£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
XI BOB. SOVET HOKIMIYATINING O’ZBEKISTONDA AMALGA
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Yagona Turkiston g’oyasi»
XI BOB. SOVET HOKIMIYATINING O’ZBEKISTONDA AMALGA
OSHIRGAN IJTIMOIY-SIYOSIY, IQTISODIY TADBIRLARI VA ULARNING MUSTAMLAKACHILIK MOHIYATI Tayanch so’z va iboralar: Shovinistik milliy siyosat. Milliy davlat chegaralanishi. O’zbekiston SSR. Er-suv islohoti. Industrlashtirish. Yoppasiga jamoalashtirish. Xalq xo’jaligini qayta tiklash. Paxta yakkahokimligi. Orol fojiasi. Sanoat. Transport. Ijtimoiy hayot. 1. O’rta Osiyoda o’tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi. O’zbekiston SSRning tuzilishi Milliy siyosat Bolsheviklar partiyasi bosh bo’lgan sovet hokimiyati Turkiston mustaqilligi uchun kurashgan vatanparvar kuchlar harakatini daf etishga muvaffaq bo’lgach, endilikda bu hududda uzoqqa mo’ljallangan o’z makkorona rejalarini amalga oshirishga kirishdi. Shu maqsadni ko’zlab u XX asrning 20-yillari boshlaridan bu zaminda mustamlakachilarga xos «orani buz, hokimlik qil» qabilidagi o’z milliy siyosatini hayotga izchil tadbiq etish yo’lini tutdi. Aslida sovetlarning milliy siyosati chorizmning ko’p zamonlar bu yurtda yuritib kelgan shovinistik, ulug’ davlatchilik siyosatidan mohiyat e’tibori bilan farq qilmasdi. Faqat uning shakli-shamoyili o’zgargan edi, xolos. Gap shundaki, chorizm hukmronligi davrida chekka o’lkalar xalqlari ochiq-oshkora tarzda kamsitilar, ularning insoniy qadr-qimmati, or-nomusi, asliy milliy qadriyatlari tahqirlanar edi. Sovet mutasaddilari esa o’zlarining niqoblangan soxta ishlari, yolg’on-yashiq va’dalari bilan mazlum millat kishilarini o’z hukmlariga bo’ysundirishga intildilar. Turkiston xalqlari o’z milliy davlatchiligini tiklash va rivojlantirishga intildi. 1920 yil yanvarida bo’lib o’tgan Turkiston Kompartiyasining V o’lka konferentsiyasida Turkiston ASSR MIQ raisi T. Risqulov so’zga chiqib «Yagona Turkiston g’oyasi»ni ilgari suradi, asosan turkiy xalqlardan iborat Turkiston ASSRni Turk Respublikasi, Turkiston Kompartiyasini Turk kompartiyasi, deb o’zgartirishni taklif qiladi. Bu takliflar konferentsiyada, shuningdek, o’lka ijtimoiy-siyosiy hayotida, RKP(b) Markazqo’mi, uning Siyosiy byurosi, sovet hokimiyati doiralarida turli bahslarga sabab bo’ladi. T.Risqulov takliflari millatchilik, og’machilik ruhidagi qarashlar deb baholandi. T.Risqulov, N.Xo’jaev va boshqalar tarkibida tuzilgan delegatsiya Moskvaga borib, sovet hukumati oldiga Turkkomissiyani tugatish, Turkistonga o’z qurolli kuchlariga ega bo’lish huquqini berish, Sharq mamlakatlari bilan aloqa o’rnatishda Turkiston hukumatiga mustaqillik berish kabi talablarni qo’ydilar. Shu boisdan «Turkiston masalasi» bir necha bor Markazda, RKP(b) Markaziy Qo’mitasi Siyosiy byurosining 1920 yil mart-iyun oylaridagi majlislarida muhokama qilindi. Oqibatda natija shunday bo’ldiki, mazlum xalqlar «dohiysi» va «najotkori» Lenin, bu masalani 1920 yil 29 iyulida ko’rgan RKP(b) Markazqo’mi Siyosiy byurosi turkistonlik delegatsiya iltimosnomasiga ijobiiy baho bermadi. Buning aksicha, Sovet hukumati va partiya
220
rahbariyati o’lkadagi vaziyatni tezlikda bartaraf etish uchun shoshilinch tarzda «RKP(b)ning Turkistondagi asosiy vazifalari to’g’risida» degan nom ostida bir necha qarorlar qabul qildi. Jumladan, o’lka hayoti ustidan nazoratni kuchaytirish, sovet hokimiyati negizlarini mustahkamlashga qaratilgan «Turkistonda hokimiyatni tashkil etish to’g’risida» maxsus qaror qabul qilindi. Unda Turkistonda Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qo’mitasi, RSFSR Xalq Komissarlari Soveti va RKP(b) Markaziy Qo’mitasining doimiy vakolatxonasi bo’lishi zarur deb ko’rsatildi. Unda shuningdek, federal hukumat bilan Turkistonda mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalari doirasi aniq-ravshan belgilab qo’yildi. Shunday qilib, o’lka xalqlarining o’z taqdirini o’zi belgilash, o’z milliy davlatchiligini o’z xohishlaricha, huquqiy asosda tashkil qilish borasidagi yana bir urinishi barham topdirildi. Hamma gap shundaki, Rossiya Sovet Federatsiyasi hukumati Turkistonning emin-erkin rivojlanish yo’lidan ilgarilab borishini emas, balki uni doimiy o’z nazoratlari ostida bo’lishini xohlardilar. O’lkaning mehnatsevar, jafokash xalqi, uning bitmas-tuganmas boyliklari, tabiiy va mineral resurslari Markaz foydasiga ishlashi ularning birdan-bir muddaolari edi. Hukmron Markaz tashabbusi bilan tashkil etilgan Turkkomissiya, O’rta Osiyo Byurosi, O’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi singari nufuzli organlarning o’lka hayotining barcha jabahalarini o’z nazoratiga olish, o’z izmlariga bo’ysindirish yo’lida harakat etib kelganligining boisi ham mana shundadir.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling