Sovetlarning O’zbekistonda yuritgan iqtisodiy siyosati, uning
mustamlakachilik mohiyati
XX asr 20-yillari boshlariga kelganda o’lka hayoti, erli aholining maishiy -
turmush tarzi nochor ahvolda edi. 1-jahon urushining og’ir asoratlari, yangi sovet
tuzumini o’rnatishda bolshevik hukmdorlarning mahalliy aholiga nisbatan qo’llagan
zo’rlik siyosatining oqibatlari har qadamda ko’zga tashlanib turardi. Sanoat izdan
chiqqan, transport va aloqa vositalari ishlamayotgan, ekin maydonlari payxon bo’lib
ketgandi. Eng yomoni, o’lkada ochlik, qashshoqlik, ommaviy ishsizlik hukm surardi.
Buning ustiga mamlakatda fuqarolar urushi davom etayotgan paytda Sovetlar
hokimiyati tomonidan ishlab chiqilib hayotga zo’rlik bilan joriy etila borgan oziq-ovqat
razverstkasi va u bilan uyg’unlashgan «harbiy kommunizm» siyosati o’lka hayotini yana
ham mushkul ahvolga solib qo’ydi. Sovet hokimiyatini saqlab qolish maqsadida amalga
oshirilgan bu favqulodda siyosat aholining bor-budini tortib olib, uning erki,
mustaqilligini qat’iyan cheklab, savdo, bozor munosabatlariga izn bermay, oqibatda bu
erdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatning yanada murakkablashib borishiga sabab
bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |