1922 yil 30-31 dekabr
Moskvada Butunittifoq sovetlarining I s’ezdi bo’ldi. Unda SSSR
tuzish to’g’risidagi Deklaratsiya va ittifoq Shartnomasi imzolandi.
1923 yil 5-9 mart
Toshkentda O’rta Osiyo Respublikalarining I iqtisodiy
konferentsiyasi bo’ldi. Unda O’rta Osiyo iqtisodiy Kengashi
(Sredazbyuro) tuzildi.
1924 yil
Hukmron Markaz rahbarligida O’rta Osiyoda milliy-davlat
chegaralanishi amalga oshirildi.
1924 yil 27 oktyabr
O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi e’lon
qilindi.
1925 yil 6-12 fevral
O’zbekiston kompartiyasining I ta’sis s’ezdi bo’lib o’tdi. Unda
O’zbekiston Kompartiyasi tuzilganligi rasmiylashtirildi.
1925 yil 13 fevral
Buxoroda Butuno’zbek sovetlarining I qurultoyi ochildi. Unda
“O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi
to’g’risidagi Deklaratsiya” qabul qilindi.
1925 yil may
O’zbekiston SSR SSSR tarkibiga kiritildi.
1928 yil
Arab imlosi asosidagi o’zbek yozuvidan lotin yozuviga o’tildi.
1931 yil
Toshkent Moliya instituti tashkil etildi.
1933 yil
Toshkentda observatoriya ochildi.
1937 yil
Moskvada 1 o’zbek san’ati va adabiyoti dekadasi bo’lib o’tdi.
1939 yil
Farg’ona kanali qurildi.
1939 yil
Birinchi ovozli o’zbek kinofilmi – “Azamat” yaratildi.
1940 yil
O’zbekistonda lotin yozuvidagi alfavitdan krillitsa yozuviga
o’tildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |