£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet322/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Jamoat tashkilotlari. O’zbekistonda turli jamoat tashkilotlari ham faoliyat 

ko’rsatmoqda. Jumladan, O’zbekiston kasaba uyushmalari turli kasb egalari bo’lgan 

xodimlarni jinsi, diniy e’tiqodlari, irqiy va milliy munosabatlaridan qat’i nazar ixtiyoriy 

birlashtiruvchi mustaqil ommaviy jamoat tashkiloti sifatidi faoliyat ko’rsatmoqda. 

Mustaqillik sharoitida ayollarni, ko’p bolali onalarni har tomonlama muhofaza 

qilishni yanada ko’chaytirish, mehnatkash va ijodkor ayollarni bozor iqtisodiyoti bilan 

bog’liq bo’lgan muammolarni hal etishga keng safarbar etish, ilm-fan sohasidagi 

ayollarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida 

Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 1 martdagi O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar 

qo’mitasi to’g’risidagi farmoyishi bilan Xotin-qizlar qo’mitasi tuzildi. O’zbekiston 

Respublikasi Xotin - qizlar qo’mitasining asosiy maqsadi jamiyatda xotin-qizlarning 

rolini oshirish, ularning ma’naviy va madaniy talablarini qondirish, ayollarga ijtimoiy – 

iqtisodiy, huquqiy va psixologik yordam berish, oilani, onalik va bolalikni himoya qilish, 

tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun ayollarning ishtirok etishlarini ta’minlashdan 

iboratdir. 

O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi tarkibida Qoraqalpog’iston 

Respublikasi, 12 ta viloyat xotin-kizlar qo’mitalari, Toshkent shahar xotin-qizlar 

qo’mitasi, 38 shahar, 170 tuman, 14 mingdan ortiq mexnat jamoalari va turar joylarda 

tashkil etilgan xotin-qizlar qo’mitalari faoliyat yuritmoqdalar. Qo’mita qoshida xotin-

qizlar toifalariga qarab tuzilgan turli-tuman professional, ijodiy va boshqa uyushmalar 

ishlamoqda. 

1996 yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Faxriylar 

kengashi - "Nuroniy" jamg’armasiga aylantirildi. 

Mustaqillik yillarida O’zbekistonda aholining keng qatlamlarini birlashtiruvchi 300 

dan ortiq jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlari shakllandi va faoliyat 

ko’rsatmoqda. Shular jumlasiga "Sog’lom avlod uchun" va "Ekosan" xalqaro 

jamg’armalari, "Mahalla" va "Navro’z" xayriya jamg’armalari, iste’dodli yoshlarni 

qo’llab – kuvvatlash maqsadida  "Ulug’bek",  "Iste’dod", "Mehr–shafqat va salomatlik", 

"Bolalar", "Amir Temur", "Alisher Novoiy", "Abdulla Qodiriy" jamg’armalari va 

boshqalar kiradi. 

Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O’zbekiston fuqarolik jamiyati asoslari 

shakllantirildi. Bugungi kunda fuqarolik jamiyatining negizini tashkil etuvchi nodavlat va 

jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini kuchaytirish ustuvor vazifa bo’lib turibdi. 



 

323


 

 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling