O’zbekiston Respublikasi bilan
Turkmaniston Respublikasi o’rtasida do’stlik va
hamkorlik
to’g’risida shartnoma imzolandi. Bu shartnoma ikki davlat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy,
madaniy aloqalarga negiz bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston Prezidenti I.Karimov 1996 yil 16 yanvar kuni amaliy tashrif
bilan Turkmanistonda bo’ldi. Chorjo’y shahrida S.Niyozov bilan I.Karimov
o’rtasida va ikki mamlakat delegatsiyalari o’rtasida muzokaralar bo’ldi.
Prezidentlar O’zbekiston bilan Turkmaniston o’rtasida do’stlik, hamkorlik va
o’zaro yordam to’g’risidagi shartnomani, O’zbekiston bilan Turkmaniston
o’rtasida davlat chegarasini qo’riqlashda hamkorlik qilish to’g’risidagi va suv
xo’jaligi masalalari bo’yicha bitimlarni imzoladilar.
Ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida esa sarmoyalarni rag’batlantirish va
o’zaro himoyalash, havo yo’li, bojxona ishlarida hamkorlik va o’zaro yordam,
uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo’nalishlari, daromad va
mulkdan ikki yoqlama soliq olmaslik, madaniyat, ta’lim sog’liqni saqlash,
sayyohlik va boshqa sohalarda hamkorlik qilish to’g’risidagi 20 dan ziyod
bitimlar imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |