£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

 

 

 

Amir Temur 

tomonidan 

markazlashgan 

qudratli 

davlatga asos 

solinishi 

¾  1361-1365 yillar Mo’g’iliston xoni Tug’luq Temur va uning 

o’g’li Ilyosxo’jaga qarshi urush. 

¾  1370 yili Amir Husaynga qarshi Balxga yurish va uni bartaraf 

etish. 

¾  1370-1371 yillarda Farg’ona, O’tror, Yassi, Toshkent, Hisor, 

Badaxshon, Qunduz bo’ysundirildi. 

¾  1381 yili Hirot, Seiston, Mozandaron, Saraxs, Sabzavor 

bo’ysundiriladi.  

¾  1371-1389 yillarda jami 7 marta Mo’g’uliston hukmdori Amir 

Qamariddinga qarshi jangu jadallar olib borish va sharqiy, 

shimoliy hududlarning yurtga birlashtirilishi 

¾  1371, 1373, 1375, 1379, 1388 yillarda Xorazmdagi so’fiylar 

sulolasi hukmdorlari: Husayn, Yusuf va Sulaymon So’fiylarga 

qarshi olib borilgan urushlar va Xorazmning yurt tarkibiga 

qo’shib olinishi 

 

Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turganidek, Amir Temur o’z saltanati tarkibiga 



Xorazm mulkini ham qo’shib olish uchun ko’p sa’y-harakatlarda bo’ldi. Chingizxon 

tomonidan Jo’ji ulusiga berilgan Xorazm erlari Oltin O’rdadan mustaqil bo’lib ajralgan 

bo’lib, hokimiyat tepasida Qo’ng’irot so’filari turardi. Keyinroq ikkiga bo’linib, janubiy 

qismi Chig’atoy ulusiga bo’ysundirilgan edi, ammo Qo’ng’irot so’filari janubiy qismni 

ham fatx etadi. Amir Temur esa butun Xorazmni o’z ulusining tarkibiy qismi deb hisoblar 

edi. Shu boisdan Xorazmni o’z tasarrufiga kiritish uchun bir necha marta yurish qiladi. 

1388 yilgi so’nggi Xorazm yurishi natijasida Sulaymon So’fiy hukmronligi ag’darilib, bu 

o’lka Temur saltanati tarkibiga uzil-kesil qo’shib olindi.  

Shunday qilib, Amir Temur bir necha yillar davom etgan qonli va qonsiz 

kurashlar, muhim tadbirlar, kezi kelganda diplomatik aloqalarni muvaffaqiyatli qo’llanish 

natijasida mamlakatni mo’g’ullar zulmidan ozod etdi, siyosiy tarqoqlik, o’zaro nizolarni 

bartaraf qildi. Movarounnahr va Xuroson hududlari birlashtirilib, yagona markazlashgan 

davlat barpo etishga muvaffaq bo’lindi.  

Amir Temur kuchli, markazlashgan davlat barpo etish barobarida o’z qudratini 

jahonga mashhur qilish, hududlarini kengaytirish maqsadida XIV asrning 80 yillaridan 

e’tiboran xorijiy yurtlar tomon ko’plab harbiy yurishlar uyushtiradi. Uning 1386-1388 

yillardagi «uch yillik», 1392-1396 yillardagi «besh yillik» va nihoyat 1398-1404 

yillardagi «etti yillik» yurishlari xuddi shu maqsadlarga qaratilgandi. Bu harbiy yurishlar 

davomida Eron, Kavkaz orti hududlari, shimoliy Hindiston, Suriya, Iroq erlari, Kichik 



 

137


Osiyoning talay qismi egallanadi. Shu tariqa, qudratli saltanat vujudga kelib, uning 

dovrug’i butun olamni tutdi. Biroq kezi kelganda shuni ta’kidlash joizki, Sohibqironning 

ko’plab jahongirlik yurishlariga faqat bir yoqlama nuqtai nazardan baho berib bo’lmaydi. 

Negaki, bu yurishlar goho mamlakat hududlariga tajovuz qilgan ajnabiy kuchlarga zarba 

berish, goho muqaddas islom ta’limoti g’oyalarini, ularning tahqirlovchilaridan himoya 

qilish yohud Sohibqiron yurtiga muttasil dushmanlik qilib kelgan xorijiy davlatlarga 

nisbatan so’nggi chora sifatida amalga oshirilgan. Jumladan, Amir Temurning Oltin 

O’rda xoni To’xtamishga qarshi bir necha marta (1389, 1391, 1394-1395 yy.) olib borgan 

jangu jadallari, eng avvalo, yurt osoyishtaligi, uning hududiy yaxlitligini ta’minlash 

maqsadiga yo’naltirilgan edi. Ayniqsa To’xtamishning Xorazm erlariga da’vosi bunda 

muhim sabablardan biri bo’lgan. Amir Temur tomonidan Oltin O’rdaning mavh etilishi 

esa, tabiiyki, uning tarkibiga kirgan hududlarning, chunonchi, rus knyazliklarining 

mustaqillikka erushuvida ayricha ahamiyatga ega bo’lganligi ham tarixiy faktdir. 

Shuningdek, Sohibqiron qo’shinining Turkiya sultoni Boyazid kuchlari bilan 1402 

yilda Anqara yaqinida bo’lib o’tgan hayot-mamot urushi ham, avvalo, turk sultonining 

qaysarligi, manmanligi, murosasizligi, adolat talabiga qo’l siltaganligi orqasida yuz 

bergan. Bu beomon jangni o’z foydasiga hal etgan Amir Temur esa ayni paytda o’z 

qudratini nafaqat Sharqda, balki G’arbda ham namoyish etishga musharraf bo’ldi. Shu 

buyuk g’alabadan so’ng G’arbiy Evropaning Angliya, Frantsiya, Ispaniya singari nufuzli 

davlatlari va ularning hukmdorlari Amir Temur bilan yaqindan aloqa bog’lash, hamkorlik 

qilish, ayniqsa savdo-sotiq munosabatlarini o’rnatishga faol yo’l tutganliklari shundan 

yaqqol dalolatdir. Darhaqiqat, Amir Temurning naqadar uzoqni ko’ra bilish salohiyatini 

uning Evropa hukmdorlari – Frantsiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix 

IV (1399-1413), Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390-1407) bilan diplomatik 

aloqalari va yozishmalaridan ham bilsa bo’ladi. U jumladan, Frantsiya qiroli Karl VI ga 

yo’llagan maktubida savdo aloqalarini yo’lga qo’yishni taklif qilib «Dunyo savdo ahli 

bilan obod bo’lajak», degan fikrni bildirgan edi. Frantsiya qiroli 1403 yil 15 iyunda 

yozgan javob xatida taklifni mamnuniyat bilan qabul qilganini bildiradi. Bu davrga kelib 

Buyuk ipak yo’li shuhratining yanada ortishi davomida Movarounnahr va Xuroson 

dunyoning turli mamlakatlari bilan har jihatdan yaqindan bog’lanib, xalqaro karvon 

savdosining eng muhim markaziga aylandiki, bu esa Vatanimizning iqtisodiy, madaniy 

va ma’naviy yuksalishiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatdi. 

Amir Temur qudratli saltanatni vujudga keltirar ekan uni omilkorlik bilan idora 

qilish, boshqaruv tizimini yanada takomillashtirib borishga ham alohida ahamiyat berdi. 

U o’zbek davlatchiligining Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, 

Xorazmshohlar davrida tarkib topib, rivojlanib borgan tizimi, tartib-qoidalari, huquqiy 

asoslarini yangi tarixiy davrning talab, ehtiyojlariga moslab yanada takomillashtirdi, 

ularga yangicha ruh, mazmun va sayqal berdi. 

Amir Temur o’zigacha shakllangan o’zbek davlatchiligining asoslariga izchil amal 

qilish bilan birga ularni mazmunan boyitishga jiddiy ulush qo’shdi.  

Amir Temur milliy davlatchilik asoslarini rivojlantirishda, jamiyat rivojida barcha 

ijtimoiy tabaqalar faoliyatini nazarda tutish va ularning manfaatlarini ta’minlashga alohida 

e’tibor berdi. Shundan kelib chiqib Amir Temur dunyo tarixida birinchi bo’lib jamiyat 



 

138


ijtimoiy tarkibini 12 tabaqaga ajratib, ularning har birining alohida mavqei, manfaatlarini, 

shunga muvofiq keladigan davlat va jamiyatning o’zaro munosabatlarini belgilab bergan.  

Uning davrida boshqaruv ikki idoradan, ya’ni dargoh va vazirliklardan iborat 

bo’lgan. Dargoh tepasida oliy hukmdorning o’zi turgan. Mamlakat va davlat ahamiyatiga 

molik masalalar uning ko’rsatmasi bilan hal etilgan. 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling