£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Qurolli harakat mag’lubiyatining
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
Qurolli harakat mag’lubiyatining
sabablari va oqibatlari 218
bo’lishida, bugungi baxtiyor avlod kishilarining mustaqillik oliy ne’matidan to’la bahra topishida o’sha 20–30-yillarda bobokalonlarimiz qilgan ulkan sa’y – harakatlar, to’kkan qutlug’ qonlar, bergan bemisl qurbonlarning ibrati oz muncha emas. Ularning yorqin, porloq xotirasi hozirgi minnatdor avlod kishilarining yodida, shuurida hamisha saqlanadi, faxr – iftixor tuyg’usi bilan eslanadi.
1. 1917 yilgi fevral inqilobi Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida qanday o’zgarishlarni yuzaga keltirdi? 2. “Sho’roi Islomiya” tashkiloti qanday maqsadlar yo’lida tashkil etilgandi? Uning faoliyati haqida nimalarni bilasiz? 3. Qanday kuchlar “Sho’roi Ulamo” tashkilotini tuzdilar? 4. Nima sababdan «Sho’roi Islomiya» va “Sho’roi Ulamo” o’rtasida bo’linish yuz berdi? 5. Umumturkiston musulmonlari I qurultoyida qanday masalalar hal qilindi? 6. Umumturkiston musulmonlari II qurultoyi haqida nimalarni bilasiz? 7. Turkistonda Sovet hokimiyati qay tarzda yuzaga keldi? 8. Turkistonda tuzilgan birinchi sovet hukumati - Xalq Komissarlari Soveti tarkibini siz qanday baholaysiz? 9. Turkiston Muxtoriyati tuzilishini taqozo qilgan asosiy omillar deb nimalarni bilasiz? 10. Turkiston Muxtoriyati zimmasiga qanday tarixiy vazifalar yuklangan edi? 11. Turkiston Muxtoriyatini halokatga olib kelgan asosiy sabablar nimalardan iborat? 12. Turkiston avtonom (muxtor) sovet sotsialistik respublikasining tuzilishi qanday maqsadlarni ko’zda tutardi? 13. Nima uchun Farg’ona vodiysi sovetlar zo’ravonligiga qarshi qurolli qarshilik harakatining asosiy markazlaridan biriga aylangan? 14. Bu qarshilik harakatining taniqli namoyandalari kimlar? 15. 1917 yilgi fevral va oktyabr o’zgarishlari ta’sirida Xiva va Buxoroda ijtimoiy-siyosiy vaziyat qay tarzda rivojlanib bordi? 16. Yosh xivaliklarning maqsadi nimalardan iborat edi? 17. Xiva xonligi qanday yo’sinda tugatildi? 18. Yosh buxoroliklar kimlar? Ularning rahnamolaridan kimlarni bilasiz? 19. Buxoro amirligi qanday tarzda ag’darildi? 20. Xiva xonligi va Buxoro amirligi o’rnida qanday respublikalar tuzildi?
|
ma'muriyatiga murojaat qiling