£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malayziya va Indoneziya
- O’zbekiston Respublikasi bilan
O’zbekiston va Janubiy
Koreya hamkorligi O’zbekiston va Yaponiya aloqalari 381
tashqi ishlar bo’yicha munosabatlar haqida hujjat imzolandi. O’zbekiston delegatsiyasi mashhur Panasonik kontsernida bo’ldi va uning rahbariyati bilan O’zbekistonda filial ochishga kelishildi. Respublikamiz shaharlarida Panasonik mahsulotlarini sotish yo’lga qo’yildi. Yaponiya O’zbekistonga 100 mln. AQSh dollari hajmida beg’araz yordam berdi. O’zbekistonda Yaponiyaning dunyoga mashhur «Mitsui», «Mitsubisi», «Sumitoto», «Tomen», «Marubeni», «Nishe Ivai» korporatsiyalarining doimiy vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Ular bilan O’zbekiston tashqi iqtisodiy vazirligi o’rtasida hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolangan. Yaponiya hukumati, o’nlab firma va kompaniyalar Ko’kdumaloq, Sho’rtan neft-gaz konini o’zlashtirishda, Buxoroda neftni qayta ishlash zavodini qurishda, Farg’ona neftni qayta ishlash zavodini ta’mirlashda, telealoqa tarmoqlarini ta’mirlashda o’z sarmoyalari bilan qatnashdi. O’zbekiston Yaponiya bilan hamkorlik qilishga alohida e’tibor berayotganligi sababli 1999 yil aprel, 2001 yil may oylarida Yaponiyaning “Keydzay Doyukay” korporativ rahbarlar uyushmasining Prezidenti Koichi Minaguchi boshchiligidagi delegatsiya O’zbekistonga tashrif buyurdi. “Keydzay Doyukay” uyushmasi tashabbusi bilan Yaponiya O’zbekistonga imtiyozli kreditlar ajratmoqda. Yaponiya hukumatining «Taraqqiyotga rasmiy yordam» dasturi doirasida O’zbekistonda telekommunikatsiya, transport infratuzilmasi va ta’lim sohalaridagi loyihalar ijrosi uchun 560 mln. AQSh dollari miqdorida imtiyozli davlat krediti berildi. Yaponiya xalqaro hamkorlik banki esa yoqilg’i-energetika va to’qimachilik sohalari uchun O’zbekistonga 720 mln. AQSh dollari miqdorida kredit berdi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2002 yil 28-31 iyul kunlari Yaponiya hukumatining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo’ldi. Yaponiya bosh vaziri Dzunitiro Koidzumi va imperator Akixito bilan samimiy uchrashuvlar, suhbatlar bo’lib o’tdi. Tashrif natijasida O’zbekiston Respublikasi va Yaponiya o’rtasida: ¾ do’stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to’risida Qo’shma Bayonot; ¾ iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va O’zbekistondagi islohotlarni qo’llab- quvvatlash to’g’risida Qo’shma Bayonot»; ¾ ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari hamkorligi, O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining «Mitsubisi», «Mitsui», «Marubeni», «Nishe Ivai» korporatsiyalari bilan hamkorligi, O’zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat banki bilan «Bank of Tokyo-Mytsubisi» o’rtasida imtiyozli kredit borasidagi va boshqa jami 14 ta hujjat imzolandi. Safar natijasida O’zbekiston bilan Yaponiya o’rtasidagi hamkorlik yangi, strategik bosqichga ko’tarildi. 382
1995-2002 yillarda Yaponiyaning O’zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan kreditlari miqdori 1,6 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. O’zaro tovar ayirboshlash hajmi yildan yilga oshib bormoqda. O’zbekistonda 10 dan ortiq O’zbekiston-Yaponiya qo’shma korxonalari barpo etildi va faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekistonning Tinch okean havzasi mamlakatlari - Malayziya va Indoneziya bilan davlatlararo aloqalari o’rnatildi. Bu borada O’zbekiston Prezidenti I.Karimov boshliq davlat delegatsiyasining 1992 yil iyun oyidagi Malayziya va Indoneziyaga safari muhim ahamiyatga egadir. Safar kunlarida O’zbekiston va Malayziya o’rtasida iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi. Shuningdek, O’zbekiston va Indoneziya o’rtasida diplomatak aloqalar o’rnatash bo’yicha qo’shma axborot, ikki tomonlama munosabatlar bo’yicha qo’shma bayonot, iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik to’g’risida bitim imzolandi. 1995 yil 8-10 aprel kunlari Indoneziya Respublikasi Prezidenti Suxarto rasmiy tashrif bilan O’zbekistonda bo’ldi. Muzokaralar nihoyasida O’zbekiston Prezidenti I.Karimov va Indoneziya Prezidenti Suxarto O’zbekiston Respublikasi bilan Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling