishni eslatib o’tish bizningcha kifoya. Tarkibi natriyli silikat yoki 

kaliyli  silikatdan  tashkil  topgan  va  past  temperaturada  pishuvchi  shishalarni  ishlab 

chiqarishda  esa  otjig  jarayonini  qo’llashga  o’rin  yo’q.  Yoki  idish  (tara)  maqsadlarida 

olinadigan  uch  yoki  to’rt  komponentli  shishalarda  mexanikaviy,  kimyoviy  yoki  badiiy 

ishlov  berish  jarayonining  butunlay  yo’qligi  ham  yuqoridagi  fikrimizni  to’la  tasdiqlaydi. 

Shisha-kristall  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishda  ham  otjig  orqali  kuchlanishni  yo’qotish 

jarayoniga o’rin yo’q.  

H a v o d a   q o t a d i g a n   b o g ’ l o v c h i   m a t e r i a l l a r .  

Ohak. Tarkibida 8% gacha loy bo’lgan kalsiy va magniyli karbonat tog’ jinslaridan 

—  bo’r,  ohaktosh,  dalomitlashgan  oxaktoshni  pishirib  juda  arzon  bo’lgan,  havoda 

qotadigan  bog’lovchi  material  —  ohak  olinadi.  Olingan  mahsulot  bo’lak-bo’lak  oq  yoki 

kulrang  bo’lib,  u  suvsiz  kalsiy  oksid  va  qisman  magniy  oksiddan  tashkil  topgan.  Bunga 

so’nmagan ohak yoki ohaktosh deyiladi, uni maydalab qaynaydigan ohak olinadi. 

Ohqkni olish ohqktoshni pishirish jarayonida uning tarkibidagi CaCO

3

 bilan MgCO



3

 

larning  CaO,  MgO  va  CO



2

  ga  parchalanishiga  asoslangan.  Ohak  qurilishga  bo’lak-bo’lak 

kukun,  hamir  yoki  so’ndirilmagan  kukun  holatida  keltiriladi.  Bularning hajmiy  massalari 

turlichadir,  ya’ni  50%  li  ohak  hamirining  hajmiy  massasi  1400  kg/m

3

  bo’lsa,  kukun 



ohakniki 5000 kg/m

3

 , to’yilgan ohakniki esa 600 kg/m



3

 . Qurilishda ishlatiladigan ohak 3 

sortga bo’linadi: 1-sort zavoda qotadigan ohakda (so’nmagan) aktiv oksidlar CaO + MgO 

miqdori 85% dan kam bo’lmasligi kerak, 2- sortda 70% dan va 3- sortda esa 60% dan ko’p 

bo’lishi kerak. 

Ohakning  so’nish  tezligi  (ohak  suv  bilan  qorishtirilgandan  keyin  qorishma 

temperaturasinint  ko’tarilishi  uchun  ketgan  vaqt)ga  ko’ra,  tez  so’nuvchi  (20  minutgacha) 

va sekin so’nuvchi (20 minutdan ko’p) xillarga bo’linadi. 

Oddiy  ohak  hamirdan  tayyorlangan  qurilish  qorishmasining  qotishi  bir  necha  kun 

davom  etsa,  so’nmagan  ohak  kukuni  qorishmasi  30—60  minutda  qotadi.  Ohak 

qorishmasining  qotishiga,  asosan,  ikki  faktor,  ya’ni  o’ta  to’yingan  qorishmaning  qurish 

jarayonrida unda kalsiy gidroksid Ca(OH)

ning kristall tarzida ajralishi; havodagi karbonat 



angidrid gazi ta’sir etadi: 

Ca(OH)


2

+ CO


2

 = CaCO


3

 + H


2

O. 


Bu jarayon barcha ohakli buyumlarda ro’y berib, unga uglerodlanish deyiladi. 

Ohak gisht va toshdan devor terishda, suvoqchilikda ohak-qum, ohak-shlak va ohak-

sement  qorishmalari  sifatida  ko’p  ishlatiladi.  Ammo  ohakli  qorishmalarni  doimiy  nam 

ta’sir etadigan joylarda, poydevorlar hamda ko’p qavatli uy devorlarini qurishda ishlatish 

mumkin emas. 

Qurilish  gipsi.  Tarkibida  ikki  molekula  suvi  bo’lgan  kalsiy  sulfatli  cho’kindi  tog’ 

jinsi—gipsni (CaSO

4

.2H


2

O), suvsiz gips deb ataluvchi angidrid toshini (CaSO

4

) va ayrim 



sanoat chiqindilarini pishirib gipsli bog’lovchilar olinadi, 1-sort gips ishlab chiqarish uchun 

tarkibida CaSO

4

.2H


2

O ning miqdori 90%, 2-sort uchun esa 65% dan kam bo’lmagan tabiiy 

gips  toshi  ishlatiladi.  Gips  toshi  140—170  °C  da  ko’p  miqdorda  suvni  yo’qotib,  yarim 

suvli, tez qotuvchan gips (CaSO

4

 • 0,5 H


2

O) ga aylanadi. Bunday bog’lovchi qurilish gipsi 

yoki alebastr deb ataladi. 

Gips  suv  bilan  qorishtirilgandan  keyin  tezda  quyuqlashib  qoladi.  Gipsning  qotish 

jarayonida  uning  hajmi  1  %  chamasi  kengayadi.  Bu  undan  me’morchilik  buyumlari 

tayyorlashda, yoriqlarni berkitishda va boshqa maqsadlarda ishlatishga qulaylik tug’diradi. 

Qurilish  gipsi  quyuqlanishining  boshlanishi  4  minutdan  keyin,  ohiri  esa  6  minutdan  30 

minutgacha bo’lishi mumkin. 

Kolloid eritma hosil qiluvchi, yarim suvli gipsning zichligi 2,5  - 32,8 g/sm

3

 , uyum 



tarzida hajmiy massasi 0,8—1,1 g/sm

3

 ga tengdir. 



Suv ta’sir etuvchi inshootlarda qurilish gipsini ishlatib bo’lmaydi. 

Kimyoviy  nuqtai  nazardan  gipsning  qotish  jarayoni  uning  gidratlanishi  bilan 

boshlanadi, ya’ni bunda yarim molekulali suvli gips qaytadan kristall holatdagi ikki suvli 

gipsga aylanadi: 

CaSO

4

 • 0,5H



2

O + 1,5 H

2

O = CaSO


4

 • 2H


2

Aslida  gipsning  qotishi  uchun  kam  suv  talab  qilinsa  ham,  gips  qorishmasini  qulay 



joylanuvchan qilish uchun suv miqdori ko’p olinadi. Buyumning mustahkamligini oshirish 

uchun undagi ortiqcha suv quritish yo’li bilan yo’qotiladi. 

Gipsli bog’lovchilarni tashishda, saqlashda ularga nam ta’sir etmasligi kerak. Ochiq 

joyda  gipsni  bir  oydan  ortiq  saqlash  mumkin  emas. Aks  holda  uning  mustahkamligi  20% 

gacha  kamayadi.  Gips  saqlaydigan  omborlarning  pollari,  albatta,  yog’och  tahtalardan 

qurilgan bo’lishi kerak. 



Gidravlik  bog’lovchi  materiallar.  Gidravlik  ohak.  Tarkibida  8  dan  20%  gacha 

tuproq  bo’lgan  mergelli  ohaktoshni  pishirib,  gidravlik  ohak  olinadi.  Shaxtali  yoki 

aylanuvchi  humdonlarga  solingan  ohaktoshni  800—1000  °C  temperaturada  pishiriladi  va 

tegirmonlarda tortilib, qurilishga yuboriladi. 

So’ndirib va tuyilib olingan gidravlik ohakni suv bilan qorishtirilgandan so’ng ohak 

hamiri hosil bo’ladi. Uning quyuqlanish vaqtidan keyingi qotish jarayoni suvda yoki nam 

ta’sirida ham to’xtamaydi. 

 

Gidravlik ohakning zichligi 2,2—3,0 g/sm



3

 , hajmiy massasi 500—800 kg/m

3



Qo’llanilishi.  Gidravlik  ohakdan  tayyorlangan  qurilish  qotishmalari  gisht  terishda, 



suvoqchilikda,  poydevorlarni  harsangtosh  bilan  terishda  ko’p  ishlatiladi.  Uni  ochiq  joyda 

30 kundan ko’p saqlash mumkin emas. 



Portlandsement  ma’lum  tarkibga  ega  bo’lgan  tabiiy  mergelni  yoki  ohaktosh  va 

loyni  (yoki  shlakni)  obdan  pishirib  olinadi.  Portlandsement  gidravlik  bog’lovchi  modda 

bo’lib,  uning  suvdagi  mustahkamligi  quruqlikdagi  mustahkamligiga  nisbatan  birmuncha 

kattadir. 

Kukun  qilib  tuyilgan  portlandsement  uzatuvchi  trubalar  orqali  nasoslar  yordamida 

silindr shaklidagi po’lat yoki temir-betondan qurilgan minoraga solinadi. Minorada sement 

2—3 hafta saqlangandan keyin maxsus avtomatik tarozilarda tortib (qoplab yoki sisternali 

mahsus mashinada), ishlab chiqarishga yuboriladi. 



Xossalari. Portlandsementning zichligi 3,03—3,15 g/sm

3

, hajmiy massasi (sochilgan 



holatda)  1000—1100  kg/sm

3

.  Sement  suv  qorishmasidan  hosil  bo’lgan  plastik  hamirning 



qotish  jarayoni  sekin  davom  etadi.  Plastik  hamir  avvalo  zichlanadi,  so’ng  quyuqlasha 

boshlaydi.  Sement  hamirining  plastikligi  to’la  yo’qolgandan  keyin,  unda  qotish  jarayoni 

boshlanadi. 

Sementni  suv bilan qorishtirilgandan  keyin unda  gidratasiyalanish va  gidrolizlanish 

deb ataluvchi murakkab fizik-kimyoviy o’zgarishlar boshlanadi. 

Sementning sifati uning siqilishga mustahkamlik chegarasi bilan aniqlanadi. Shunga 

qarab sementning oltita markasi, ya’ni 200, 250, 300, 400, 500, 600 markalari belgilangan. 

Sementning  cho’zilishga  mustahkamligi  siqilishga  mustahkamligiga  qaraganda  10—20 

marta kam. Sement temir bilan yaxshi tishlashadi. Uning bu xossasi temir-beton tayyorlash 

uchun muhim ahamiyatga ega. 

Sanoatimiz  oddiy  portlandsementdan  tashqari  tez  qotadigan  oq  rangli,  sulfatlar 

ta’siriga chidamli, plastiklashtirilgan gidrofob, kislotabardosh, kengayadigan va boshqa xil 

sementlar ham ishlab chiqarmoqda. 

Tez  qotadigan  600  markali  sement  bir  sutkadan  keyin  200—  400  markaga  tushib 

qoladi.  Bunday  sement  hosil  qilish  uchun  klinker  tarkibi  o’zgartiriladi.  Tez  qotadigan 

sement  ishlatib,  namlab,  termik  ishlov  bermasa  ham  1—2  sutka  ichida  tegishli 

mustahkamlikka erishadigan beton buyumlar tayyorlash mumkin.  



Oq  va  rangli  sementlar  pardoz  ishlarida  va  arxitektura  buyumlari  tayyorlashda 

ishlatiladi. Oq sement tarkibida temir oksid va marganes oksid kam bo’lgan xom-ashyodan 

tayyorlanadi, bunday hom ashyo maxsus rejimda pishiriladi. Rangli sement olish uchun oq 

sementga ishqorga chidamli mineral pigmentlar qo’shiladi. 



Sulfat  ta’siriga  chidamli  sement  dengiz  suvi  ta’sirida  turadigan  temir-beton 

konstruksiyalar va qorishmalar tayyorlashga ketadi. 



Plaetiklashtirilgan sement tayyorlash uchun klinker mahsus qo’shimcha bilan birga 

maydalanadi. Bunday sementning plastikligi yuqori bo’ladi, undan tayyorlangan qorishma 

qolipga  yaxshi  joylashadi,  bunday  sement  qorishma  va  betonning  sovuqqa  chidamliligini 

oshiradi hamda suv o’tkazuvchanligini pasaytiradi. 



Gidrofob sement olish uchun klinker gidrofoblashtiradigan (suv shimdirmaydigan) 

qo’shimcha bilan birga maydalanadi. Bunday sementni uzoq vaqt (xatto nam muhitda ham) 

saqlash  mumkin;  bunda  sementning  sifati  pasaymaydi,  u  yuqori  plastiklikka  ega  bo’ladi. 


Gidrofob  sement  qo’shilgan  betonlarning  suv  shimuvchanligi  kam,  sovuqqa  chidamliligi 

esa yuqori bo’ladi. 

Mahalliy  hom  ashyodan  foydalanib,  arzon  sementlar  tayyorlanadi.  Shlakli,  ohak-

shlakli,  ohak-kulli,  ohak-pusiolanli  sementlar  shular  jumlasidandir.  Bu  xil  sementlar  u 

qadar muhim bo’lmagan inshootlarga ishlatiladi. 

Sement  ishlab  chiqarish.  Bu  jarayon  75  ...  80%  tabiiy  kalsiy  karbonat  (ohaktosh 

bo’r  yoki  marmar)  hamda  ma’lum  tarkibga  ega  bo’lgan  20  ...  25%  oson  suyuqlanuvchan 

tuproq  arashlashmasidan  tashkil  topgan  shixtani  bir-biri  bilan  yopishoq  massa  hosil 

qilguncha kuydirishdan iborat. Sement ishlab chiqarish ikki: xo’l va suyuq usullarda olib 

boriladi.  Bizda,  deyarli,  xo’l  usuldan  foydalaniladi.  Xo’l  usul;  homashyo  materiallari 

maydalangandan so’ng, ular aralashtiriladi va suvli muhitda sharli tegirmonda yanchiladi. 

Natijada tarkibida 35 ... 40% suv bo’lgan quyuq suspenziya (pastasimol hosil bo’ladi. Bu 

suspenziyalar  tarkibini  bir  xillashtirish  uchun  ular  basseynlarga  yig’ilib,  yaxshilab 

aralashtiriladi. Hosil qilingan massa (shlam deb ataladi) shu basseynda saqlanadi va kerakli 

miqdordagisi uzluksiz ravishda kuydirish pechlariga o’tkaziladi. 

Pechning  pastki  qismiga  o’txona  joylashtirilgan  bo’lib,  u  yerda  toshko’mir  changi, 

suyuq  qozon  yoqilg’ilari  yoki  tabiiy  gaz  yoqilg’i  sifatida  ishlatiladi.  O’txonadan  chiqqan 

o’ta qizigan kuyindi gazlar shlam xarakatiga qarshi yo’nalishda pechning yuqori tomoniga 

yo’naladi. Shlamdan oldin suv bug’lanadi, sungra gil tuproqli minerallar suv ajralishi bilan 

parchalanadi.  Aralashma  pechning  pastki  qismiga  kela  boshlagan  sari  kalsiy  karbonat 

parchalanib  poroshok  holidagi  kalsiy  oksidga  aylanadi  va  nihoyat  yuqori  temperatura 

(1200...1300°C)  ta’sirida  bu  oksidlar  sun’iy  minerallarga  aylanadi.  Massa  pechning  quyi 

qismiga kelgan sari uning temperaturasi 1400°C ga qadar ko’tariladi va kuyib bir-biri bilan 

yopishib  (chala  suyuqlanib)  donador  massa  —  klinker  hosil  qiladi.  Klinker  sovitish 

kamerasiga  utkaziladi  va  u  2  —  4  hafta  davomida  yetiltirish  maqsadida  omborlarda 

saqlanadi.  So’ngra  sharli  tegirmonlarda  zarrachalar  o’lchami  0,1  mmdan  kichik  holga 

kelguncha yanchiladi. 



Sement pishirish pechlarining o’rtacha unumdorligi 1800 t/sutka yoki 650 ming t/yil.  

 

Download 353.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling