£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


O’zbekistonliklar Evropa xaloskorlari


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

O’zbekistonliklar Evropa xaloskorlari  O’zbekistonlik jangchilar Evropa xalqlarini 

fashistlardan ozod etishda ham faol qatnashdilar. 

Evropa xaloskori, birinchi o’zbek generali, 57-gvardiyachi diviziyasining 

qo’mondoni Sobir Rahimov Polshada shonli xotira qoldirdi. Uning diviziyasi Kavkazdan 

Sharqiy Prussiyagacha bo’lgan masofani qattiq janglar bilan bosib o’tdi. Ko’rsatgan 

harbiy jasorati uchun u to’rt marta Qizil Bayroq ordeni, Suvorov ordeni, Qizil Yulduz 

ordeni va ko’plab medallar bilan taqdirlandi. 1943 yil martida unga general-mayor unvoni 

beriladi. 1943 yil may oyidan 1944 yil aprelgacha bo’lgan mudddatda Moskvada oliy 

Harbiy Akademiyada ta’lim oldi. Sobir Rahimov Akademiyani tamomlab, avval 

Belorussiyani ozod etishda, so’ngra Polshaning Grudzyandz, Gnev, Starograd, 

Dzyaddovo shaharlarini ozod etish uchun bo’lgan janglarda sarkardalarga xos harbiy 

san’atini namoyish etdi. 1945 yil 26 martda Gdansk shahrini ozod etish uchun bo’lgan 

jangda qahramonlarcha halok bo’ldi. 

Sobir Rahimovga o’limidan so’ng Qahramon unvoni berildi. Polsha xalqi general 

Sobir Rahimov nomini e’zozlab kelmoqda. Gdansk shahridagi ko’chalar, maktablarga 

general Sobir Rahimov nomi berilgan. 

O’zbekistonliklar Evropa mamlakatlarida avj olgan Qarshilik ko’rsatish harakatida 

ham faol qatnashdilar. Ular dushmanning maxsus lagerlaridan qochib, Chexoslavakiya, 

Polsha, Yugoslaviya, Gretsiya, Frantsiyadagi Qarshilik ko’rsatish harakatiga qo’shilib 

jang qildilar. samarqandlik G.G.Bulatov otryadi Polshada o’nlab ko’priklarni, temir 

yo’llarni portlatdi, dushmanning harbiy qismlari va jangovor texnikasi ortilgan 

eshelonlarni ag’dardi. 1944 yil o’rtalarida Slovakiyada fashistlarga qarshi ko’tarilgan 

milliy qo’zg’olonda o’zbekistonliklardan partizan otryadi komandiri V.F.Melnikov, 

R.Allamov, A.Narzullaev, R.Hamroevlar ishtirok etdi. Yugoslaviyada ko’rsatgan jasorati 

uchun farg’onalik Uksanboy Xolmatov 3 marta Yugoslaviyaning mukofotlariga sazovor 

bo’ladi. 

Frantsiyada 37 millat va elatlarga mansub 2200 sovet harbiy asirlaridan tuzilgan 

partizanlar polki A.A.Kozaryan qo’mondonligida frantsuz partizanlari bilan birgalikda 

jang qilib, Ales, Vilfor, Sen-Sheli shaharlarini, Gar va Lozer departamentining 

qishloqlarini fashistlardan ozod qildilar. Bu janglarda samarqandlik Abdulla Rahmatov, 

Bulung’ur tumanidan Sariboy Shomurodov, toshkentliklar - Rahmon Rahimov, Nasib 

Amirov va boshqalar faol qatnashdi. 

Frantsiyaning janubini ozod etishda ko’rsatgan jasorati uchun qo’qonlik Hoshim 

Ismoilov, toshkentlik: Tojiboy Ziyaev Janna d’Ark kresti ordeni bilan muokfotlandi. 

O’zbekistonliklarning Qarshilik ko’rsatish harakatidagi ishtiroki Evropa xalqlarining 

fashistlar asoratidan xalos qilish harakatiga qo’shgan muhim hissa bo’ldi. 




 

285


Dushman o’ta makkor edi. Harbiy asirlar o’rtasida millatlarni bir-biriga qarshi gij-

gijlash kelib chiqishi nemislardan bo’lgan sovet fuqarolarini qulayliklar yaratish evaziga 

o’ziga xizmatkorlikka olish, sovet hokimiyatiga nisbatan norozilik kayfiyatida bo’lgan 

ayrim musulmon etnik guruhlaridan siyosiy maqsadlarda foydalanishga ham urinib 

ko’rdi. Rozi bo’lmaganlarni ochlik va o’lim bilan qo’rqitar edi, bu usul asirlarga ko’proq 

ishlatilardi. Fashistlar Germaniya Vermaxtining 1942 yil dekabr oyidagi buyrug’ig’a 

binoan harbiy asirlardan «Rus ozodlik armiyasi», «Turkiston legioni», «Volga-Ural 

legioni» kabi harbiy qo’shilmalar tuzishdi, ulardan partizanlarga qarshi kurashda 

foydalanishdi ham. Chet el manbalarida bunday tuzilmalarga jalb etilganlar soni oz emas, 

ko’p emas, qariyb 1 mln. kishiga etganligi ko’rsatiladi. Bunga, ehtimol, Stalinning 

asirlikka tushib qolganlarni vatan xoinlari deb hisoblagani ham o’z ta’sirini ko’rsatgan 

bo’lishi mumkin. Haqiqatda esa ko’pgina harbiy askarlar bunday legionlarga majburan 

kiritilgan edi, ular yashirin guruhlar tuzib partizanlar bilan aloqa bog’lash yo’lini 

qidirganlar. Masalan, 1944 yil yanvarida Gitlerchilar «Turkiston legioni» otryadini 

Chernogoriyaga yugoslaviyalik partizanlarga g’arshi jangga soladi. Otryadlarning birida 

28 o’zbek yigitlari – S.Fayziev, A.Ahmedov, Z.U.Husanov va boshqalar bor edi. Zobit 

S.Fayziev mahalliy aholi bilan aloqa bog’laydi va uning ko’rsatmasi bilan legionchilar 

fashist komandirlarini otib tashlab, qurol-aslahalari bilan toqqa, partizanlar tomoniga 

o’tadi. 1944 yil 25 may kuni 28 o’zbekistonlik legionchilar Yugoslaviyada harakat 

qilayotgan bolgar askarlari bataloniga qo’shilib ketadi. Ular orasida jang qilgan 

toshkentlik Z.U.Husanovning taqdiri ibratlidir. U 1941 yilda Smolenskda yarador bo’ladi, 

tuzalib safga qaytadi va 1943 yil 5 iyulda 228-o’qchi polki safida qahramonlarcha jang 

qilib og’ir yaralanadi. Quroldoshlari u halok bo’ldi, deb hisoblashadi, uyiga bu haqda 

xabar ham yo’llashadi, unga Qahramon unvoni beriladi. Ammo jangchi o’lmay qoladi, 

dushman uni og’ir yarador holda asirga oladi, keyin «Turkiston legioni»ga kiritadi. 

Ziyamat Husanov o’rtoqlari bilan partizanlar tomoniga o’tadi. Priepol shahrida 

fashistlarga qarshi mardona jang qilib, ko’plarini er tishlatadi. O’zi ham og’ir yarador 

bo’ladi, do’stlari uni o’ldi, deb hisoblashgan edi. Yo’q, tirik qolgan ekan, bir mahalliy 

ayol jangchini o’ziga keltiradi, Italiyadagi harbiy kasalxonaga joylashtirishadi. U to’rt 

marta operatsiyani boshidan kechiradi, sog’aygach, o’z yurtiga keladi va Qahramon 

unvoniga sazovor bo’lganligidan xabar topadi. 

Gitlerchi fashistlarning sovet harbiy asirlarini o’z vatandoshlariga qarshi 

urishtirishga qaratilgan siyosiy nayrangi, «Turkiston legioni» tuzishga intilishlari ham 

barbod bo’ladi. Biroq omon qolgan asirlarning taqdiri ham og’ir kechadi. Ular o’z 

Vataniga qaytib kelgach, gumon ostida bo’ldilar, ishga jyolashishda, uy-joyli bo’lishda 

qiynaldilar. O’zbekistonlik harbiy asirlardan 15 mingdan ortiqrog’i yana lagerlarga, endi 

sovet hukumatining lagerlariga tashlandi va ularga shafqatsizlarcha munosabatda bo’lindi. 

Bunday hollar Stalin va uning atrofidagilar yaratgan ishonmaslik va gumonsirash 

vaziyatining oqibati edi. 



 

286


 

 

Urush o’zining so’nggi pallasiga kiradi. 



Berlin uchun qattiq janglar bo’ldi. Qahramonlar - 

Botir Boboev, Tojiali Boboev, Solih Umarov,   

Shuhrat ordenining to’liq kavalerlari Abdulla To’qmoqov va Said Nomozovlar Berlinni 

zabt etishda qahramonlarcha jang qildilar. «Berlinni olinganligi uchun» medali bilan 

o’zbekistonlik jangchilardan 1706 kishi taqdirlandi. Fashistlar Germaniyasi tor-mor etildi. 

Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun medali bilan 109208 o’zbekistonlik jangchi 

taqdirlandi. 

O’zbekistonlik jangchilar Yaponiyaga qarshi urushda ham faol qatnashdilar. Ular 

22-,79-,275-,388-,221-diviziya  va boshqa harbiy qismlarning tarkibida jang qildilar. 

Seysin port shahrini egallashda 335-o’qchi diviziyasida leytenant Fozil Karimov, 

razvedkachi Vali Sulaymonov alohida jasorat ko’rsatdilar. Dushman sohiliga tushirilgan 

desantchilar orasida pulemetchi Nishon Bozorov chaqqonlik bilan jang qilib yaponlarning 

10 ta askari, 2 ta zobitini er tishlatdi. U «Jasorat uchun» medali bilan mukofotlandi. 

Shuningdek, leytenant A.A.Karimov, o’qchi vzvod komandiri, kichik leytenant 

U.Doniyorov, pulemyotchilar qismi komandiri S.Qo’chqorov va boshqalar dushmanga 

qaqshatqich zarba berdilar. 

Shimoliy-sharqiy Xitoy va Koreyani egallab turgan bir millionlik Kvantun armiyasi 

tor-mor qilindi, Janubiy Saxalin, Kurill orollari yapon qo’shinlaridan ozod qilindi. 

Yaponiya tor-mor etildi. 

O’zbekistonliklarning urushda ko’rsatgan mardligi va jasorati yuqori baholandi. 120 

ming o’zbekistonlik jangchilar, jumladan, 70 ming o’zbek yigit va qizlari orden va 

medallar bilan mukofotlandi. 300 ga yaqin askar va komandirlar Qahramon unvoniga 

sazovor bo’lishdi, ularning 75 nafari o’zbeklardir. 32 nafar o’zbekistonlik jangchi uchala 

darajadagi Shuhrat ordeni bilan mukofotlandi. 

6 yil davom etgan, butun insoniyotga og’ir kulfatlar solgan urush tamom bo’ldi. 

Urush insoniyatga juda katta qimmatga tushdi. 50 milliondan ortiq kishi halok bo’ldi, 90 

milliondan ortiq kishi yarador va mayib bo’lib qoldi. Moddiy talafotlar qimmati 4 trillion 

dollardan oshib ketadi. Urush Evropa, Afrika, Osiyo va Okeaniyada turli frontlarda olib 

borildi, fashizmni tor-mor etishda ko’p mamlakatlar qatnashdi. Biroq urushning asosiy  

og’irligi sovet kishilari zimmasiga tushdi. 27 millionga yaqin sovet kishilari urush 

alangasida halok bo’ldi. 18 milliondan ortiq jangchilar yarador va nogiron bo’lib qoldilar. 

O’zbekistondan urushga safarbar etilganlardan 263005 kishi halok bo’ldi, 132 670 

kishi bedarak yo’qoldi, 60 452 kishi urushdan nogiron bo’lib qaytdi. Bu urush tufayli eng 

kamida 400 000 oila bevosita ayriliq azobiga duchor bo’ldi, ularning qarindosh-urug’lari 

nazarga olinsa, butun respublika aholisi motam libosini kiydi. 

Urushga bormaganlarga ham oson bo’lmadi. Yuz minglab vatandoshlarimiz mehnat 

frontida zahmat chekdilar, qish qahratonida diydirab, saraton olovida yonib, o’zi emasdan, 

o’zi kiymasdan, topgan nasibasini frontga jo’natib azob–uqubatlar chekdi. Bir burda non 

tanqis bo’lgan paytlarda o’zbek xalqi urush tufayli uy-joysiz qolgan yuz minglab oilalarga 

boshpana berdi, etim bolalarning boshini siladi. 




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling