3. O’rta Osiyo xalqlari arablar istilosi va hukmronligi davrida
VI asrning o’rtalariga qadar Arabiston yarim orolida yashagan qabila,
urug’larning hayot tarzi qoloq bo’lib, ularning mutloq ko’pchiligida ibtidoiy-
patriarxal tuzum munosabatlari hukm surgan. Ko’chmanchi badaviy oilalari,
urug’lari o’z chorva mollari uchun er-suv, o’tloq qidirib keng sahrolar bo’ylab
kezib yurganlar. Faqatgina yarim orolning Qizil dengizga tutash Hijoz vohasi va
janubiy Yamanda ahvol birmuncha boshqacharoq bo’lib, bu hududlarda arab
qabilalari asosan o’troq hayot kechirgan, savdo-sotiq, hunarmandchilik ham
ancha rivoj topgan edi. Ayniqsa Hijozning bosh shahri - Makka xalqaro karvon
savdosining muhim markazi hisoblangan. Makkalik quraysh qabilasi
savdogarlarining turli mintaqalar bilan bog’langanligi, savdo-tijorat va
hunarmandchilik ishlarining kuchayib borishi pirovardida tarqoq arab qabila,
urug’larini birlashtirish va markazlashgan kuchli davlat tuzishda etakchilik o’rni
egallashiga ikkoniyat yaratdi Makka aholisi tevaragida ko’chmanchi arab
qabilalarining birlashuvi jarayoniga turtki bergan yana bir muhim omil - bu shu
erlik quraysh qabilasining hoshimiylar urug’idan chiqqan payg’ambarimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |