VII BOB. AMIR TEMUR DAVRIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGINING
YUKSALISHI. IJTIMOIY-SIYOSIY, IQTISODIY VA MADANIY HAYOT
Tayanch so’z va iboralar: Siyosiy tarqoqlik. Amir Temur. Amir Temur-
markazlashgan davlat asoschisi. Amir Temur yurishlari. Temur tuzuklari. Movorounnahr.
Xuroson. Shohruh Mirzo. Mirzo Ulug’bek. Husayn Bayqaro. Madaniyat. Ulug’bek
akademiyasi. Alisher Navoiy.
1. Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi. Markaziy davlat
boshqaruvining takomillashuvi
Amir Temur Vatanimiz tarixida, o’zbek davlatchiligi taraqqiyotida beqiyos xizmat
ko’rsatgan shaxs. Amir Temur jahon xalqlari tarixida buyuk davlat arbobi, mashhur
sarkarda sifatida e’tirof topgan yorqin siymodir.
Afsuski, Amir Temur nomi sobiq mustamlakachilik va mustabid tuzum davrida
qoralanib, avlodlar nazaridan chetga surilib kelindi. Biroq o’zbek davlatchiligini qayta
tiklagan, buyuk davlat darajasiga ko’targan, jahonga shuhrat taratgan Amir Temurning
tarixiy xizmatini jahon afkor ommasi nazaridan yashirish, uni qatag’onlik zanjirida ushlab
turish vaqti o’tdi. Milliy istiqlol tufayli o’z ona tariximizni xolisona yoritish, tarixiy
haqiqatni qaror toptirish barobarida Amir Temur bobomizning nomini, nuroniy qiyofasini
tiklash baxtiga muyassar bo’ldik. Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1996
yilning Amir Temur yili deb e’lon qilinishi va shu yili buyuk bobokalonimiz tavalludining
660 yilligini mamlakatimizda hamda YuNESKO tashabbusi bilan butun dunyo
miqyosida keng nishonlanishi - bu hozirgi minnatdor avlodlarning, qolaversa, jahon
ahlining bu buyuk zotga, uning ulug’vor ishlariga bildirgan cheksiz hurmati va e’zozi
ramzidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |