£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


tabaqasini shakllantirishdan iborat strategik vazifa amalda ro’yobga chiqdi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet334/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

tabaqasini shakllantirishdan iborat strategik vazifa amalda ro’yobga chiqdi. 2004 

yil boshlarida respublikamizda mulkchilikning nodavlat sektori xususiy mulk egalari

fermer, shirkat va dehqon xo’jaliklari, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar, 

kooperativlar, jamoa mulki, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, jamoat tashkilotlari) ulushi 

90,2 foizga etdi. Davlat tasarrufidagi korxonlar ulushi esa 9,2  foizga tushdi. 

 



 

331


Iqtisodiyotda nodavlat sektorining ulushi, foiz hisobida 

38,1

74,5

10,4

79,9

7,6

87,7

65

99,2

51

98,6

14

69,3

0

20

40

60

80

100

Ялпи

ички

махсулот

Саноат

Кишлок

хужалиги

Пуллик

хизмат

курсатиш

1990 

йил

2004 

йил 1 январь

Mulk shakllarining 2003 yilgi ulushi, foiz hisobida

 

47,8


9,2

40

3



Хусусий мулк

Давлат мулки

Жамоа мулки

Кушма ва ижара мулк

 

 

 



2. Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va rivojlanishi 

 

Mustaqillikning dastlabki yillarida sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab 



chiqarish tobora pasayib bordi, xo’jalik yuritish murakkablashib qolgan edi. Buning 

sababi O’zbekiston iqtisodiy jihatdan qaram bo’lib, korxonalari mustaqil xo’jalik yurita 

olmasdi, boshqa hududlarda joylashgan zavod, fabrikalardan keltiriladigan asbob-uskuna 

va butlovchi qismlarga butunlay qaram edi. Sobiq Ittifoq parchalangach, aloqalar uzildi. 

Natijada ko’pgina korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin kamaydi, ayrimlari 

to’xtab qoldi. Shu boisdan O’zbekistonda iqtisodiy tanglikdan chiqish, makroiqtisodiyotni 

barqarorlashtirish tadbirlari ko’rildi. 

Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun O’zbekiston iqtisodiyotda 

tarkibiy o’zgarishlar qilish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga qodir 

korxonalar qurish va buning uchun zarur investitsiyalar ajratish yo’llaridan bordi. 

Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar uchun zarur mablag’lar davlat byudjeti va 

aholi jamg’armalari hisobiga ajratildi. 1991-2002 yillarda iqtisodiyotga jalb 

etilgan jami investitsiyalar 28,4 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. 



 

332


Xalq xo’jaligi tarkibini qayta qurish maqsadida chet el investitsiyasini jalb 

qilish choralari ko’rildi. «Chet el investitsiyalari to’g’risida», «Chet ellik 

investorlar huquqlarini kafolatlari va ularni himoya qilish choralari 

to’g’risida»qonunlar qabul qilindi. Chet el investitsiyasini O’zbekiston 

iqtisodiyotiga jalb qilish bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro 

moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlarning investitsiya yoki 

moliyaviy kredit resurslari shaklida amalga oshirildi. Iqtisodiyotga kiritilayotgan 

xorijiy investitsiya salmog’i yildan yilga o’sib bordi. 1992-1999 yillarda 

iqtisodiyotda 4,4 mlrd. AQSh dollari hajmida chet el investitsiyalari 

o’zlashtirildi. 1999 yilning o’zida iqtisodiyotning ustuvor tormoqlari 1 mlrd. 324 

mln. AQSh dollari miqdorida chet el investitsiyalari o’zlashtirildi. 1991-2002 

yillarda Respublika iqtisodiyotida o’zlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 14 

mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat 

ko’rsatayotgan korxonalar soni 2003 yilda  2087 taga etdi.  




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling