abadiy do’stlik shartnomasi imzolangan.
O’zbekiston va Qozog’iston Prezidentlarining Toshkentda 2000 yil 20-21
aprel kunlari bo’lgan uchrashuvida ikki davlat chegaralarini aniq belgilab olishga
bag’ishlangan uchrashuvi bo’ldi. Muzokaralar yakunida «O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va Qozog’iston Respublikasi Prezidenti
N.A.Nazarboevning qo’shma bayonoti» imzolandi. Ikki mamlakat mustaqilligi
va chegaralari daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan bu hujjat ikki tomonlama
hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va chuqurlashtirishda muhim
ahamiyatga egadir. «Davlat rahbarlari, - deyiladi qo’shma bayonotda, -
O’zbekiston Respublikasi bilan Qozog’iston Respublikasi o’rtasidagi chegara
ikki davlat qardosh xalqlarini birlashtiruvchi tinchlik, do’stlik va yaxshi
qo’shnichilik chegarasi bo’lib qolishda yakdildirlar». 2001 yil 16-17 noyabr
kunlari O’zbekiston Prezident Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Qozog’istonda
bo’ldi. Ikki davlat Prezidentlari O’zbekiston-Qozog’iston davlat chegarasi
to’g’risida Shartnomani imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi chegaraning 96 foizi
belgilab olindi. Qolgan qismini kelishuv asosida delimatatsiya qilishga kelishildi.
10 oy davomida bu borada tegishli ishlar amalga oshirildi. 2002 yil 9 sentyabrda
Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursultan Nazarboevning taklifiga binoan
Islom Karimov Ostona shahriga tashrif buyurdi. «O’zbekiston-Qozog’iston
davlat chegaralarining alohida uchastkalari to’g’risida bitim» imzolandi. Ikki
mamlakat o’rtasidagi chegaraga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o’z
echimini topdi. Ikki mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2002 yilning
birinchi yarmida 124 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. 2002 yilda O’zbekistonda
Do'stlaringiz bilan baham: |