£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
XIII-XIV asrlarda etishib chiqqan badiiy adabiyot namoyandalari ¾ Jaloliddin Rumiy (1207-1273) («Masnaviyi ma’naviy») ¾ Muslihiddin Sa’diy Sheroziy (1219-1293) («Guliston», «Bo’ston») ¾ Qutb («Xusrav va Shirin») ¾ Xorazmiy («Muhabbatnoma») ¾ Sayfi Saroyi («Suxayl va Guldursin», «Gulistoni bit turkiy») ¾ Amir Xisrav Dehlaviy (1253-1325) («Xamsa»)
131
Jumladan, XIII asrning ikkinchi yarmi hamda XIV asrning birinchi yarmida yashab, ijod etgan yurtdosh daho shoirimiz Pahlavon Mahmud ijodi bu jihatdan ibratlidir. Uning tug’ilgan yili noma’lum bo’lib, vafot etgan davri manbalarda 1322 yil deb ko’rsatiladi. U hunarmand oilada dunyoga kelgan. O’zi ham po’stindo’zlik bilan shug’ullangan, o’z zamonasining ilg’or, ma’rifatparvar kishilaridan bo’lgan. Pahlavon Mahmud nomi bilan zikr qilingan barcha tazkiralarda u g’azal, ruboiy janrlarida samarali ijod qilgan shoir sifatida tilga olinadi. Biroq, Mahmudni elga mashhur etgan, avlodlar ehtiromiga sazovor qilgan narsa, bu, eng avvalo, uning otashnafas ruboiylaridir. Shoirning ijtimoiy, falsafiy qarashlari ham uning ruboiylari mazmunida aks etgan. Umuman Pahlavon Mahmud she’riyatida keng ma’nodagi hayotiy voqealar, insoniy kechinmalar, chuqur axloqiy, falsafiy qarashlar ifodalanganki, bu hol shoirning o’z davrining ijtimoiy- siyosiy jarayonlariga faol munosabatda bo’lganidan dalolat beradi. XIII asr oxiri va XIV asr birinchi choragida Turkistonda kechgan adabiy jarayonni Burhoniddin o’g’li Nosiriddin Rabg’uziy ijodisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ayniqsa bunda uning qalamiga mansub «Qissai Rabg’uziy» asari adib nomini asrlar osha sarbaland etib kelmoqda. Bu asar ilk o’zbek nasrining dastlabki namunasi sifatida qimmatlidir. Rabg’uziy asaridagi dunyoviy ruh bilan sug’orilgan ko’plab she’riy parchalar g’azalchilik janrining keyingi rivoji uchun ham ayricha ahamiyat kasb etadi. Tarixnavis ham taraqqiy topdi. Juzjokiyning «Tabaqoti Nosiriy» («Nosir turkumlari»), Juvayniyning «Tarixi jahonkushoy» («Jahon fotihi tarixi»), Rashididdin G’azlullohning «Jome at-tavorix» («Tarixlar to’plami») kabi tarixiy asarlarda o’sha davr tarixiga doim qimmatli tarixiy manbalardir. Shunday qilib, XIII-XIV asrlar davomida Movarounnahr hududi mo’g’ullar hukmronligi bilan bog’liq tarzda qanday ziddiyatli, murakkab jarayonlarni o’z boshidan kechirmasin, uning ko’hna madaniyati, ilm-urfoni an’anaviy ravishda o’ziga yo’l topib, rivojlanishda davom etadi. Xalq dahosi, ijodkorligi uning salohiyatli namoyandalari sa’y- harakatlari, tashabbuslari ila sayqal topib, yangi - yangi qirralar kashf etib boradi. Bu esa, shubhasiz, o’lka xalqlari ma’naviy merosi, qadriyatlarining mazmunan boyib, yuksalishiga ijobiy ta’sir ko’rsatib borgan. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling